Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#Salomatlik kuni

Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi “O’zbekistonda 3-15 yoshli bolalarni yod va 2-10 yoshdagi bollarni gelmentozga(gijja kasalligiga)qarshi pereparatlar bilan ta`minlash yuzasidan tizimli hamkorlikni kuchaytirish to’g’risida”gi 7.35-k/k-sonli qaroriga asosan viloyatimizning barcha tuman, shaharlarida maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida 3-15 yoshli bolalarni yod pereparatlari bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda.

🏥Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ham bola oprganizmi uchun yod pereperatlarining ahamiyati va uning yetkazib berish tartibi bo’yicha seminarlar o’tkazildi va har hafta chorchanba kuni yod pereparatlari bolalarga tarqatilishi yo’lga qo’yilmoqda.

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi ma'muriyati!

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#Nurafshon_shahar
#Tibbiyot
#Salomatlik

Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasida "Yilning eng yaxshi o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimi-2024" tanlovining Nurafshon shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

🏥Sog'liqni Saqlash vazirligining 2024 yil 27-martdagi 01-05/1010-sonli ko'rsatma xatiga asosan  Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida "Hamshira-2024" hamda "Yilning eng yaxshi o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimi" ko'rik tanlovini shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

🔹Unga ko'ra "Hamshira-2024" ko'rik tanlovida bir guruh hamshiralar  ishtirok etib,vaziyatli masalalar,shoshilinch yordam,ijtimoiy savollar,blits savollar kabi shartlarda sinovdan o'tdilar hamda 1-o'rinni kardiologiya bo'limi hamshirasi  viloyat bosqichiga yo'l oldi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Tibbiyot
#Salomatlik

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida ko'krak bezi saratoni kasallilklarini erta aniqlash maqsadida zamonaviy Mammografiya qurilmasi o'rnatildi.

🩺45-65 yoshgacha bo'lgan ayollar salomatligini saqlash va hayot sifatini yuqori bo'lishi uchun muntazam tibbiy ko'rikdan o'tib turishi lozim. Bu yoshda ko'plab kasalliklar va salomatlik muammolariga duch kelish xavfi yuqori bo'ladi. Shuningdek o'z vaqtida diagnostik tekshiruv va profilaktika muhim ahamiyat kasb etadi.

🏥 Ko'krak bezi saratoni kasalliklarini erta aniqlash va davolash maqsadida Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida zamonaviy mammografiya qurilmasi o'rnatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#salomatlik
#tibbiyot

Sog'lom turmush tarzi va to'g'ri ovqatlanish sog'lik garovidir.

Shahar tibbiyot birlashmasi tibbiy brigada potronaj hamshiralari tomonidan mahalla fuqarolari yig'ini binolarida "Salomatlik burchagi" tashkil qilinmoqda.

Ko'rgazmali hamda tarqatma materiallar orqali targ'ibot ishlarini amalga oshirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#tibbiyot
#salomatlik

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasida Nurafshon shahar hokimligida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari profilaktik tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

🩺Ularga tor soha mutaxassislari UZT, EKG hamda laborator diagnostika xizmat ko'rsatishdi.

🩸Ulardan umumiy qon tahlili, glyukometrda qondagi qand miqdori tahlili, RW, zaxm tahlilari olinib vazn va bo'y uzunliklari o'lchandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Tibbiyot
#Salomatlik

🏥Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshiralari tomonidan chilla davridagi chaqaloqlar,tug‘ish yoshidagi ayollar va yotib qolgan bemorlar holidan uyma-uy yurib xabar olinmoqda.

🩺Aholiga sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faolliklar, to‘g‘ri ovqatlanish haqida tushunchalar berilib, ko‘rgazmali materiallar tarqatilyapti.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Salomatlik                                            

"Navro'z" mahalla fuqarolari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tor mutaxassislaridan iborat shifokorlari tomonidan "Navro‘z" MFYda  tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida aholiga labrador tekshiruvlar, EKG tekshiruvlar o‘tkazilib shifokorlar kerakli tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Nurafshon shahar bo‘limi shifokori N.U.Dekanbayeva  tomonidan "Salomatlik maydonchasi" va "Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi" tashkil etilib aholiga " To‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari" mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Jarayon
#salomatlik

Shaxsiy gigiyena – gigiyenaning bir bo‘limi, shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur bo‘lgan gigiyenik tartib yo‘li bilan odam sog‘ligini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining o‘ziga va yoshiga bog‘liq bo‘lib, aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to‘g‘ri uyushtirishdan iborat.

Nurafshon shahar 2-sektor "To'y tepa" MFY hududidagi 6-Maktabgacha ta'lim tashkilotida KTMP xodimlari tomonidan bolalarda shaxsiy gigiyena va sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Salomatlik
#Tibbiyot

Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari tomonidan "Bobur"  mahalla fuqarolar yig‘inida “Sog‘lom turmush tarzi,sog‘lom ovqatlanish” bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari hamda “Dehqonobod” mahallasi hududidagi 13-maktabning 9-10-11-sinflari o‘rtasida “Tamakiga qarshi kurashish” mavzusida patronaj hamshirasi,mahalla inspektori,harbiy maktab ustozi bilan birgalikda suhbat o‘tkazildi.

Aholiga sog‘lom turmush tarzi,jismoniy faollik bo‘yicha tushunchalar berilib,tarqatma materiallar tarqatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Salomatlik

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan shahardagi yotib qolgan  nogironlar,yoshi ulug‘ nuroniylar, tug‘ish yoshidagi ayollar, chilla davridagi chaqaloqlar holidan xabar olindi.

Xonadonma-xonadon yurib aholiga skrining ko‘riklari haqida qayta ma’lumotlar berilib, o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tish haqida ogohlantirildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik haqida tushunchalar berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt