Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
871 subscribers
16.4K photos
622 videos
17 files
2.26K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
📣Yozgi ta’tilingizni Ibrat debate bilan samarali hamda maroqli o’tkazing.


📌Bu safargi debatimiz mavzusi:
“Should uniform be mandatory at school?” mavzusida bo’lib o’tdi.

📍Xatirchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktab
📆28-iyun
15.00


Ko’plab yoshlar allaqachon hayotlaridagi muhim qadamni qo’yishdi, debat uchun yig’ilishdi, o’z fikrlarini bildirishdi, ajoyib do’stlar orttirishdi.
❗️Siz ham bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

🏛 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab


🌐Bizni kuzatib boring:        
                                          
Telegram: t.iss.one/Xatirchi_IM

Facebook: https://facebook.com/group

Instagram: https://www.instagram.com/xatirchi_im_pressa?igsh=cGRhbnFwMnByeXhm
3👍1😁1
Forwarded from NAVOIY SHAHAR 1-IMI (Odil Norov)
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_taʼtil

💹 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashlatirilgan maktab-internatida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish ishlari izchil olib borilmoqda.

📶 Maktabda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlov kurslari, sport, kasb-hunar, robototexnika, axborot texnologiyalari, sanʼat va kitobxonlik kabi yo‘nalishlarda yangicha mazmundagi to‘garaklar tashkil etilib, ularda o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari va isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

💫Mazkur tashabbuslar oʻquvchilarimizning yozgi taʼtilini sermazmun, qiziqarli va foydali o‘tkazishda muhim o‘rin tutib, ularning ijtimoiy faolligi, ijodkorlik salohiyati va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telgram Instagram Facebook
👍2🔥2
#ishga_taklif

🔔 HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR!

📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi?

🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi
🌐 Platforma: job.piima.uz

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari;

🌍 Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati;

📖 Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati.

📎Talab qilinadigan hujjatlar:

🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa).

👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz?
🔹 Halol, faol va fidoyi;
🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan;
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan;
🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog.

🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying!

⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
30-IYUN — YOSHLAR KUNI: SHUNDAY YOSHLARIMIZ BOR...

Qiziltepa tuman Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi Akobir Bahronov muddatidan oldin talabaga aylandi.

Akobir o‘zi tanlagan yo‘nalishda barcha fanlardan sertifikatlarga ega bo‘ldi va maksimal 189 ballni to‘pladi.
————————————
30 ИЮНЬ — ЁШЛАР КУНИ: ШУНДАЙ ЁШЛАРИМИЗ БОР...


Қизилтепа туман Ихтисослаштирилган мактаб битирувчиси Акобир Баҳронов муддатидан олдин талабага айланди.

Акобир ўзи танлаган йўналишда барча фанлардан сертификатларга эга бўлди ва максимал 189 баллни тўплади.
👍5
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆Ertaga, 9-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo'nalishi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️MAʼLUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📱 3-smena: soat 17:00 da

📞 Savollar bo‘yicha 1206 ga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA!

⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
Tuman/shahar bosqichi,
Hududiy bosqich,
Respublika bosqichi.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈

🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.

Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#imtihon_natijalari

📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

🗓 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Natijalar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM