my.gov.uz
220K subscribers
1.68K photos
135 videos
2 files
2.7K links
Download Telegram
#yangixizmat #fuqarolik #oila_va_bolalar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

🆘 My.gov.uz portalida ayollarni himoya qilishga yordam beruvchi xizmat ishga tushirildi. 🆕 Endi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida koʻrib chiqiladi.

Himoya orderi zoʻravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyish orqali jabrlanuvchini himoya qiladi.

💫 Order qanday cheklovlarni oʻz ichiga oladi?

Tazyiq va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
Zoʻravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash;
Jabrlanuvchi va zoʻravonning bir xonada boʻlishini taqiqlash;
Zoʻravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararini qoplash majburiyatini yuklash;
Zoʻravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar.

Eslatma: Himoya orderida qonunchilikda belgilanmagan boshqa cheklovlarni qoʻyish taqiqlanadi.

❗️Zoʻravonlikka yoʻl qoʻymang! Oʻzingizni himoya qiling!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍165🎉11🔥10🐳9👏7
#yangixizmat #biznes

📉 Kompaniyangiz moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldimi? Bankrotlik yoqasida turibdimi?

❗️Xavotir olmang! Endi biznesingizni saqlab qolish uchun sudgacha sanatsiya xizmatidan my.gov.uz orqali foydalanishingiz mumkin!
💰Sudgacha sanatsiya – bu korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash va moliyaviy muammolarning oldini olish demak.

🏛 Sudgacha sanatsiya sizning moliyaviy ahvolingizni yaxshilash, qarzlaringizni kamaytirish va kreditorlaringiz bilan muzokaralar olib borish hamda kelishuvga erishish, eng muhimi, biznesingizni saqlab qolish imkoniyatini oshiradi.


💰 Sanatsiya davrida:
🔵 Korxonaga yangi hisob raqam ochiladi.
🔵 Sanatsiya hisob raqamiga inkassa qo‘yilmaydi va undan avtomatik yechuv amalga oshirilmaydi.

📱 Xizmatdan foydalanish juda oson!

💬 my.gov.uz portaliga kirasiz
💬 Sudgacha sanatsiya qilish xizmatini tanlaysiz
💬 Ariza to'ldirib, yuborasiz

📆 Sanatsiya davri 24 oygacha bo'lishi mumkin. Xizmatdan foydalanish esa bepul.

Esingizda bo'lsin!
Sudgacha sanatsiyaga moliyaviy qiyinchiliklar sezilib, lekin hali bankrotlik jarayoni boshlanishidan oldin murojaat qilish zarur!
Berilgan imkoniyatdan vaqtida foydalaning! Biznesingizni qutqaring va muvaffaqiyatga erishing!


🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍97🔥4👏4👌2
#kochmas_mulk #yangixizmat

🪳Uyingiz termit yoki boshqa hasharotlar tufayli yaroqsiz holga kelib qoldimi?

❗️Biz sizga ushbu muammoli vaziyatdan chiqish yoʻlini aytamiz.

🧑‍💻 Hoziroq my.gov.uz portaliga kiring. Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish xizmatidan foydalanib, uyingizni bepul tekshirtiring.

🏠Mazkur xizmatdan nafaqat uy egalari, balki unda istiqomad qiluvchilar ham foydalanishlari mumkin.

🔍 Agar tekshiruv natijasida uyingiz haqiqatan yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, xulosani tegishli tashkilotlarga topshiring. Chunki bu sizning davlat tomonidan uy-joy bilan taʼminlanishingiz uchun asos hisoblanadi.

📱 my.gov.uz bilan vaqtingizni tejang va davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

▶️https://youtube.com/shorts/AyGgmM-wg8o?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129💯12👌4🐳3👏2
#yangixizmat

⚡️my.gov.uz dan yana bir yangilik❗️

🇺🇿Endilikda fuqarolarni (chaqiriluvchi va harbiy xizmatga majburlar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruvi my.gov.uz mobil ilovasi orqali elektron shaklda xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

📱Bunda elektron chaqiruv xabarnomasini olish uchun my.gov.uz mobil ilovasi foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Elektron chaqiruv xabarnomasi mobil ilovaning xabarnomalar bo‘limida aks ettiriladi.

Eslatma: Mazkur tartib amaldagi qog‘oz shakldagi chaqiruv qog‘ozini berish tartibini bekor qilmagan holda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi.


📱 Ilovani yuklab oling: Google Play va AppStore.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍168👌4💯4🔥3👏1
#yangixizmat

❗️Endi ovchilik guvohnomasini onlayn olish mumkin!

💥 Ovchilik bilan shug‘ullanishni istagan jismoniy shaxslarning my.gov.uz portali orqali ovchilik guvohnomasini olishi yanada osonlashdi!

👉 Xizmat quyidagi qulayliklarga ega:

Onlayn ariza berish
Hech qanday hujjatlar talab etilmasligi
Avtomatik tekshiruvlar
5 ish kuni ichida QR-kod bilan rasmiylashtirilgan guvohnoma
10% chegirma hisobiga to‘lov – 675 000 so‘m

🪪 Guvohnoma 2 yil muddatga amal qiladi.

Eslatma: Ushbu xizmatdan ov qilish huquqidan mahrum etilmagan va maxsus o‘quv kursi sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.


📱Mazkur sertifikat "HunterUzb" mobil ilovasi orqali ovchilik yo‘nalishidagi maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga beriladi.

⚡️Yangiliklarimizdan eng birinchi xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍195🔥10👏8🎉3🤩2
#transport #turizm #yangixizmat

⚡️my.gov.uz'da temir yo‘l xizmatlari!

📱Endilikda Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganligi haqida guvohnoma olish tartibi osonlashdi.

💬 Harakatdagi temir yo‘l tarkibini ro‘yxatdan o‘tkazish

🚂 Mazkur xizmat orqali lokomotiv va motorvagonlar, yo‘lovchi va yuk vagonlar va maxsus harakatdagi tarkibni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish, foydalanishni vaqtincha to‘xtatish) mumkin.

💬 Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish

🛃 Ushbu xizmat orqali stansiya, bekatlar oralig‘i hamda shahobcha yo‘llarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish, foydalanishni vaqtincha to‘xtatish) mumkin.

💰Xizmatlardan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirma mavjud.

▶️https://youtube.com/shorts/g4aV35y2T0A?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍99👏6🎉2🤩2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kommunal #yangixizmat

❗️Toshkent shahrida uy sotmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar diqqatiga!   
   
🏠 Endi Toshkent shahrida ko‘chmas mulkini oldi-sotdi qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uyning markazlashgan issiqlik tarmog‘iga ulanmaganligi haqida ma’lumotnoma olish uchun "VEOLIA ENERGY TASHKENT" MChJ XKga borishi shart emas!  
   
Ushbu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali istalgan joydan turib, bir necha daqiqada onlayn olsangiz bo‘ladi.  
   
📱 Bunda my.gov.uz portalidagi "Ob’yektning issiqlik tarmog‘iga ulanmaganligi haqida ma’lumotnoma olish" xizmati tanlanib, kadastr raqami ko‘rsatilsa va so‘rov yuborilsa kifoya!  
   
🔵Ma’lumotnoma bir zumda tayyor bo‘ladi!  
   
🧑‍💻 Vaqtingizni tejang! Davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍194🔥6👏5🤩5💯5
#yangixizmat #malumotnomalar

⚡️ Tez orada uyda unutib qoldirilgan hujjatlar xavotirli tashvishlar safidan chiqadi!

🟡 Ko‘pchilikning vaqtini olib, asabini buzadigan jarayonlardan biri – bu turli hujjatlarni yig‘ish va ularni doim o‘zi bilan olib yurishdir. Hujjatlarni uyda unutib qoldirish esa ko‘pgina noqulayliklarga olib kelishi mumkin.

❗️Endilikda bu muammoga yechim bor!


📆 2025-yilning 1-iyulidan boshlab my.gov.uz portalidagi raqamli servislar orqali hujjatlarni elektron shaklda taqdim etsangiz bo‘ladi. Bu degani, endi siz bilan doim birga yuradigan smartfoningiz yordamida istalgan vaqtda kerakli hujjatni ko‘rsata olasiz!

💻 Raqamli servislardan Bank xizmatlarida, Notarial idoralarga murojaat qilganda, Aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda, O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, Davlat, korporativ va boshqa xizmatlarda foydalanishingiz mumkin.

🌐 Ushbu imkoniyat vaqtni tejash, hujjatlarni yo‘qotish yoki shaxsga doir ma’lumotlarning tarqalish xavfini kamaytirib, jarayonlarni soddalashtiradi va tezlashtirish kabi qator qulayliklarni yaratadi.

my.gov.uz bilan hayot ancha osonlashadi!

▶️https://youtube.com/shorts/424Ht4AMyec

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍315👏28🔥19👌6🤩5
#yangixizmat #transport

🚘 Endi avtomobilga gaz ballon o‘rnatish yanada oson!

❗️my.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani olish jarayoni yanada qulay va tezkor bo‘ldi.

Hech qanday ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi!

👨‍💻Siz faqat onlayn tarzda ariza to‘ldirib, uni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborsangiz kifoya. Qolganini YHXX xodimlari bajarishadi.

📲 Arizangiz ko‘rib chiqilgach, natijasi my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.

💰 Xizmat ko‘rsatilishi uchun to‘lov – 112 500 so‘m (0,3 BHM)

🎉Ushbu xushxabarni do‘stlaringizga ham ulashing!

▶️ Gaz ballon o‘rnatishga ruxsatnoma olishning yangi, soddalashtirilgan tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing!

▶️ https://youtu.be/ca2kX4rPcaY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍144👏6🐳5💯5
#yangixizmat

🟡 Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yana bir qulaylik!

📝 Bino va inshootlarni qurishni loyihalashga ruxsat olish muddati 40% ga qisqartirildi.

🆕 2025-yil 15-fevraldan boshlab, Yagona portalda eksperiment tariqasida Toshkent shahri uchun "Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish ruxsatnomasi va arxitektura-rejalashtirish topshirig'ini olish" elektron davlat xizmati kompozit shaklda joriy etildi.

🏠 Mazkur xizmat orqali bitta ariza bilan qurilishni loyihalashga ruxsatnoma va arxitektura-rejalashtirish topshirig'ini olish imkoniyati yaratildi.

📆 Bundan tashqari, xizmat ko'rsatishning umumiy muddati 20 ish kunidan 12 ish kuniga, ko'rib chiqish bosqichlari esa 11 tadan 7 taga qisqartirildi.

💰 Xizmat ko'rsatishda undiriladigan yig'im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravaridan 0,5 baravariga kamaytirildi.

🧑‍💻 Yagona portal orqali ariza topshirilganida 10% chegirma qo'llaniladi.

❗️Eksperiment 2025-yil oxiriga qadar Toshkent shahrida olib boriladi.

🔔 Muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, kompozit xizmatni respublika miqyosida joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etiladi.

📱 Ushbu yangi tartib aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratishga hamda Toshkent shahrida qurilish sohasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🐳9🔥5💯1
#yangixizmat #fuqarolik

⚡️ Endi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tish tarixingiz haqidagi ma’lumotlar siz uchun ochiq!

🟡 Bu qayerga, qachon, qanday transportda va qaysi chegara punkti orqali sayohat qilganingiz haqidagi barcha ma’lumotlarni osongina olishingiz mumkin degani.

👉 Buning uchun:
💬 my.gov.uz orqali "Fuqarolik" bo‘limiga o‘ting;
💬 "O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tuvchi jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish" xizmatini tanlang;

🧑‍💻 Va avtomatlashtirilgan xizmatdan bepul foydalaning.

🛬 Ushbu qulaylik sayohatlaringiz xronologiyasini kuzatish, viza olish yoki chegaradan o‘tish bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarda o‘z haqligingizni isbotlashda kerak bo‘lishi mumkin.

🟡 Elektron xizmatlarni baholang!

📱 Bundan tashqari, endi siz foydalangan elektron davlat xizmatlaringizni baholash imkoniyatiga ham egasiz. Ya’ni xizmat sifatini 1 dan 5 gacha bo‘lgan shkalada baholab, o‘z fikringizni qoldiring. Bu orqali siz davlat xizmatlari sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!

❗️Eslatma: Har bir baho o‘z izohiga ega. 1-2 baholar xizmat sifatidan qoniqmaganlikni bildirsa, 5 – unga yuqori baho berilganini anglatadi.


▶️ https://youtu.be/U1lNUDY0cU0

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129👌7👏5🔥4💯2
#yangixizmat #transport

🚗 Transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar diqqatiga!

⚡️ Siz uchun ajoyib yangilik!

🔔 Endi transport vositalarining identifikatsiya raqamini (VIN kod) olish uchun ovoragarchiliklarga hojat yo'q! my.gov.uz orqali ushbu xizmatdan onlayn tarzda foydalanish mumkin.

🚘 VIN (Vehicle Identification Number) - bu har bir transport vositasi uchun noyob identifikatsiya raqami hisoblanadi va uchta qismdan iborat:

💬 Ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI)
💬Tavsiflovchi qismi (VDS)
💬 Ko'rsatuvchi qismi (VIS)

VIN kod avtomobilning tarixini, ishlab chiqarilgan joyi va boshqa muhim ma'lumotlarni aniqlashga yordam beradi. Bu esa xavfsizlikni ta'minlash va soxta avtomobillar savdosining oldini olish uchun juda muhimdir.


❗️Vaqtingizni tejang!
💰 Yagona portal orqali ariza topshirsangiz, to'lovdan 10 foiz chegirma olasiz.

📆 VIN kod 30 yil muddatga beriladi.

Muhim eslatma: To'lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarini tashkil etadi.

🟡 Ushbu qulaylikdan foydalaning va o'z biznesingizni yanada rivojlantiring!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105💯3🔥2🐳2
💥 Yana bir yangilik! #yangixizmat

⚡️ Harbiy xizmatga shartnoma asosida ishga kirmoqchimisiz?
my.gov.uz orqali bu oson: qog‘ozbozlik yo‘q, hammasi onlayn!

📱 Endilikda Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga ariza berish yanada osonlashdi!

👉 Onlayn ariza berish uchun:
my.gov.uz portaliga kirasiz va ro‘yxatdan o‘tasiz.
Tegishli xizmatni tanlaysiz.
Shartlarni o‘qib, so‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirasiz.
Hamma ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, “Yuborish” tugmasini bosasiz.

👨‍💻 Xizmatning qulayligi shundaki, uydan chiqmasdan ariza berib, vaqtingizni tejaysiz. Barcha jarayonlar ochiq va shaffof ekanligiga guvoh bo‘lasiz.

Muhim eslatma!
Arizada keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligiga nomzodning o‘zi shaxsan javobgardir.
Soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilsa, talabgor saralashdan chetlashtirilishi mumkin.


💬 Yo‘llangan ariza va ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatda o‘rganilib, natijasi talabgorga elektron shaklda ma’lum qilinadi.

🧑‍🚀 Vatan himoyasi - sharafli burch! my.gov.uz portali bu yo‘lda sizga omad tilaydi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍110👏7🔥6🐳3👌1
#yangixizmat #transport

⚡️Endi yangi sotib olingan avtotransportni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin!

🚘 Bugundan boshlab my.gov.uz orqali yangi avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza yo‘llash imkoniyati sinov tartibida ishga tushirildi!

🚘 Hozircha bu imkoniyat Toshkent shahridagi "Fayzobod" ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish (RO‘ va IO) bo‘limida sinovdan o‘tkazilmoqda. Test muvaffaqiyatli yakunlansa, tizim avval Toshkent shahri bo‘ylab, keyinchalik qolgan hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Talabgor arizani shakllantirishda xizmatni qaysi ko‘rinishda olishini belgilaydi:
💬 1. Arizachi RO‘ va IO bo‘limiga borgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish;
💬 2. Sayyor xizmat — YHXX xodimining o‘zi belgilangan manzilga keladi (qo‘shimcha to‘lov asosida).

🪙 Xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan to‘lovlar quyidagicha:
Ro‘yxatdan o‘tkazish: BHMning 6,84 barobari
(Elektromobil, motolar, tirkamalar — 1.5 barobar)
Davlat raqami: BHMning 3,5 barobari
Qayd etish guvohnomasi (texpasport): BHMning 0,7 barobari
Texnik ko‘rik: BHMning 0.1 barobari

📍Sayyor xizmat uchun (10 km.ga):
1 kunda kelsa: BHMning 4 barobari
3 kunda: BHMning 3 barobari
5 kunda: BHMning 2 barobari

🚗 10 km.dan ortiq masofa uchun har km.ga BHMning 0.05 barobari qo‘shib boriladi.

👨‍💻 Ariza my.gov.uz orqali yuborilganida, talabgorga davlat raqam belgisi va to‘lov uchun invoys taqdim etiladi.

❗️To‘lov amalga oshirilgach, “Fayzobod” RO‘ va IOga borib, arizadagi davlat raqam belgisi aytiladi, YHXX inspektori transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazadi va sizga davlat raqami hamda texpasportni taqdim etadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🎉6🤩5🔥3👏3
#yangixizmat

☄️ Work and Travel uchun safar xarajatlariga ssuda – tez kunda my.gov.uz'da!

🆕 Yagona portalda yangi, mutlaqo bepul xizmat ishga tushiriladi!

🏖 Bunda Work and Travel dasturi orqali xorijda ishlash va sayohat qilish istagida bo‘lgan yoshlarga safar xarajatlari uchun
ssuda beriladi!

🧳 Agar siz 18-30 yosh oralig‘idagi, oliygohda o‘qiyotgan (bitiruvchi kurslardan tashqari) va O‘zbekiston fuqarosi yoki doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsangiz, Work and Travel dasturi doirasida xorijga borib ishlash va sayohat qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

👉 Bu yangi xizmat sizga:

Safar xarajatlarini qoplash uchun qulay ssuda olish;
Work and Travel dasturida ishtirok etish uchun moliyaviy imkoniyat yaratish;
Yangi madaniyatlar bilan tanishish va dunyoni ko‘rish;
Mustaqil hayot ko‘nikmalarini oshirish kabi keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

❗️Batafsil ma’lumot va ariza topshirish imkoniyati tez kunda my.gov.uz portalidan o‘rin oladi.


🔔Bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153🔥5🤩4👌4
#yangixizmat

☄️ "Work and Travel" dasturi ishtirokchilari diqqatiga: my.gov.uz orqali FOIZSIZ SSUDA olish boshlandi!

🗣Bugundan boshlab "Work and Travel" dasturida qatnashishni orzu qilgan talabalarning xorijda ishlash va sayohat qilish xarajatlarini qoplashda my.gov.uz yaqindan yordam beradi. Maxsus, foizsiz ssuda imkoniyati ishga tushdi!

🔝Ushbu imkoniyatdan:
Yoshi 16 dan 30 gacha bo‘lgan;
O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan;
Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) yoshlar foydalanishi mumkin.

Ssuda olish uchun:
 Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.
"Work and Travel" dasturiga oid viza.
  Qarzni qaytarishga kafilning roziligi yoki sug‘urta polisi kerak bo‘ladi.

💰Ssuda har yili 2000 nafar talabaga BHMning 40 baravari miqdorida ajratiladi. Ssuda olgan talabalar uni xorijiy vizaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 1 oy ichida Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarishi shart.

❗️Ariza topshirish juda oson! Shunchaki my.gov.uz portaliga kiring va onlayn ariza qoldiring.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🤩10💯4🔥2
#yangixizmat

☄️ my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI!

❗️my.gov.uz dan yangiliklar mavsumini qarshi oling! Iyun oyida foydalanuvchilarimizga qanday qulayliklarni taqdim etamiz?

🔵 Jarima ballaringiz nazoratda!
Endi yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun toʻplagan jarima ballaringizni my.gov.uz orqali onlayn tekshirishingiz mumkin. Qaror raqami, sanasi, asos boʻluvchi modda va bandi – barchasi aniq va shaffof! Haydovchilik hujjatlaringiz xavfsizligini taʼminlang!

🔵 Telefon raqamlari qo’l ostingizda!
Oʻz nomingizga rasmiylashtirilgan barcha mobil telefon raqamlari haqida maʼlumot oling.

🔵 17 turdagi hujjatlarning elektron talqini kuchda!
Pasport, diplom, nikoh guvohnomasi va boshqa 17 turdagi shaxsiy hujjatlaringizni elektron formatda saqlang va zarur boʻlganda ularning haqiqiyligini my.gov.uz orqali tekshiring. Qogʻoz hujjatlar davri oʻtmishda qoldi!

🔵 "Avto xabar" – avtomobilingiz haqida xabardor boʻling! Avtomobilingiz chiqish joyini toʻsib qoʻyganmi? Yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berdimi? "Avto xabar" xizmati orqali avtomobil egasiga tezkor ogohlantirish yuborish imkoniyati yaratildi!

🔵 Topilgan hujjatlar bo’yicha egasiga tezkor xabar yetkaziladi!
Agar sizning biometrik pasportingiz yoki ID kartangiz topib olinsa, endi sizga my.gov.uz orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Yoʻqotish va topish jarayoni yanada tezlashadi!

📱 Hayotingizni my.gov.uz bilan raqamlashtiring va osonlashtiring!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🔥13👏11🎉6🐳6
#yangixizmat

☄️ Hurmatli foydalanuvchilar! My.gov.uz portalida gidrometeorologik ma'lumotlar olish xizmati ishga tushirildi!

❗️Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar umumiy hamda ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik ma’lumotlarni onlayn tarzda so‘rab olishlari mumkin.

✔️Ushbu xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchidan xizmat turini, maʼlumot so‘ralayotgan hudud va tumanni, meteorologik ma'lumot turini hamda so‘ralayotgan maʼlumotlarning davrini belgilash talab etiladi.

⏱️ So'ralgan ma'lumotlar 10 ish kuni ichida taqdim etiladi.

📱 My.gov.uz bilan davlat xizmatlari yanada yaqinroq!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44👏10🐳4🔥3💯3
#yangixizmat

❗️Davlat xizmatlari bo‘yicha shikoyatlaringiz bormi? Endi ularni onlayn hal qiling!

📱Yangi joriy etilgan xizmat orqali vakolatli organlarning davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash tartibi soddalashtirildi. Bu orqali nizolar sudgacha bo'lgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Arizani kim ko‘rib chiqadi? Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashi.

📆 Murojaatni ko’rib chiqish muddati: Ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilsa, bu muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi!

Muhim eslatma:
Hozircha, xizmat tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizom 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida ko‘rsatiladigan ayrim turdagi davlat xizmatlariga nisbatan qo‘llaniladi. Agar eksperiment muvaffaqiyatli o‘tsa, bu xizmat butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.



📱Shikoyat yo‘llash tartibi va xizmatlar ro‘yxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son qarori orqali tanishishingiz mumkin.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda duch kelgan muammolarni endi qulay va shaffof tarzda hal qiling!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47💯5👏4🐳4🔥3
#yangixizmat #pensiya

⚡️ Pensionerlar uchun yana bir qulaylik!

🏦 Endilikda mehnat faoliyatini Mudofaa vazirligida olib borgan xodimlar uchun o’zlariga tayinlangan pensiya miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishi yanada osonlashdi!

🆕 my.gov.uz portalida yangi — “Mudofaa xodimlarining pensiya miqdori bo'yicha ma'lumot olish” xizmati joriy etildi.

🏬 Endi ma’lumotnoma olish uchun avvalgidek vakolatli organga borish shart emas, buni my.gov.uz orqali avtomatik tarzda amalga oshirish mumkin.

❗️Eng muhimi: Ushbu ma’lumotnoma Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qaroriga asosan bepul taqdim etiladi.
💻 Agar siz Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi yoki Milliy gvardiyada ishlagan bo‘lsangiz, pensiya hisobida turishingiz to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ham my.gov.uz orqali olishingiz mumkin.

⌛️ my.gov.uz - vaqtingizni tejashda davom etadi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥3🐳3🤩2👌1