Uchinchi dunyo
93 subscribers
450 photos
138 videos
40 links
Erkin Vohidov ijod maktabi bitiruvchilarining ko‘ngil aytimlaridan, she‘riyat dunyosidagi gavharlaridan sizga ham ilindik. Shohsanam Omonova va Xushnoza Turg‘unboyevaning o‘ziga xos bitiklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Download Telegram
#sevimli_sher

Yaxshi ko‘rishim

Ovozimni yozib oldi bir kishi,
Suratkash suratga oldi turishim.
Yaxshiyam ko‘rinib turmas ularga,
Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim.

Yomon sharoitda unmaydi urug‘,
Bu gap o‘simliklar ilmiga oid.
Men sening haqingda o‘ylashim uchun,
Faqat ich-ichimda bordir sharoit.

Betob edim bir zum ko‘zimga boqib
Shifokor tekshirdi yurak urishim.
Ich-ichimni yorib, bilmadi jarroh
Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim.

Hali manzilingni aytmading durust,
Aytmadim o‘zimning qayda turishim.
Ishqilib Xudoga ayon bo‘lsin-da,
Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim.

Bobur Elmurod

@nur_sari
4👍1
Ruhimming eng hilvatlarini,
Kuzday ma'yus suvratlarini,
Yolg'on dunyo tal'atlarini
Ko‘rgim kelmayapti, Xudojon!

Buzilganin kitoblar tarxi,
Charxlaganin bu charxning charxi,
Nimaga teng qadrimning narxi,
Bilgim kelmayapti, Xudojon!

Parim kuydi vasliga uchib,
Ma'yus qoldim shamlarim o‘chib,
O‘tiribman tizzamni quchib,
Turgim kelmayapti, Xudojon!

Ruhim ko'nmas, pandga, da'vatga,
Kim chorladi ko'hna ravotga,
Do‘zaxga tushgim yo‘q, jannatga
kirgim kelmayapti, Xudojon!

Jonmi, tanmi, sen o'zing bergan,
Ko'kka chorla, ey Oliy Mergan,
Yerda yashab, o'zimni yerga
Urgim kelmayapti, Xudojon !!!

Guljamol Asqarova
#sevimli_sher
@nur_sari
👍3