Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.03K subscribers
12.2K photos
471 videos
16 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Navbahor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali fizika-astronomiya fani oʻqituvchisi Navroʻzova Sohibaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Bir necha metodik qoʻllanmalar muallifi, xususan;
"Fizika-astronomiya fanini oʻqitishda ta'lim va tarbiyaning mushtarakligini ta'minlash" va "Fizika-astronomiya fanini amaliy yoʻnalishini oʻqitishning pedagogik shart-sharoitlari" mavzusidagi metodik qoʻllanmasi ommalashgan;
"Astronomiya fanini oʻqitishda xalq ogʻzaki ijodidan foydalanish" , "Yetti qaroqchi yulduz turkumi haqidagi afsonalar", "Ulugʻbek va uning maktabi" mavzusidagi uslubiy tafsiyalar viloyat miqyosida ommalashgan hamda gazeta va jurnallarda tezislar chop etilgan;
2021-yil Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida "Polimerlar fizikasi va uning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati"  mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan qatnashgan;
"Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi" koʻrik-tanlovining respublika bosqichi faol ishtirokchisi;
"Xalq taʼlimi aʼlochisi" ko'krak nishoni sohibi;
2022-yil fizika fanini oʻqitishda sifat va samaradorlikni oshirishda, ilmiy izlanishlarning natijadorligi hamda maktabda taʼlim sifatini oshirishda, bitiruvchilarni oliy taʼlimga tayyorlab yuz foizlik natijasi uchun tuman hokimi tomonidan "Prezident sovgʻasi" sifatida Cobalt avtomashinasi bilan taqdirlangan;
2022-2023 oʻquv yilida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida oʻtkazilgan fan olimpiadasida fizika fanidan 10-sinf oʻquvchisi Turopov Mirjalol respublikada faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi;
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan "Xizmat-beminnat" loyihasi doirasida uyushmagan yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga kirishida hamda kasb-hunar egallashida qoʻshgan munosib hissasi uchun partiya tomonidan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

O‘QUVCHILARIGA IBRAT BO‘LAYOTGAN USTOZLAR

Erishayotgan har bir muvaffaqiyatimiz, ilm-ma’rifat, sport, iqtisod, barcha-barcha sohalarning rivojlanishi o‘qituvchi va murabbiylarning tajribasi, bilimi, fidoyiligi bilan bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Murg‘ak qalblarga olamni anglatuvchi ham, ularni bilim olishga undovchi, dillariga ziyo nurlarini taratguvchi ham shu ulug‘ kasb egalaridir.

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat olib borayotgan ustozlar o‘quvchilarga bilim berish bilan birga ularga ibrat bo‘lishga intilishmoqda.

Yaqinda ta'lim dargohining 4 nafar matematika fani o‘qituvchisi xalqaro GMAT va GRE imtihonidan yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi hamda qo‘shimcha 50 foiz ustamaga ega bo‘ldi.

Ismatov Qurbon;
Xudaykulova Madina;
Nurullayeva Gulchiroy;
Abduahatova Nafisa.

Ustozlarimizning kelgusidagi faoliyati va ishlarida omad tilab qolamiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.