Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
43 files
9.75K links
Download Telegram
#aksiya

Shahar tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasida “Ona yurtim gavharim, Nurafshonim 5 yoshda” shiori ostida shamollashni oldini olishda qanday damlamalar ichish va qancha miqdorda ichish bo‘yicha aksiya o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda aholiga damlamalar tarqatildi. Aksiya ishtirokchilariga avallo kasal bo‘lmaslik muhim ahamiyat kasb etilishi tushuntirildi.

@Nurafshonpressa
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

"YURAKDAN YURAKKA" – INSONIYLIK AKSIYASI BO'LIB O'TMOQDA

Bugun 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni. Shu munosabat bilan ayni damda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Inson qadri uchun!" shiori ostidagi "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Marosimda Toshkent viloyati sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, bo'lim va kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ko'ngilli qatnashchilar ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimining o'rinbosari Xolmirza Niyozov hamda viloyat Bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduhamid Malikovlar insoniylik, mehr-muruvvat naqadar oliy qadriyat ekanligi, nogironligi bo'lgan shaxslarga imkon doirasida saxovat ko'rsatish kabi ezgu fazilatlar xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi Gemotologiya qon quyish institutining bemor bolajonlari, maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuningdek, maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN TO‘KIN DASTURXON YOZILDI

Ayni damda 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi doirasida viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklangan bolajonlar va fuqarolar uchun jami 300 kishilik joy hozirlanib, to‘kin dasturxon yozildi.

Ularning quvonchiga quvonch qo‘shish va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida tashkil qilingan tadbir davomida katta doshqozonda osh damlanib, turli nozu-ne'matlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Shuningdek, xayr-saxovat ulashuvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga sovg‘alar taqdim qilindi. Konsert dasturlari o‘tkazilib, ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aksiya

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Deputatlar kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi.

Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi.

Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi.

Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi.

Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Aksiya #Charity_promotion #Благотворительная_акция


Nurafshonda xayriya aksiyasi
boshlandi
________

A charity campaign
starts in Nurafshan
________

В Нурафшане
началась благотворительная акция

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM