Uchinchi dunyo
89 subscribers
447 photos
138 videos
40 links
Erkin Vohidov ijod maktabi bitiruvchilarining ko‘ngil aytimlaridan, she‘riyat dunyosidagi gavharlaridan sizga ham ilindik. Shohsanam Omonova va Xushnoza Turg‘unboyevaning o‘ziga xos bitiklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Download Telegram
Alec Benjamin - Let Me Down Slowly [Official Music Video]
Alec Benjamin
Ba'zan bir oddiy qo‘shiq ham inson ruhiyatini kayfiyatini ko‘tarish mumkin. Qaysi tildagi bo‘lishidan qat'iy nazar qalban his etarkanmiz. Buni sizga ilindim... Yaxshilar...
#sevimli
@nur_sari
#sevimli_satrlar

Bizning sevgi

Azizim, koʻzlaring koʻzimda hamon,
Sen olovga otib yondir xatimni.
Men esa bagʻrimga bosib ketarman,
Yer-koʻkka sigʻmagan muhabbatimni.

Taajjub, qayerdan bu begonalik,
Nahot shu nolasiz yurak yurakdir.
Har qanday sevgiga hayot kerak, lek,
Bizning sevgimizga oʻlim kerakdir.

@nur_sari
#sevimli🍂🍂

☆☆☆

Qadamlari og'ir mardlarmi tog'lar?
Ko'ksimdagi mayda dardlarmi tog'lar?
Yoxud kiprikdagi gardlarmi tog'lar?
Tog'lar ko'hna erur, savollar ko'hna
Tog'lar yoniga bor, yonimga qaytma.

Til bilarlar ko'pdir, dil bilar qayda?
Chol- kampir yashagan kulbalar qayda?
Mendayin, mendayin telbalar qayda?
Kulbalar ko'hnadir, telbalar ko'hna
Sog'lar yoniga bor, yonimga qaytma.

Mendan ming yil avval tug'ilgan dardlar,
Hissizlar qalbidan quvilgan dardlar,
Qabrman. Ichimga ko'milgan dardlar
Dil qadar ko'hnadir, ishq qadar ko'hna
Baxtlar koniga bor, yonimga qaytma.

Nomardning tilida mung'aygan so'zlar,
Kitoblar qatida sarg'aygan so'zlar,
Jimlikdan, jimlikdan ulg'aygan so'zlar,
Naqadar ko'hnadir, naqadar ko'hna
Gar ishqdan so'zlasang yonimga qaytma.
Jim bo'lgin!
Jim bo'lgin!
Sevdim deb aytma!

Gulrux Xudoyorova

@alvon_hislar
@nur_sari
Balki tugal emas havasim,
Balki menga munosib bari.
Endi sendan o'tar hammasin,
Ko'raverar ochiq ko'zlarim...

Iztirob ber! Azob ber, chindan,
(Ko'rsat! Kimga, nimaga tengsan)
Qirqta jonim biri o'limga,
Qolganining qotili- sensan...

Alam keltir! Uyum-uyum dard,
Menga qonmas, bardoshdir singgan...
Axir, o'ynab tolganmidim, ayt
Tashvishlaring childirmasiga?

Faqat yolvor ich-ichingdan jim,
Toki Xudo etmasin nasib,
Men ko'rganim yetar umringni,
Yelkamning chuquri ko'rmasin...
#sevimli
Umidabonu
@nur_sari
* * *
#sevimli😍😍
Қийналади офтобни кутиб
Ёмғирларда ивиган шаҳар...
...Ухлаб қолдинг, йиғлаб, қон ютиб,
Кўринганда уфқда саҳар.

Мен тақдиримдан ҳеч нолимайман,
Гар алмашди шомга тонгимни.
Олиб келди бу оқшом билан
Узоқларда қолган жонимни.

Менинг сарсон умримга ойдин
Ривож тилаб у чекди фиғон.
Оёғини тавоф қилдим мен —
Дунёда энг омадсиз ўғлон.

У ҳеч нарса қилмади талаб,
Минг ўргилди қошу кўзимдан.
Унинг қаро сочларни силаб,
Бу тун кечдим ҳатто ўзимдан.

Ёмғир ёғди майда-майдалаб,
Майда-майда бўлди юрагим.
Тонг отгунча қайта-қайталаб,
"Севасанми" дея сўрадим.

Қийналади офтобни кутиб,
Ёмғирларда ивиган шаҳар...
...Сен кетасан қайга қон ютиб,
Мени қайга бошлайди саҳар?

Усмон Азим
Yig’lamang [www.Bisyor.net]
Shuhrat Daryo
Yig‘lamang ko‘z yoshga arzimas dunyo,
Lahza yoshingizga arzimaydi u...
#sevimli😍😍😍😍
@nur_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘shal tabassumni bir ko‘rmoq uchun iltijo qilgandim Parvardigorga,
Nahotki, tushlarim o‘ngidan keldi, nigohim qorishib birinchi qorga... ❄️❄️❄️
#sevimli
@nur_sari
#sevimli_sher

Yaxshi ko‘rishim

Ovozimni yozib oldi bir kishi,
Suratkash suratga oldi turishim.
Yaxshiyam ko‘rinib turmas ularga,
Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim.

Yomon sharoitda unmaydi urug‘,
Bu gap o‘simliklar ilmiga oid.
Men sening haqingda o‘ylashim uchun,
Faqat ich-ichimda bordir sharoit.

Betob edim bir zum ko‘zimga boqib
Shifokor tekshirdi yurak urishim.
Ich-ichimni yorib, bilmadi jarroh
Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim.

Hali manzilingni aytmading durust,
Aytmadim o‘zimning qayda turishim.
Ishqilib Xudoga ayon bo‘lsin-da,
Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim.

Bobur Elmurod

@nur_sari
#sevimli

Beshinchi qiz

Beshinchisi o'g'il, deya
Ism tanlab qo'ygandilar.
So'ng qiz bo'lib tug'ildi u,
Yuzlari gul va g'uncha lab.

Yangilikmas, ko'rgilik bu,
Quchmas hatto ona qizni.
Otasining qarog'i nam:
"Yana qizmi...
Yana qizmi?!..."

Turtkilashar, bilishmaski,
Yerga tushgan jajji oy u.
"Gunohkor"ning yolg'iz aybi
O'g'il emas, O'g'iloy u.

Gar yiqilsa, alar uchun
Parvo qilish kelar malol.
Sen qiz bo'lib tug'ilgansan,
Yiqildingmi, o'zing turol!

Mening tenggi, mendan go'zal,
Gul qizmidi, hur qizmidi?
Birga o'sgan dugonamning
Peshonasi sho'r qizmidi?!

"Yor-yor" emas, ket! Bor, deya
Yot uyiga uzatdilar.
Bir umrlik yor uyi, deb
Dod uyiga uzatdilar.

..Bugun mashhur u qishloqda,
Nom chiqargan -epsiz kelin.
O'n yettida er uyidan
Surgun bo'ldi sepsiz kelin.

Nega yoshin artar hayot,
Nega shamol sochin tarar?
U qiz bo'lib tug'ilgan-ku,
Yiqildimi, o'zi turar!

Qizginaning yolg'iz aybi
O'g'il emas, O'g'iloy u...

Muattar Mamatkarimova
°°°°°°Ovozi_dil °°°°°° ♡
@nur_sari
Aytmasam (@NevoMusics)
Ruslan Sharipov & Yulduz Usmonova
Yuragim yeb yotgan, alamlarimni,
Senga ham aytmasam kimga aytaman?!
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo‘lisholmasam,
Senga ham aytmasam kimga aytaman🤍🥺
#sevimli🎶
@nur_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni sog‘inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashadim sizni sog‘inib...
Усмон Aзим
🎙 Зарнигор Ибрагимова

#sevimli
Yo boshimga chiqargan yov qushim talab ketdi...
#sevimli_satr
@nur_sari
Ruhimming eng hilvatlarini,
Kuzday ma'yus suvratlarini,
Yolg'on dunyo tal'atlarini
Ko‘rgim kelmayapti, Xudojon!

Buzilganin kitoblar tarxi,
Charxlaganin bu charxning charxi,
Nimaga teng qadrimning narxi,
Bilgim kelmayapti, Xudojon!

Parim kuydi vasliga uchib,
Ma'yus qoldim shamlarim o‘chib,
O‘tiribman tizzamni quchib,
Turgim kelmayapti, Xudojon!

Ruhim ko'nmas, pandga, da'vatga,
Kim chorladi ko'hna ravotga,
Do‘zaxga tushgim yo‘q, jannatga
kirgim kelmayapti, Xudojon!

Jonmi, tanmi, sen o'zing bergan,
Ko'kka chorla, ey Oliy Mergan,
Yerda yashab, o'zimni yerga
Urgim kelmayapti, Xudojon !!!

Guljamol Asqarova
#sevimli_sher
@nur_sari
Audio
#sevimli

Ishq

✍️Dilnavoz Qo‘ldosheva
🎤Shohsanam Omonova

Baxt dedim-u baxt bozorin xarob etdim,
O‘z ismimga isming bilan javob etdim...

@nur_sari
#sevimli

☆☆☆

Bu charxi gardunning kosasi ikki,
Umr ko‘zasining kuloli ikki,
Odamzod qavmining mirzosi ikki,
Ne ajab yaraldik jonimiz biru
Ikkimiz ikki

Uchmoqning hikmati – qanotlar ikki,
Chaqmoqning hikmati – harbu zarb ikki,
Yor bo‘lsa, u kulsa – lazzati ikki,
Ishondik, yo‘l yurdik, mo‘l yurdik –
Ikkimiz ikki.

Yig‘ladik, yig‘imiz ohangi ikki,
Gul uzdik, gulimiz rangi ham ikki,
Sen yozding, men yozdim, imlomiz ikki,
Taqdir rishta berdi, yigirdik charxda –
Ikkimiz ikki.
Ikkimiz ikki.

Aziz Said

@nur_sari
Yomon Sevgandim [Yoshlar.com]
Sardor Tairov
#sevimli🍃🍃
Bilmadim bu ozorlardan bir meni kim avaylar🍀🍃
@nur_sari
#sevimli

Shukr-ki, omonsan!
Menmi!?
Qo'yaver.
Tabassummi?
Haa, bu juda "oddiy" ish.
Taqdir azal ekan
(yakunsiz taqdir).
Seni uchratganim...
(eng og'ir qarg'ish)

Cho'g'latding
o't bo'ldim, vujudim qalov,
Ketishing jazodek...
Qaytishing o'lim.
Bir kun yuragimni yondirgan olov,
Zaminni alvonrang qilishi mumkin.

Ammo yashayapman!
(tirikman qariyb...)
Yozilgani gunoh.
va buyuk ishq bor!
Bizga bu umrda diydor benasib,
Uchinchi olamda uchrashguncha yor...

Dilnoz Toshniyozova
Aytmasam (@NevoMusics)
Ruslan Sharipov & Yulduz Usmonova
Yuragim yeb yotgan, alamlarimni,
Senga ham aytmasam kimga aytaman?!
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo‘lisholmasam,
Senga ham aytmasam kimga aytaman🤍🥺
#sevimli🎶
@nur_sari
Aytmasam (@NevoMusics)
Ruslan Sharipov & Yulduz Usmonova
Yuragim yeb yotgan, alamlarimni,
Senga ham aytmasam kimga aytaman?!
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo‘lisholmasam,
Senga ham aytmasam kimga aytaman🤍🥺
#sevimli🎶
@nur_sari
Audio
#sevimli🍂🍂🍂

Men bariga qo‘l siltab, ko‘z yumgandayman.
Hammasini yuragimga ko‘mgandayman,
Ko‘ngandayman.

Guljamol Asqarova
🎤 Maftuna