Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
871 subscribers
16.4K photos
622 videos
17 files
2.26K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
#Yangi_loyiha
#Prezident_maktabi

⚡️TEZ ORADA! YANGI LOYIHA!

Farzandingiz Prezident maktabida o'qishini istaysizmi?

Uni Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlamoqchimisiz?

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yo'lga qo'yilayotgan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi aynan SIZ uchun!

📣 "Birgalikda o'rganamiz" - Prezident maktablaridagi o'qitish metodikalari hamda kirish imtihonlarining namunaviy savollarni qanday ishlashni o'rgatadigan onlayn darslar loyihasidir.

❗️Matematika, mantiqiy fikrlash va ingliz tili onlayn darslari tez kunda rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting!

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Birinchi_Qongiroq

Joriy yilning 4 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Bilimlar kuni" hamda "Birinchi qo'ng'iroq" bayramlariga bag'ishlangan tadbir ko'tarinki ruhda tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan mazkur tadbirda ishtirok etgan ta'lim muassasasi direktori S.Raximov, tuman mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i U.Abdusamadov, Nurota tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i O'Karimovlar ishtirok etib, o'zlarining dil tilaklarini yo'lladilar.
Tadbirdan so'ng tashkil etilgan Mustaqillik darslariga ham tashrif buyurgan mehmonlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mustaqillikning fuqarolarimiz taqdirdagi roli haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
1👍1🔥1
Forwarded from Dilnavoz Isroilova
#PTMA_Qiziltepa_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

#MAKTABIMIZDA_SHODIYONA
#Yangi_hayot uchun_yangi O'zbekiston_uchun
#Bilimlar_kuni

📣📣📣 Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida to‘liq taʼmirdan chiqarilgan, jahon andozalariga mos, barcha sharoitlarga ega aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab binosining ochilish marosimi tantanali ravishda bo'lib o'tdi.

💫💫💫 Ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov so'zga chiqib, yoshlarni bilimlar kuni bilan tabriklab, yurtimizda ta'lim tizimiga berilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tdilar.

Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida qad ko'targan ushbu ta'lim maskani yangi o'quv yiliga o'quvchi yoshlarga sovg'a bo'ldi.

Ochilish marosimidan so‘ng tashrif buyurgan mehmonlar maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🌐 Bizni kuzatib boring
Telegram 👉https://t.iss.one/PTMAQiziltepa
Facebook 👉https://fb.com/QiziltepaIM
👍5
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI QIZILTEPA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️ Ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev qatnashdi.

Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi 336 o‘rinli 3 qavatli bo'lib, fizika, kimyo, biologiya laboratoriya, robototexnika va informatika xonalari kerakli jihozlar bilan ta'minlangan.

🔹 Bugungi kunda maktabda 41 nafar pedagog xodimlar 306 nafar o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

✔️ Ta'kidlash lozim, 2022-2023-o’quv yili yakuniga ko’ra, maktabimiz bitiruvchilari oliygohga kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishdi.

🟢 Maktabda faoliyat yuritayotgan matematika fani o’qituvchilari Aziza Jumayeva, Zamira Hojiyeva hamda tarix o’qituvchisi Farrux Axmedov milliy sertifikatlarni, barcha ingliz tili fani o'qituvchilari esa C1 darajadagi xalqaro sertifikatlarga ega.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tomdi tumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinfxonalari eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 30 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Ayni paytda mazkur maktab-internatda 301 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hayitgul Mirzayeva
#YANGI TIZIM-YANGI IMKONIYATLAR KALITI

2023-yil 25-sentyabr kuni Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Ravshanova Nargiza Sanaqulovnaning tashabbusi bilan AQSHning Alabama shtatida 1 yil davomida FLEX programmasi asosida ta'lim olib kelgan Zarafshon shahar 1-sonli XTCHO‘I maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sovkimova Akmaral maktab-internatiga kelib, 9-10-sinf o‘quvchilari bilan o‘zining taassurotlari va FLEX loyihasida ishtirok etish etaplari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.
👍1
#Yangi_O'zbekiston manzaralari

🏢Navbahor_tuman
Ixtisoslashtirilgan_maktabda

🔥🔥6-8-sinf o'quvchilari bilan
🍀🍀🍀🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺

☀️☀️"Yangi O'zbekiston manzaralari" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi.

🌈Tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad: o'quvchilarda vatanga bo'lgan mehr-muhabbat hissini oshirish, qolaversa ularning ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish.
👍3
#YANGI YIL- YANGICHA SHUKUH

🏢Navbahor_tuman
Ixtisoslashtirilgan_maktabda

🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄

🔥🔥🔥🔥5-11-sinflar ishtirokida
💐💐"Assalom yangi yil, yangicha shukuh" nomli tadbir o'tkazildi.

🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄

👆👆Barchaga kirib keladigan yangi yil baxt, omad, quvonch olib kelsin!!!!
👍10👏1
#Yangi_Oʻzbekiston_Universiteti

USTUVORLIKLAR BELGILANDI

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda viloyatimizning ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchi hamda yuqori sinf oʻquvchilari uchun Yangi Oʻzbekiston universiteti vakillari ishtirokida sermahsul uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarimiz bugungi kunda eng yosh, ammo shu bilan birgalikda kelajak avlod uchun ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbir yakunida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob olishdi.
#yangi_o'quv_choragiga_tayyorgarlik
#pedagogik_kengash

❗️YANGI CHORAKDA YANGI REJALAR

"Ta'limda mukammallikka intilish" shiori ostida Tomdi tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024/2025-o'quv yilining II chorak uchun belgilangan vazifalar taqdimoti o'tkazildi.
Maktab direktori J.M.Aslonov boshchiligida 2024/2025-o'quv yili I chorak sarhisobi va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ijrosi maqsad qilib belgilab olindi.
O'quv dasturlarining ijrosi bo'yicha maktabning O‘TIBDO Sh.Musayev tomonidan ma'lumot berib o'tdildi.
Maktab shifokori K. Qobilova va S.Abdullayeva tomonidan sog’lom turmush tarzi va o’quvchilar orasida shaxsiy gigeyena qoidalarini targ’ib qilinishi haqida so’zlab o’tildi.

🔎Bizni kuzatishda davom eting.
Telegram |Instagram |Youtube
👍1
Forwarded from Sarvar Yorqulov Xatirchi tuman IM
🎄#Yangi_yil_shukuhi

🏛 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab


☃️ Ixtisoslashtirilgan maktabida  ''YANGI YILGA YANGICHA RUH BILAN'' deb nomlangan tadbir o'tkazildi.

🌲Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan turli xil ertak qahramonlarining  sahna ko'rinishlari, milliy hamda turli xil millatlarning raqslari va bayramona chiqishlar namoyish qilindi.

🎉Tadbirda  maktabning faol o'quvchilari hamda reytinggi yuqori bo'lgan sinf o'quvchilari estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:        
                                          
Telegram: @Xatirchi_IM
Facebook: https://facebook.com/group
👍5👏1
Forwarded from Sarvar Yorqulov Xatirchi tuman IM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄#Yangi_yil_shukuhi

🏛 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab


☃️ Ixtisoslashtirilgan maktabida  ''YANGI YILGA YANGICHA RUH BILAN'' deb nomlangan tadbir o'tkazildi.

🌲Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan turli xil ertak qahramonlarining  sahna ko'rinishlari, milliy hamda turli xil millatlarning raqslari va bayramona chiqishlar namoyish qilindi.

🎉Tadbirda  maktabning faol o'quvchilari hamda reytinggi yuqori bo'lgan sinf o'quvchilari estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:        
                                          
Telegram: @Xatirchi_IM
Facebook: https://facebook.com/group
👍1
#YANGI YIL- YANGICHA SHUKUH

🏢Navbahor_tuman
Ixtisoslashtirilgan_maktabda

🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄

🔥🔥🔥🔥5-11-sinflar ishtirokida
💐💐"Assalom yangi yil, yangicha shukuh" nomli tadbir o'tkazildi.

🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄

👆👆Barchaga kirib keladigan yangi yil baxt, omad, quvonch olib kelsin!!!!
👍4
#YANGI YIL- YANGICHA SHUKUH

🏢Nurota_tuman_Ixtisoslashtirilgan_maktab

🎄Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida, 5-11-sinflar ishtirokida "Yangi yilim yaxshi yilim" nomli bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram tadbirida o'quvchilar vatanni madh etuvchi, yangi yil, qish fasli hamda qorbobo va qorqiz  haqida sheʼrlar kuylashdi hamda qoʻshiq va raqslar namoyish etishdi.
Tadbir yakunida “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” va “Eng chiroyli bezatilgan sinf burchagi” nominatsiyasi bo’yicha sinflar taqdirlandi.barcha o'quvchilar tomonidan "Yangi yil" haqidagi qo'shiq bilan yakunlandi. 🌐Telegram: https://t.iss.one/nurota_tuman_im
🔥3👍1
#Yangi_yil_tadbiri
❄️❄️❄️Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi yilda- yangi marralar" nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Ajoyib sarguzashtlar bilan barchaga olam-olam quvonch baxsh etgan ushbu tadbir o'quvchilarning chet tillariga bo'lgan qiziqishlarini yana orttirish maqsadida to'liq rus tilida olib borildi.

Yangi yil barchamizga xayrli, barakali va yutuqlarga boy boʻlsin!!!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram|Youtube|Instagram
👍4
#YANGI YIL- YANGICHA SHUKUH

🏢Nurota_tuman_Ixtisoslashtirilgan_maktab

🎄 Joriy yilning 28-dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida, maktabning pedagog xodimlari hamda 5-11-sinflar o'z rahbari boshchiligida 8 kishidan iborat (7 nafar o'quvchi va sinf rahbari) jamoalar ishtirokida Yangi yilga bag’ishlangan qiziqarli va ko'ngilochar intellektual o'yin - Zakovat Quiz bellashuvlari o'tkazildi. 🌐Telegram: https://t.iss.one/nurota_tuman_im
👍3
#YANGI YIL- YANGICHA SHUKUH

🏢Nurota_tuman_Ixtisoslashtirilgan_maktab

🎄 Joriy yilning 28-dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-2025 o`quv yili davomida o’quvchilarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularda milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’ularini, insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi qo’shayotgan hissalari hamda maktabdagi fidokorona mehnatlari uchun bir guruh ustozlar maktab rahbariyati tomonidan estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
🌐Telegram: https://t.iss.one/nurota_tuman_im
👍7
#HOZIRGI_ZAMON_VA_
#YANGI_O‘ZBEKISTON_
📗📕📘📗📕📘📗📕📘📗📕📘📗📕📘

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachisi Z.Yusupova tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston" kitobi  targ‘iboti o'tkazildi.
👍1
#Navbahor_ tuman_ ixtisoslashtirilgan_ maktab
#Uchrashuv
#Yangi_O'zbekiston_Universiteti
Navoiy viloyatining maktab bitiruvchilari hamda yuqori sinf oʻquvchilari uchun Yangi Oʻzbekiston Universiteti vakillari ishtirokida qiziqarli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarimiz bugungi kunda eng yosh, ammo shu bilan birgalikda kelajak avlod uchun ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbir yakunida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob olishdi.