Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#ramazon
#ezgulik_oyi

Ayni paytda yurtimiz bo'ylab qutlug' ramazon oyining shukuhi kezib yuribdi.


Dinimizda oʻzgalarga yaxshilik qilish, oʻzi yashab turgan jamiyatdagi insonlarning hojatini chiqarish, ulardan turli xil mushkulotlarni aritish fazilatli ish sanaladi.

📝Zero, buyuk bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiy aytadilar:

Kimki bir koʻngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Kaʼba vayron oʻlsa, obod aylagay.


Nurafshon shahrimizning barcha mahallalarida – inson qadrini ulugʻlash, mehr va yordamga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi, sahiy homiylar ishtirokida ehtiyojmand oila xonadonlarida iftorlik dasturxoni yozilmoqda.

🌙Shu jumladan bugun Nurafshon shahrining Qumariq mahalla fuqarolari yig'inida ana shunday 2 ta ehtiyojmand oila xonadonida iftorlik dasturxoni yozildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt