Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
899 subscribers
16.3K photos
618 videos
17 files
2.23K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
#Career time
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
📌 Trening "Mening kelajakdagi kasbim"
⚡️ Maqsadi:O'quvchilar egallamoqchi bo'lgan kasbga moslikni aniqlash
⚡️ O'quvchilarning bo'lajak kasblari haqida shaxsiy tasavvurlarini rivojlantirish
⚡️ Bo'lajak kasbiy faoliyatda o'z- o'zini idrok etish
O'quvchilarga trening davomida kasb tanlashda alohida e'tibor berilishi kerak bo'lgan jihatlar hamda tanlangan kasbni yetuk mutaxassisi bo'lishning asosiy shartlari tushuntirib o'tildi.
#Navbahor tuman
ixtisoslashtirilgan maktabda

🔰🔰1-dekabr "Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni" munosabati bilan 5-sinf oʻquvchilari oʻzlarining taqdimotlarini tayyorlashdi.

🎗🎗Har bir oʻquvchi oʻz taqdimotida inson salomatligi har narsadan muhim ekanligi, buning uchun har bir shaxs masʼul ekanligini yoritib berishdi.
#Career time
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
📌9 sinf o'quvchilariga kelgusi 10-15 yilda aktual bo'ladigan sohalar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.
📌 Taqdimot davomida quyidagi savollarga javob berildi
⚡️ Kelajak uchun eng yaxshi kasb qaysi?
⚡️ Yaqin 10 yil ichida qay bir sohadan kattaroq daromad topish mumkin?
⚡️ Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?
#test time
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
🏆5 sinf o'quvchilarida "hard skills" va "soft skills" rivojlantirishga ko'maklashuvchi seminar - trening o'tildi.
Trening davomida o'quvchilarga soft skills va hard skills ning o'zaro to'ldiruvchi va farqli jihatlar haqida tushunchalar berildi.
📌 Hozirgi zamonida karera borasida erishiladigan muvaffaqiyatlarning atigi 15% "hard skills" va 85%"soft skills" hisobiga to'g'ri keladi.
Forwarded from 𝓑.𝓚𝓪𝓶𝓸𝓵𝓪
#Trening time
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
⚡️Inson ota- onani yoki bolalik davrni tanlay olmaydi lekin boshqa narsalarni esa o'z hayotida tanlash mumkin. Va bu tanlov eng ma'suliyatli, bizning taqdirimizni belgilab beradigan, kasb tanlash hisoblanadi.
7 sinf o'quvchilariga kasbga yo'naltirish bo'yicha trening mashg'uloti o'tkazildi. O'quvchilar tomonidan "Yo'l xaritasi" mashqi bajarildi.
Maqsad :o'z kasbiy maqsadlariga erishish oraliq bosqichlari va mumkin bo'lgan yo'llarni anglab etish.
#Memorandum
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
⚡️Bugun Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan Pedagogik mahorat markazi o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
⚡️ Ushbu memorandumni imzolashdan maqsad :
Qonun hujjatlariga muvofiq berilgan vakolatlar doirasida belgilangan vazifalarni o'z muddatlarida va sifatli bajarish hamda o'zaro kelishilgan tadbir va dasturlari ijrosini ta'minlashda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish reja qilingan.
⚡️ Hamkorlikda ta'lim sohasidagi muammolarni birgalikda muhokama qilish va ularga yechim izlab topish mexanizimini yo'lga qo'yish va mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
⚡️ Ta'lim, ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy va innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish memorandumga kiritilgan.
#Bizning shunday o'quvchilarimiz bor
#Results
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
Maktabimizning 10-11 sinf o'quvchilari matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikatlarni qo'lga kiritdilar. Ushbu o'quvchilarimizga kelgusi o'qishlarida omad va OTM imtihonida muvaffaqiyatlar tilaymiz:
Toshtemirova Shodiyona
Ahtamova Shahlo
Melsov Sarvarbek
Juraqulov Shohijahon
Husenov Firdavs

⚡️ O'quvchilarimizni bilim olishida qo'llab quvvatlayotgan ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.
#Bizning shunday o'quvchilarimiz bor
#IELTS_result
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
Maktabimizning 10 sinf o'quvchisi Barno Jabborova IELTS imtihonidan 7.0 ballni qo'lga kiritdi. Ushbu o'quvchiga kelgusi o'qishlarida omad va OTM imtihonida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

⚡️ O'quvchimizni bilim olishida qo'llab quvvatlayotgan ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.
#Navbahor_tuman _ixtisoslashtirilgan_maktabi


🔰 "VATANPARVARLIK OYLIGI" DAVOM ETMOQDA

  Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi  munosabati bilan "Mening armiyam - mening faxrim!" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

📌 Ushbu tanlovni o'tkazishdan maqsad, yoshlarning ongiga vatanga bo'lgan sadoqat, hurmat-ehtirom kabi tuyg'ularni shakllantirish.
#Tashrif
#Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab
⚡️Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ta’lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi Respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish masalalari barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim omilidir.
📌 O'quv yili davomida bitiruvchi sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borilyapti.
Keyingi amaliy mashg'ulotimiz agrobank va xalq bankida bo'lib o'tdi.
⚡️ Maqsad:o'quvchilarni bank ishining nazariy, huquqiy,tashkiliy asoslari bilan tanishtirish.
📌 Yuqori malakali iqtisodchilarni tayyorlash.