Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.93K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko'chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

👉Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

❗️Chorva mollar, parrandalarning ekinzorlarni payhon qilishi, dalada to'plangan hosilga zarar yetkazishi, yo'q qilib yuborishi, ko'chatlarga shikast yetkazishi – fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (270 ming so'mdan 810 ming so'mgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 5 baravarigacha (810 ming so'mdan 1 mln 350 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

👉Manba

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

👉Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikda nogironligi bo'lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar


🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

🔹Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (18 mln 750 ming so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi.

🔹Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 465 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi?

❗️"Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi" (ma’muriy javobgarlik)

MJTKning 185/1-moddasi bilan, ashyolarni musodara qilib, 5 baravardan 20 baravargacha jarima solishga sabab bo'ladi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi:

🔹ota-onasi vafot etgan;

🔹ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

🔹ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;

🔹ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;

🔹ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

♻️Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun javobgarlik bor.

Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibidan xabardormisiz ?

✔️Faqatgina bir yil va undan ortiq muddatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔹shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.

🔹shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

‼️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Bilasizmi

🏢 O'zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o'zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

📌 Davlat turli dinlarga e'tiqod qiladigan va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi.

✔️ Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo'ladi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

🔖Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Bunda bevosita joylarga chiqqan holda, jinoyat sodir etilayotgan mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan asl omillarni o'rganish hamda ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, manzilli profilaktika tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi va hududiy «yo'l xaritalari»ga kiritiladi.

Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt