Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
871 subscribers
16.4K photos
622 videos
17 files
2.26K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
Forwarded from Hayitgul Mirzayeva Tomdi IMI
#Maktab_va_ota_onalar_hamkorligi

📚Ezgulik, bilim va ma'rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo'lini to'saylik!

🏢Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 11-oktabr kuni "Ezgulik, bilim va ma'rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo'lini to'saylik" shiori ostida ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda maktab direktori J.Aslonov maktab-internatining odob axloq qoidalari, maktab formasi, o‘quv va to‘garak mashg‘ulotlari, CHSB, BSB sinovlari, o‘quvchilar davomati haqiga gapirib, pedagogik jamoaning ota-onalarga murojaati haqida ma'lumot berib o‘tdi.

📝Tadbir davomida maktab-internati MMIBDO‘ H.Mirzayeva ishtirok etib, ota-onalarga farzand tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashish, bo'sh vaqtlarini nazorat qilish kerakligi to'g'risida aytib o'tildi. Yig'ilish so'ngida har bir ota-ona va maktab-internati o‘rtasida shartnoma tuzildi hamda a'lo o‘qishi va namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
👍4👏1
#ITMA_Qiziltepa_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Maktab_va_ota_onalar_hamkorligi

🟡 Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 10-yanvar kuni ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tdi. 
Yig‘ilishda soʻzga chiqqan maktab direktori M.Xolova, MMIBDOʻ Kamolov F, OʻIBDOʻ Muhammedov V maktabdagi odob axloq qoidalari, maktab formasi, o‘quv va to‘garak mashg‘ulotlari, CHSB, BSB sinovlari, o‘quvchilar davomati, yoʻl xavfsizlik qoidalari haqida gapirib, pedagogik jamoaning ota-onalarga murojaati hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashish, bo'sh vaqtlarini nazorat qilish kerakligi to'g'risida aytib o'tishdi.

⚡️Yig'ilishda ota-onalar kengashi raisi Zavqiddin Oripov soʻzga chiqib, maktab va ota-ona hamkorligining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi haqida fikr bildirdilar.

Yigʻilish soʻngida a'lo o‘qishi va namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐 Bizni kuzatib boring
Telegram 👉https://t.iss.one/PTMAQiziltepa
Facebook 👉https://fb.com/QiziltepaIM
👍2