Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.8K photos
3.17K videos
44 files
9.82K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Siyosiy_savodxonlik

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oldidan aholi orasida soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda. Soʻrovnomalarda ishtirok etgan yurtdoshlarimizning koʻpchiligi  oʻtkaziladigan saylov, Oliy Majlis va uning palatalari, mahalliy deputatlar kengashlari haqidagi savollarga batafsil javob berishda qiynalayotganini koʻrishimiz mumkin.

Shu bois, kanalimizda “Siyosiy savodxonlik” deb nomlangan rubrika ostida barcha bilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni berib borishni rejalashtirdik.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining beshinchi boʻlimi XVIII bobida   davlat hokimiyatining tashkil etilishiga doir moddalar koʻrsatilgan.

Konstitutsiyamizning  91-moddasida:

👉👉👉 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

👉👉👉 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

👉👉👉 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil,  deb belgilangan.
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
#Saylov_2024
#Siyosiy_savodxonlik

Xabar berganimizdek, “Siyosiy savodxonlik” deb nomlangan rubrikamiz davom etadi. Navbatdagi maʼlumotlarimizda Sizga  Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida nechta deputat boʻlishi, Senat aʼzolari tarkibi va ularning saylanish tartibi va bu boradagi boshqa muhim jihatlar haqida Bosh Qomusimizda mustahkamlangan meʼyorlarni taqdim etamiz.

Konstitutsiyamizning 92-moddasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — toʻrt kishidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi boʻlishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024

Deputatlik o‘rinlari qanday taqsimlanadi?

Bu yilgi parlament saylovida partiyalar o‘z nomzodlar ro‘yxatini ilgari suradi. Saylovchilarning umumiy ovozlari soni, partiyaning umumiy natijasiga ta’sir qiladi. Natijada partiyalarning davlat boshqaruvidagi roli oshiriladi.

Deputatlik o‘rinlari proporsional tizim asosida taqsimlanadi, ya'ni partiyalar olgan ovozlar ulushiga qarab, deputatlik o‘rinlari adolatli ravishda taqsimlanadi. Har bir partiya o‘z ovoziga mos ravishda parlamentda deputatlik o'rniga ega bo‘ladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Forwarded from Nurafshon yoshlari (Ixtiyorjon_Mahmudov)
#Saylov_2024 #targʻibot

Men Ixtiyorjon Mahmudov Toshkent viloyati Nurafshon shahar Oybek MFY Yoshlar Yetakchisiman.

Mamlakatimizda bo'layotgan siyosiy jarayonlarga befarq emasman.

Shunday ekan Yurtimiz kelajagi Mamlakatimiz ravnaqi uchun ovoz beraman. Siz-chi?

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM