#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o'rganish moduli ishga tushiriladi
“Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o'rganish moduli) ishga tushiriladi.
🔍 Muammolarni o'rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta'minlanadi.
🗓 2024-yil 1-oktyabrgacha:
🔹Muammolarni o'rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;
🔹Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas'ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o'rganib chiqish va hal etishni ta'minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.
📆 2024-yil 1-oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.
👉 Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:
🔹Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi ➖ Manba: (PQ-312-son, 07.09.2024 y.);
🔹Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi ➖ Manba: (O'RQ-955-son, 05.09.2024 y.);
🔹Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik jo'natmalarini yetkazib berish bo'yicha faoliyat takomillashtiriladi ➖ Manba: (O'RQ-956-son, 05.09.2024 y.);
🔹Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi ➖ Manba: (O'RQ-957-son, 07.09.2024 y.);
🔹“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi ➖ Manba: (PQ-314-son, 07.09.2024 y.);
🔹Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi ➖ Manba: (PF-135-son, 06.09.2024 y.);
🔹Davlat tibbiy sug'urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi va dorilar beriladi ➖ Manba: (PQ-311-son, 05.09.2024 y.);
🔹Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi ➖ Manba: (O'RQ-959-son, 10.09.2024 y.);
🔹Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi ➖ Manba: (O'RQ-960-son, 10.09.2024 y.);
🔹“Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o'rganish moduli ishga tushiriladi ➖ Manba: (557-son, 09.09.2024 y.);
🔹Hududiy prokuraturalarda Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi ➖ Manba: (PF-136-son, 11.09.2024 y.);
🔹O'zbekiston Madaniy yodgorliklarni saqlash bo'yicha xalqaro hujjatga qo'shildi ➖ Manba: (O'RQ-961-son, 12.09.2024 y.);
🔹Mirzo Ulug'bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo'yilgan narvon” filmi taqdimoti bo'lib o'tadi ➖ Manba: (PQ-323-son, 12.09.2024 y.);
🔹“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi ➖ Manba: (PQ-322-son, 12.09.2024 y.);
🔹Noruda materiallarni qazib olish bo'yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi ➖ Manba: (566-son, 12.09.2024 y.);
🔹Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi ➖ Manba: (572-son, 13.09.2024 y);
🔹O'zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir konvensiyasini ratifikatsiya qildi ➖ Manba: (O'RQ-962-con, 12.09.2024 y.).

❗️Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi
“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
📁 Kambag'allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to'plangan milliy tajriba hamda ilg'or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o'zi va farzandlari kelajagi uchun mas'uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
📜 Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:
🔹barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
🔹ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;
🔹kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
🔹ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
🔹yashash sharoitlarini yaxshilash;
🔹davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
🔹davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

❗️Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi
🏢 Qarorga muvofiq, Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi.
✅ 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.
🔍 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og'ir ahvoldagi oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o'rinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi.
🗓 2025-yil 1-apreldan:
🔹Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan boquvchisini yo'qotgan to'liq bo'lmagan oilalar, mehnatga layoqatli a'zosi bo'lmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a'zolari mavjud oilalardagi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko'rsatiladi;
🔹ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g'amxo'rlik ko'rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko'rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi;
🔹YTT sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslarga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi bo'lgan bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko'rsatishga ruxsat beriladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Manba: PQ-330-son, 23.09.2024 y.
👉 Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
❗️Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Manba: PQ-330-son, 23.09.2024 y.
👉 Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi
“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.
✔️ Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
🔹ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
🔹davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
🔹kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o'zlashtirish va joriy qilish;
🔹kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
🔹rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlarini hamda psixologik so'rovnomalar o'tkazish;
🔹rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo'yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
🔹faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

❗️Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik ta'minlanadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-973-son, 09.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
🔰 Qonunga ko'ra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalariga bo'lgan o'z huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari o'zgartirilmagan holda boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
🔍 Shuningdek, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o'rniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.
📜 Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo'li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini to'g'ridan-to'g'ri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablag'lar to'lanishi nazarda tutilmoqda.
📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

❗️Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-976-son, 17.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
🔰Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga hokimlarning hamda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
📝 Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunidan viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o'zida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.
✉️ Hokimlarga tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat bo'lganda Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid bo'lgan qarorlarini bekor qilish uchun Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi qator yangi vakolatlar berilmoqda.
✔️ Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o'z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi nazarda tutilmoqda.
🖥 Bundan tashqari, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimida ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi talab mustahkamlanmoqda.
❕Bunda ushbu tizimda ro'yxatdan o'tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
✅ “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunga Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritilmoqda.
📆 Kengashlarga saylanadigan rais boshchilik qilishiga oid o'zgartirishlar viloyatlardagi, Toshkent shahridagi kengashlarga nisbatan - navbatdagi saylovi yakunlari bo'yicha, tuman, shahar davlat hokimiyatining vakillik va ijro etuvchi organlariga nisbatan – 2026-yil 1-yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi.
📜 Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Oliy Majlisga bir guruh deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan.