Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#Hokim_farmoyishi

NURAFSHON SHAHRIDA KOʻZI OJIZLAR JAMIYATI FAOLIYAT BOSHLAYDI

Viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasiga 352 million soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi.

Mazkur ajratilgan mablagʻlar Nurafshon shahri "Toʻytepa" mahallasida joylashgan sobiq xalq banki binosini Koʻzi ojizlar jamiyati binosiga moslab mukammal taʼmirlash xarajatlari uchun sarflanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_farmoyishi

VILOYATDA EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMI "GEPATIT A" KASALLIGIGA QARSHI BEPUL EMLANADI

Viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 2-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga 200 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur ajratilgan mablagʻlar viloyatda oʻtkir virusli "Gepatit A" kasalligi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorligini taʼminlash maqsadida, aholining ehtiyojmand va kam taʼminlangan qatlamini birinchi bosqichda kasallikka qarshi emlash xarajatlari uchun sarflanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

TOSHKENT VILOYATIDA "SEHRLI QOʻLLAR" NOMLI HUJJATLI FILM TASVIRGA OLINADI

Toshkent viloyatida "Sehrli qoʻllar" nomli hujjatli film yaratiladi va buning uchun 191 million yuz ming soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Surʼatga olinishi rejalashtirilgan mazkur hujjatli filmda viloyatdagi tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va sharafli faoliyati tasvirlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Xotin-qizlar kontraktini toʻlab berish uchun 1 milliarddan ortiq mablagʻ ajratildi

Toshkent viloyatidagi 150 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning 2023-2024-yil bakalavr taʼlim yoʻnalishida oʻqishini taʼminlash uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlab beriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard yuz million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_farmoyishi

Yoshlar markazining kinoteatr va majlislar zali qayta taʼmirlanadi

Nurafshon shahri hududidagi "Yoshlar markazi" binosining kinoteatr va majlislar zali qayta taʼmirlanib, jihozlanadi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari uchun 390 million so'mdan ortiq mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Nurafshon shahar hududida Zulfiya Zokirova nomidagi meʼmorial majmua quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_farmoyishi

"Nurafshon business city" hududida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Bino qurilishi uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_farmoyishi

"Nurafshon business city" hududida test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan naʼmunaviy tipdagi pavilon quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Pavilonni qurish xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2,5 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram|📱Facebook|📱Twitte‌‌|
#Hokim_farmoyishi

Viloyatda "Mehr daftari"ga kiritilgan bolalarga pul mablag'lari ajratildi

"Mehr daftari"ga kiritilgan 13 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Bolalarning muammo, ehtiyoj va qiziqishlarini hal etishga qaratilgan tuman va shahar "Yoʻl xarita"larida koʻrsatilgan moddiy buyumlarni xarid qilish xarajatlari uchun 78 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Hokim_farmoyishi #Governor's_decree #Постановление_хокима

Tibbiy chaqiruv punkti (Call markazi) ni qurilishi uchun 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi

👉 Batafsil
_____

10 Billion UZS is allocated for the construction of a Medical Call Center

👉 In detail
_____

На строительство Медицинского пункта (CALL - центра) выделено 10 миллиардов сумов

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM