Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar
#QumariqMFY
#Otaliqqa_olingan_yoshlar_bilan_manzilli_ishlash

Otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Nurafshon shahar hokimligi, shahar prokuraturasi tashabbusi bilan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Qumariq” mahallasi yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi  tashkil etildi.

Musobaqa murosasiz, qizgʻin ruhda boʻlib oʻtdi.Yoshlar jamoaviy oʻyin koʻrsatishdi. Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib va sovrindorlarga medal va pul mukofotlari taqdim etildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt