Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.8K photos
3.17K videos
44 files
9.82K links
Download Telegram
#o'rganish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 10-noyabrda qabul qilingan 596-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari uyma-uy yurib mazkur qaror mazmun mohiyatini fuqarolarga yetkazishmoqda. Shuningdek, ijtimoiy nafaqa olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga ro‘yxatga kirish uchun ariza bergan fuqarolarning uyiga borib, haqiqiy holat o‘rganilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#Менинг_Конституциям
#Фотолавҳа

📍 8-декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 31 йиллиги муносабати билан Нурафшон шаҳри марказида ўтказилган тантанали байрам тадбиридан фотогалерея

🔰 Бу йилги тадбир “Конституция халқчил давлат, барқарор тараққиёт ва фаровон ҳаёт асоси” шиори остида ташкил этилди.

Фото: Шерзод Қорабоев

Yoshlar kundaligi
"Konstitutsiya xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida "Konstitutsiya- Oliy Qomusim!" deb nomlangan tadbir o'tkazildi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahar Prezident maktabida "Konstitutsiya- Oliy Qomusim!" nomli tadbir o'tkazildi.
Tadbirni shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin- qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva bayram tabrigi bilan ochib berdi. So'ng O'rta Chirchiq tumanlararo sudining raisi R. Abduazimov Konstitutsiya to'g'risida o'z ma'ruzasi bilan tadbir ishtirokchilarini qutladi. Tadbir davomida Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudining raisi G'.Amanov, Jinoyat ishlari bo'yicha O'rta Chirchiq tuman sudining raisi
I.Yoriyev, Iqtisodiy sudi raisi X.Ravshanov, O'rta Chirchiq tumanlararo sudi sudyalari A.Yuldashev, R.Xusainova, Z.To'rayevlar konstitutsiyaning mazmun- mohiyati to'g'risida so'zlab o'tdilar. Faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.