Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.9K photos
3.21K videos
45 files
10.1K links
Download Telegram
#futbol
#Nuroniylar
#Nurafshon_Òrtachirchiq

Nurafshon shahrida yoshi ulug'lar hayotini bugungi yoshlarga ibrat namunasi etib ko'rsatish, keksalarni qadrlash va ularni ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish maqsadida ular o'rtasida turli tadbirlar tashkil etib kelinadi.

Xususan, Toshkent viloyati hokimligi hamda "Nuroniylar" jamg'armasi viloyat bo'linmasi hamkorligida keksa avlod vakillari o'rtasida mini futbol musobaqasi o'tkazildi.

Unda Nurafshon shahar va O'rta chirchiq tumani nuroniylari o'zaro kuch sinashishdi.

Qizg'in va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tgan musobaqa natijalariga ko'ra Nurafshonlik nuroniylar O'rta chirchiqlik otaxonlarni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt