Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
32.3K photos
3.14K videos
42 files
9.69K links
Download Telegram
#Nurafshon
#tibbiy_ko'rik
#targ'ibot

🔬 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining ma'lumot berishicha bugun "Obod turmush" MFYda tibbiy ko‘rik tashkil qilingan.

🩺 Tadbirda, ko‘zida muammosi bor, qandli diabet va yurak kasalligi bilan nazoratda turadigan, homilador ayollar va boshqa bemorlarga soha mutaxassislari hamda laborator diagnostika xizmatlari tomonidan tekshiruvlar amalga oshirilgan.

🩸 Aholidan umumiy qon tahlili, glyukometrda qondagi qand miqdorining tahlili, vazn, bo’y va bel aylanalari o‘lchangan.

💊Tibbiy ko'rikka kelgan barcha bemorlarga BEPUL dori-darmonlar tarqatilgan.

📝 Aholi orasida sog‘lom muhitni yaratish maqsadida "Tuz va shakarni cheklash" to‘g‘risida
targ‘ibot ishlari olib borilgan.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#targ‘ibot

🖇Toshkent viloyati hokimligining 2023-yil 9-avgustdagi 12-4-3606-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, barcha tizim va sohalarda bayramni munosib kutib olish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilgan
🖊Shu munosabat bilan shahar hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi bilan hamkorligida barcha korxona va tashkilotlarda bayramni tarannum etuvchi tashqi targ‘ibot vositalari, shiorlar yozilgan bannerlarni o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#targ'ibot

🟢 Bugun Nurafshon shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova tomonidan tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibini buzganligi bo'yicha tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirdagi "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 47-moddasiga ko'ra javobgarlikka tortilishi to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.

📌Eslatib o'tamiz, tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga amal qilmaslik "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 47- moddasi 4-bandiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha jarimaga tortilishiga sabab bo'ladi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#Targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan "Suvni birgalikda asraylik" shiori ostida hududlarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha Nurafshon shahar 26-sonli maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida shu mazmunda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarga sohaga oid qonunchilikdagi so‘ngi yangiliklar, ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qonuniy tartibda foydalanish lozimligi aks holda noqonuniy ulanish va foydalanganlik uchun qonunchilikda ma‘muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Targ'ibot
#Uchqun_MFY
#Bobur_MFY

Nurafshon shahar 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida shahar hokimi o‘rinbosari F.Shomurodov, Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Raxmatullaev, Nurafshon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i G.Rahmonqulov, hamda shahardagi kommunal xizmat rahbarlari tomonidan “Uchqun”, “Bobur” MFY yettiligi va keng aholi qatlami o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda fuqarolar o'zi qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli mas'ullardan savollariga javob olishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#targ'ibot

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 319-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi o'rtasida targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan har bir mahalla fuqarolari yig'inlarida va aholi xonadonlarida gaz jihozlarini xavfsiz va tejamkor avtomatik jihozlarga almashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, gazdan xavfsiz foydalanish hamda tabiiy gazni iqtisod qilish, tejamkor gorelkalar o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#targ'ibot

🇺🇿Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini shahrimizda munosib kutib olish maqsadida "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!" degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, bayramga tayyorgarlik ko‘rish, barcha tizim sohalarda munosib kutib olish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishni nazarda tutib, xalqimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida shahar hokimi maslahatchisi M.Shoismanova hamda RMMM Nurafshon shahri bo‘linmasi rahbari N.Shoumarovalar shahardagi mavjud korxona va tashkilotlarda bo‘lishdi.

Xususan bayramni tarannum etuvchi tashqi targ‘ibot vositalari, shiorlar yozilgan bannerlarni tayyorlash va o‘rnatish yuzasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#targ'ibot

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyuldagi 222-sonli “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 319-sonli Qarori bandlarini ta’minlash maqsadida shahardagi MFYlarida va aholi xonadonlarida gaz jihozlarini xavfsiz va tejamkor avtomatikali jihozlarga almashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borishdi.

Shahardagi bir qancha mahallalarda va aholi gavjum yig‘iladigan joylarda gazdan xavfsiz foydalanish hamda tabiiy gazni iqtisod qilish ya’ni tejamkor gorelkalar o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#targ'ibot
#FVB_Nurafshon

“ Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi ” tadbirlari doirasida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan 26-umumta’lim maktabi o'quvchi va o'quvchilari bilan kuz-kish mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash va shu kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarimizga elektr va gaz jihozlaridan me’yor talablari asosida foydalanish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha tushuntirish berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#targ'ibot

Nurafshon shahar adliya bo‘limi tomonidan energiyadan oqilona foydalanish va samaradorlikni yana da oshirishni shuningdek, yurtimizga qish mavsumi kirib kelganligini inobatga olgan holda, aholi tomonidan elektr, gaz va boshqa energiya manbalaridan oqilona foydalanish, tejash, ularning behuda ishlatilishi va isrof etilishini oldini olish orqali energiya samaradorligiga erishishga qaratilgan targ‘ibotlar olib borilmoqda.

Xususan Davlat xizmatlari markazi va FHDY ga tashrif buyurgan fuqarolarga keng tarqatish, huquqiy tushuntirish va aholi e’tiboriga havola etish choralari ko‘rilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#targ‘ibot_tadbirlari
            
⚡️Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har-xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishini oldini oladi.

⚡️Diniy qoʻmitaning Nurafshon shahar  boʻlimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda joriy yilnig 16-dekabr kuni  32-maktabda
“Jaholatga qarshi - maʼrifat”, " Odam savdosiga qarshi kurash " shiori ostida  davra suhbati tashkil etildi.   

⚡️Ushbu
targ'ibotdan  koʻzlangan maqsad har bir taʼlim muassasasida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida tashqi va ichki tahdidlarga mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda yod oqimlarga aldanib qolishni oldini olish.
#TARG‘IBOT_TADBIRI

"Jaholatga qarshi ma’rifat" hamda " Odam savdosiga qarshi kurash " mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-dekabr sanasida Nurafshon shahridagi 26-umumta’lim maktabida Diniy qo‘mitaning Nurafshon shahar bo‘limi, IIB, MFY, hamda "To‘y tepa" jome masjidi xodimlari bilan hamkorligida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "To‘y tepa", "Uchqun" mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.

Unda ogohlik va hushyorlik yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, jaholat va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritilib, ma’rifat va ma’naviyatni oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Jahonda ro‘y berayotgan murakkab siyosiy vaziyat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Manba
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#targ‘ibot

⚡️Nurafshon shahrida yangi yil bayramini munosib kutib olish maqsadida tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, bayramga tayyorgarlik ko‘rish, barcha tizim sohalarda munosib kutib olish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishni nazarda tutib, xalqimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida shahar hokimi maslahatchisi M.Shoismanova hamda RMMM Nurafshon shahri bo‘linmasi rahbari N.Shaumarovalar shahardagi mavjud korxona va tashkilotlarda bo‘lishdi. Xususan bayramni tarannum etuvchi tashqi targ‘ibot vositalari, shiorlar yozilgan bannerlarni tayyorlash va o‘rnatish yuzasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt