Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.1K photos
3.17K videos
44 files
9.9K links
Download Telegram
#Hokim_qarori

Bozor va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan 2024-yilda undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish yuzasidan hokim qarori

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyiha menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash hamda ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. 2024-yil 1-aprelga qadar ularga ustamalar belgilash boʻyicha komissiya tuziladi.

Joriy yil 1-iyulga qadar mazkur vazifa egalari faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishi tajriba-sinov tariqasida, yil yakuniga qadar esa toʻliq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish choralari koʻriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

"Mahalla yettiligi"ning ishga kelib ketishida davomat yuritiladi

"Mahalla yettiligi" tarkibiga kiruvchi rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomat (tabel) yuritiladi.

"Mahalla yettiligi" aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida, ishga kelgan kunini hisoblab haq toʻlanadi.

Shuningdek, "Yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, "Mahalla yettiligi" toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar ishlab chiqilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimi takomillashtiriladi

Jamoat transportida yoʻlkira tushumlari toʻliq yigʻilganini tahlil qilish, yoʻlovchi tashishni moliyalashtirishning shaffofligini taʼminlash choralari koʻriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Joriy yil 1-iyunga qadar jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etiladi.

Shuningdek, 1-iyuldan boshlab Toshkent viloyati markazlarida muntazam 21 ta shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil qilish va moliyalashtirish tizimini joriy qilishning asosiy parametrlari tasdiqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Hokim_qarori

Nurafshon shahri Toshkent yoʻli koʻchasida rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent yoʻli koʻchasi yoʻl himoya mintaqasi (qizil chiziq) kengayayotganligi sababli, "Yangiobod" MFY hududidagi 48-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan sobiq binolari yaʼni, 3 ta 1 qavatli va 2 ta qozonxona bino-inshootlari buzilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Hokim_qarori

Nurafshon shahrida "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Temir daftar" larda turuvchi Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo'lga qo'yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kredit mablag'lari ajratiladi.

Bu haqda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov
tegishli qarorni imzoladi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun "Tiklanish va taraqqiyot" jamg'armasi hisobidan ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga yillik 14 foiz stavkasida "Xalq banki" hamda "Biznesni rivojlantirish banki" ga kredit resurslari ajratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati


🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_qarori #Decree_of_the_governor
#Pаспоряжение_хокима

Viloyatning barcha hududlarida “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etildi

👉
Batafsil
____________

A "Mahalla Service Company" is established in all areas of the region

👉
In detail
_____________

Во всех регионах области будут организованы "Маҳалла сервис компанияси"

👉
Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊
#Hokim_qarori

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab “Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi” hamda “Ta’lim iftixori” mukofoti
joriy qilindi.

👉Batafsil

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_qarori #Governor's_resolution #Решение_хокима

Nurafshon shahrida 200 qatnovli oilaviy poliklinika quriladi

👉 Batafsil


A family polyclinic with a capacity of 200 visits will be built in the city of Nurafshon

👉 In detail


В городе Нурафшан построят семейную поликлинику на 200 посещений

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori #Governor's_resolution #Решение_хокима

Nurafshon shahrida "Oʻzdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti "Toshvilyerloyiha" boʻlinmasi maʼmuriy binosi quriladi.

👉 Batafsil

An administrative building for the "O'zdavyerloyiha" State scientific and design institute, "Toshvilyerloyiha" branch, will be constructed in Nurafshan city.

👉 In detail

В городе Нурафшан построят здание для областного отделения "Тошвилерлойиха" Государственного научно-исследовательского института (НИИ) "Уздаверлойиха" (земельно-проектный НИИ)

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM