Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.93K links
Download Telegram
⭕️Live

Zoyir Mirzayev Xitoy xalq respublikasi Shandun provinsiyasi rasmiylari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.

Muloqotlarda, shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari Najmiddin Sharipov, Angren shahri hokimi Alisher Rayimov, Ohangaron tumani hokimi Erkin Muhiddinov, Xitoydagi elchixonamiz mas'ullari ham ishtirok etdi.

Xitoylik tadbirkorlar bilan transport, logistika, turizm, sport inventarlarini ishlab chiqarish singari sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida so‘z bordi.

Tomonlar muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ish olib borish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ayni paytda delegatsiya aʼzolari elektromobil ishlab chiqaruvchi zavod faoliyati bilan tanishmoqdalar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️#Live

Ayni damda Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyning Shandun provinsiyasida boʻlib turibdi.

Xitoydan Toshkent viloyati hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov xabar qiladi:

– Delegatsiyamiz aʼzolari ayni paytda tog‘-kon sanoati uchun og‘ir texnika - elektromobil ishlab chiqaruvchi zavodda bo‘lib turishibdi.

Zavodning ishlab chiqarish liniyasi to‘liq avtomatlashtirilgan, inson omili minimal darajada. Transportning yuk ko‘tarish quvvati 102 tonnani tashkil qiladi.

Zavod joriy yil 300 ta og‘ir texnika ishlab chiqargan. Eksport hajmi 30 foizni tashkil qiladi. Asosiy xaridorlar Janubiy Osiyo mamlakatlaridir.

Mazkur korxona OKMK bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, dizel yonilgʻisiga ishlaydigan texnika yetkazib berilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️Live

Zoyir Mirzayevning Xitoy xalq respublikasi Shandun provinsiyasi rahbari U Lin bilan muloqoti boshlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️Live

Toshkent viloyati hokimi va Xitoyning Shandun provinsiyasi rahbarini kengaytirilgan tarkibdagi amaliy muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyatimiz rahbari Zoyir Mirzayev so‘z avvalida yuqori darajadagi eʼtibor uchun mezbonlarga tashakkur yo‘lladi.

Zoyir Mirzayev xitoylik hamkasbiga O‘zbekistonda tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, Toshkent viloyatining bu boradagi salohiyati haqida so‘zlab berdi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishning eng asosiy tamoyillari kelishib olindi.

Xususan, o‘nga yaqin sohalarda, chunonchi, geologiya, mashinasozlik, farmasevtika singari yo‘nalishlarda aniq takliflar bildirildi.

Nurafshonda Shandun yuqori texnologiyalar markazi bilan hamkorlikda geologiya sohasida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tomonlar fikr almashdilar va bu boradagi tayyorgarlik ishlarini boshlashga kelishdilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️Live

Toshkent viloyatida Xitoy GEELY kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin

Xitoyning Shandun provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan ikki tomonlama muzokaralarda bu haqida dastlabki kelishuvga erishildi.

Dastlabki bosqichda yig‘uv sexi quriladi, ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarish joriy etiladi.

Loyihaga 2024-yili start berilishi kutilmoqda.

Behzod Qobulov.

Shandun. Xitoy.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM