Nurafshon shahri hokimligi
5.36K subscribers
38.6K photos
3.5K videos
50 files
11.3K links
Download Telegram
#kun_tartibi

Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi Muzaffar Saliyevning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning muammolari birma-bir eshitildi, murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Aksariyat masalalar joyida hal qilindi.
Yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot vakillariga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#obodlik
#kun_tartibi

📌 Obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi

🔹 Bugun 3-sektor rahbari podpolkovnik M.Sottiyev va shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov  mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda shahardagi amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va ko'p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, mahalla ahli bilan suhbatlashib, ularning muammolari va takliflarini eshitdilar.

Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#kun_tartibi

Zoyir Mirzayev viloyatdagi klasterlar faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqmoqda

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Kun_tartibi

Toshkent yo‘li ko‘chasi va "Nurafshon Business City"dagi qurilish ishlari tanqidiy muhokama qilindi

Nurafshon shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan navbatdagi tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida o‘tgan uchrashuvda, xususan, Toshkent yo‘li ko‘chasi va "Nurafshon Business City" hududidagi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi holati atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qurilish ishlarining sust kechayotgani, texnik nazoratning yetarli emasligi, ishchi kuchlari va moddiy resurslardan samarali foydalanilmayotgani kabi dolzarb muammolar ko‘tarildi. Har bir kamchilik yuzasidan aniq tahlil o‘tkazilib, mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Zoyir Mirzayev, ayniqsa, qurilayotgan uylar oldida bolalar uchun maydonchalar barpo etilishi va yashil hududlarni kengaytirish muhim ekanligini ta’kidladi. Yig‘ilishda 27 ta qurilish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalari ko‘rib chiqildi. Quruvchilarning muammo va takliflari eshitildi.

Uchrashuv yakunida, barcha loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash uchun mas’ul tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, nazoratni kuchaytirish va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤝1