Nurafshon shahar hokimligi
1.91K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik sohasiga qiziqtirish va qutqaruvchilik kasbining sharafini yoshlarga singdirish maqsadida Prezident maktabida tadbir tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchi va yoshlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmat faoliyati, maxsus texnika va asbob-anjomlar bilan tanishtirildi.

Tadbir yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish, ularni qutqaruvchilik kasbi bilan tanishtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

#Nurafshon #HarbiyVatanparvarlik #FavquloddaVaziyatlar #Qutqaruvchilik #PrezidentMaktabi #Yoshlar #Vatanparvar #Texnika #AsbobAnjom

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 🚒🔥

Nurafshon shahrida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida musobaqaning shahar bosqichi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, Shahar sport maktabi, Sog‘liqni saqlash bo‘limi, Yoshlar ishlari bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

📍 Bellashuvlarda shahrimizning har bir maktabidan kelgan jamoalar o‘z mahoratini namoyish etib, o‘zaro qizg‘in kurash olib bordi. Musobaqa yosh avlodning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, jamoaviy ruhni shakllantirish va Vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏆 G‘oliblik quyidagi jamoalarga nasib etdi:
🥇 1-o‘rin — 10-maktab
🥈 2-o‘rin — 4-maktab
🥉 3-o‘rin — 48-maktab

🎁 G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga muvaffaqiyat va kelgusi bellashuvlarda omad tilaymiz!

#Nurafshon
#YoshQutqaruvchi
#FavquloddaVaziyatlar
#Vatanparvarlik

Telegram Facebook Instagram