Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#jarayon

Ayni damda Nurafshon shahrining markaziy ( Toshkent yo'li hamda Bobur) ko'chalarida aholiga qulaylik yaratish, shahar arxitekturaviy ko'rinishini yaxshilash maqsadida piyodalar yo'lkasini kengaytirish, shahar markazidagi savdo shaxobchalari old qismlarini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Eʼlon

Ishga marhamat 26-29 mart kulari boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Nurafshon shahar hokimligi, prokuraturasi, IIB, DSI hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Xususan:

26-mart kuni soat 11-00 da Dexqonobod MFY binosida;

27-mart kuni soat 11-00 da 2-sektor ma'muriy binosida;

28-mart kuni soat 11-00 da 3-sektor ma'muriy binosida;

29-mart kuni soat 11-00 da Oybek MFY binosida (Xalq qabulxonasi binosida);

Mehnat yarmarkasida ishsiz aholi, xususan, ish izlovchi yoshlar, xotin-qizlar hamda probatsiya roʻyxatida turgan shaxslar ishtirok etib, shaharda mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot olish hamda joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#ob_havo

☀️🌥🌧Bugun Toshkent viloyatida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 27-mart kuni Toshkent viloyatida havo bulutli boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔸 Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 26-30 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🔹 26-28 mart
kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🔹 Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, joriy yilning 26-31 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

🔹 Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

🔺 Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘rab qoladi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Hurmatli fuqarolar!

15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#2024_yil_1_apreldan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo'lgan shaxslar o'rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko'rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o'rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

🔹yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so'm;

🔹yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so'm.

👉Manba

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_farmoyishi

"Nurafshon business city" hududida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Bino qurilishi uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#mehnat_yarmarkasi
#2_sektor_Muqumiy_MFY
#jarayon

Aholi bandligini taʼminlash hamda shaharda band boʻlmagan yoshlar va xotin-qizlar, jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilinganlar, aliment toʻlovchi fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida Nurafshon shahar 2-sektor Muqumiy mahallasida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.


Shahar hokimligi, prokuraturasi, IIB Probatsiya boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan yarmarkaga shahardagi 11 ta korxona va tashkilot mavjud 120 ta boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.
Jarayonda 5 nafar fuqarolar doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligiga oid maslahatlar, 6 nafariga esa kasbga oʻqitish uchun, 1 nafar fuqarolarga jamoat ishlariga yoʻllanma berildi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#trening
#ilk_qadamlar

Oʻrgatamiz- oʻrganamiz!!!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻrsatmasiga asosan Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlari uchun uch kunlik seminar trening tashkil etildi.

💥 Trening sessiyalarining mavzulari bilim va koʻnikmalari amaliyotga hamohang holda bogʻlab oʻtilmoqda.

✍️  Ijtimoiy ish,  ijtimoiy soha,  lavozimiy yoʻriqnomalar va xodim rollari bugungi kun mavzusi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt