my.gov.uz
220K subscribers
1.68K photos
135 videos
2 files
2.7K links
Download Telegram
#oila_va_bolalar #malumotnomalar

⚡️Kamroq qog‘oz sarflab, ko‘proq vaqtni farzandingiz bilan o‘tkazing!

🤱🏻Endi yosh ota-onalar chaqaloqqa tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma va guvohnoma olish uchun alohida vaqt ajratib, davlat idoralariga yugurishlari shart emas. Hammasini my.gov.uz orqali qulay tarzda, navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirish mumkin.

📱 my.gov.uz yordamida siz uydan chiqmasdan turib:

💬 Tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma
💬 Tug‘ilish haqidagi guvohnoma
💬 Yolg‘iz ona arizasiga asosan qayd qilingan tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani oson va tez olsangiz bo‘ladi.

Buning qulayligi nimada?

Avvalo, vaqtingiz va kuchingizni tejaydi
Hamma hujjatlarni bir joydan olasiz
Navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirasiz

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlaringiz bilan birga ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun my.gov.uz'dan foydalaning!

📱Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

▶️https://youtube.com/shorts/EZRtQcYGAmc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍160👏11🎉4🐳4🔥3
#infografika #malumotnomalar

⚡️my.gov.uz: raqamlar o‘sishda davom etmoqda!

👨‍⚕️2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, tibbiyot sohasida toifa sertifikati olish uchun jami 136 483 ta ariza kelib tushgan. Shundan 28 964 tasiga sertifikat berilgan. Bundan sertifikat olishdagi muvaffaqiyat darajasi taxminan 21% ni tashkil etganini ko‘rish mumkin.

📶 Ariza topshirish bo‘yicha gender ko‘rsatkich:

👩‍💻Ayollar: 113 112 ta ariza
👨‍💻Erkaklar: 23 371 ta ariza

📍Qaysi hududlarda my.gov.uz orqali ariza topshirish ko‘proq?

🌐 my.gov.uz orqali ariza topshirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda. Samarqand viloyati va Andijon shahri ham faol foydalanuvchilar qatorida.

📱Jarayonning ancha sodda va qulay bo‘lgani tibbiyot sohasida xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga xizmat qiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🔥6👏6🎉2🐳1
#infografika #malumotnomalar

❗️Quyida my.gov.uz'ning 2024-yildagi natijalariga to‘xtalamiz:

☄️ my.gov.uz da xizmatlar soni 700 tadan oshdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 23% o‘sish degani!

📈 Fuqarolarning elektron xizmatlarga ishonchi ortib, my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshdi. Shuningdek, portal xizmatlaridan 33 milliondan ortiq foydalanish ko‘rsatkichi qayd etildi.

📱 my.gov.uz mobil ilovasi orqali davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 4 milliondan oshdi (+2,5 million).

💰 Pullik elektron davlat xizmatlarining to‘lov jarayonlari Yagona billing tizimiga ulanishi orqali 50 milliondan ortiq tranzaksiyalar qulay va xavfsiz taqdim etildi.

💬 Elektron xizmatlar nafaqat qulaylik yaratadi, balki ekologiya uchun ham katta foyda keltiradi. Masalan, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ortidan aholining 128 mlrd so‘m mablag‘i va 160 tonna qog‘oz tejaldi. Qog‘ozni kamaytirish orqali esa 3,2 mingdan ortiq daraxt saqlab qolindi.

🟡 Davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali foydalangan aholiga 149,5 mlrd so‘mdan ortiq chegirmalar taqdim etilishi esa fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy yordam bo‘ldi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍170💯8🔥7👌5👏3
#malumotnomalar

⚡️My.gov.uz portali orqali 24 turdagi tibbiy xizmatlardan onlayn foydalanish mumkin

💻 Bugun ko‘p turdagi davlat xizmatlaridan uydan chiqmay turib foydalansa bo‘ladi. Buning uchun internetga ulangan qurilma bo‘lsa, kifoya.

📱my.gov.uz yurtdoshlarimizga ana shunday qulayliklarni taqdim etmoqda. Ushbu platformadan aholi va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan 24 turdagi elektron tibbiy xizmat ham joy olgan.

🌐 Tegishliliga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga mo‘ljallangan ushbu xizmatlar my.gov.uz portalining “Sog‘liqni saqlash bo‘limi”dan joy olgan.

❗️ Xizmatlardan foydalanish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish hamda so‘rov yuborish talab etiladi. Arizalar avtomatik ravishda ko‘rib chiqilib, ma’lumotlar elektron formatda taqdim etiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍159🐳7👏6🎉2🤩2
#malumotnomalar

🟡 Ta’limga oid xizmatlar bir joyda!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida maktabgacha va maktab taʼlimiga doir 26 turdagi elektron xizmat joy olgan.

👨‍💻 my.gov.uz orqali koʻrsatilayotgan bu xizmatlar bilan portalning “Ta’lim bo‘limi”da tanishing.

💬 Ma’lumot uchun: Nodavlat (maktabgacha va maktab) taʻlim muassasalarini tashkil etish uchun ariza topshirish license.gov.uz manzili orqali amalga oshiriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86🔥4🎉2👏1
#infografika #malumotnomalar

☄️ Raqamli xizmatlar aholi hayotini osonlashtirishda davom etadi!

❗️ So‘nggi vaqtlarda raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish borasida salmoqli ishlar qilinib, natijalar ham ko‘zga tashlanmoqda:

62 000 ga yaqin aholi, yoshlar va tadbirkorlar "my.gov.uz portalidan samarali foydalanish" mavzusidagi seminar-treninglarda raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha o‘qitildi. Bu raqamlar aholining raqamli savodxonligi oshib borayotganidan dalolat.

264 ta videorolik yaratilib, my.gov.uz'ning YouTube kanaliga joylashtirildi. Ushbu videolar raqamli xizmatlar va ulardan foydalanish bo‘yicha aniq va tushunarli ma’lumotlar beradi.

📱 my.gov.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faolligi ham oshdi:

🚀Telegram kanali obunachilari soni 230 mingdan ko‘tarildi (+40 ming);
🎬 YouTube kanali a’zolari soni 64 mingga yetdi (+11 ming),
▶️videolarni ko‘rishlar soni esa 8,2 milliondan yuqoriladi (+3 million);
📷Instagram a’zolari – 29,1 mingga (+9 ming), Facebook obunachilari soni 5,2 mingga yetdi.

📈 Ushbu ko‘rsatkichlar raqamli xizmatlarning aholi hayotiga chuqur kirib borayotganidan dalolatdir.

🧑‍💻 my.gov.uz xizmatlaridan foydalaning va vaqtingizni tejang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156👏6🎉6🐳3👌2
#infografika #malumotnomalar

❗️Elektron ishonchnomalar soni 1 yilda 1 milliondan oshdi!

💬 my.gov.uz orqali "Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish" xizmati ishga tushirilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo qisqa muddat ichida ushbu xizmat yurtdoshlarimiz orasida juda ommalashib ketdi.

📱 Xizmat 2022-yilning 6-sentyabrida ishga tushirilgan. 2024-yilning 1-yanvaridan 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, my.gov.uz orqali 1 milliondan ortiq elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.

🚗 Eng ko‘p rasmiylashtirishlar - Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.

🟡 my.gov.uz orqali elektron ishonchnoma olish, avvalo, uydan chiqmasdan, onlayn rasmiylashtirish mumkinligi, an’anaviy usulga qaraganda ancha tez jarayonligi, talab etiluvchi hujjatlarning minimalligi, to‘lovda 10% chegirma berilishi bilan juda qulaydir.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122💯5
#infografika #malumotnomalar

❗️2024/2025-yillarda Bolani bogʻchaga joylashtirish uchun 2 milliondan ortiq ariza kelib tushdi

📍Top-3 hududga: Farg'ona viloyati Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlari kirdi.

👉 Bolani bog'chaga joylashtirish uchun:

1️⃣ Ro'yxatdan o'ting!
2️⃣ my.gov.uz orqali Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza bering!

▶️Bolani bog'chaga joylashtirish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing:

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=KkNC8A4uTFs

👨‍👩‍👧‍👦 Yagona portal orqali farzandni Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish sodda va qulay.

📱 Muhimi, siz uyingizdan chiqmasdan farzandingizni bogʻchaga roʻyxatga qoʻyishingiz, navbatni tekshirishingiz va arizani bekor qilishingiz mumkin!

📱my.gov.uz – hayotingizni doim osonlashtiradi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131🔥8🎉2👌1🐳1
#infografika #malumotnomalar

❗️Qurilish sohasidagi natijalar: 100 000 ga yaqin ruxsatnoma onlayn taqdim etildi!

📆 2024-yil davomida qurilish sohasida katta o‘zgarish va yutuqlarga erishildi.

🏗 100 000 ga yaqin qurilishi tugallangan obyektlarga foydalanish uchun ruxsatnomalar onlayn berildi.

🏢 Bu mamlakatimizda yangi uy-joylar, maktablar, shifoxonalar va boshqa ko‘plab muhim obyektlar qurib bitkazilganidan dalolat beradi.

📈 Respublika bo‘yicha 128 000 dan ziyod loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlandi.
Bu kelgusida qurilish loyihalari ko‘lami kengayishi va mamlakatimizning yanada rivojlanishiga ishora qiladi.

📍Hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy qurishda eng ko‘p loyiha-smeta hujjatlarini kelishgani bilan yetakchilik qildi. Toshkent viloyati esa foydalanishga qabul qilingan obektlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga chiqdi.

📱 Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirdi va shaffoflikni ta’minladi.

🟡 Bu raqamlar mamlakatimizda qurilish sohasi faol rivojlanayotgani, yangi uy-joylar va ijtimoiy obyektlarga talab ortayotgani, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi tufayli jarayonlar shaffof va samarali bo‘layotganini anglatadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🔥5🎉2
#oila_va_bolalar #malumotnomalar

⚡️Kamroq qog‘oz sarflab, ko‘proq vaqtni farzandingiz bilan o‘tkazing!

🤱🏻Endi yosh ota-onalar chaqaloqqa tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma va guvohnoma olish uchun alohida vaqt ajratib, davlat idoralariga yugurishlari shart emas. Hammasini my.gov.uz orqali qulay tarzda, navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirish mumkin.

📱 my.gov.uz yordamida siz uydan chiqmasdan turib:

💬 Tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma
💬 Tug‘ilish haqidagi guvohnoma
💬 Yolg‘iz ona arizasiga asosan qayd qilingan tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani oson va tez olsangiz bo‘ladi.

Buning qulayligi nimada?

Avvalo, vaqtingiz va kuchingizni tejaydi
Hamma hujjatlarni bir joydan olasiz
Navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirasiz

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlaringiz bilan birga ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun my.gov.uz'dan foydalaning!

📱Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

▶️https://youtube.com/shorts/EZRtQcYGAmc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍161👏5🔥1🤩1👌1
#infografika #malumotnomalar

🟡 Kredit tarixiga oid rekord ko‘rsatkich!

📆 2024/2025-yillarda my.gov.uz orqali 1 milliondan ortiq kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar onlayn taqdim etilgan!

🧑‍💻 Jami foydalanishlar soni: 1,269,921 marta!

👉 Shundan:
💬 my.gov.uz portali orqali – 758,630 ta
💬 mobil ilovasi orqali – 511,291 ta

📍Xizmatdan foydalanishda eng faol hududlar: Toshkent shahri (208,072 ta), Toshkent viloyati (157,139 ta) va Samarqand viloyati (113,152 ta) bo‘lgan.

📈 Bu ko‘rsatkichlar aholining onlayn xizmatlarga ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

📱 Chunki my.gov.uz orqali xizmatlardan foydalanish qulay va samaralidir.

🪪 Shuningdek, fuqarolar o‘z kredit tarixiga ham e’tiborli bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz: my.gov.uz orqali siz kredit tarixingizni oson va tez olishingiz, SMS-xabarnoma xizmatini yoqishingiz, kredit tarixingizga cheklovlar o‘rnatishingiz yoki bekor qilishingiz mumkin!


📱my.gov.uz – hayotingizni yanada qulaylashtirish uchun xizmat qiladi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116🤩7👏3🐳3🔥1
#infografika #malumotnomalar #talim

☄️ Xalqaro IT-sertifikatlarga kompensatsiya oluvchilar soni keskin oshdi

📈 Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan boʻlsa, joriy yil birinchi chorakning oʻzidayoq bu koʻrsatgich 122 nafarga yetdi.

📍Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT-sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelmoqda.

💬 Eng quvonarli jihati, 2024-yilda kompensatsiya olgan qizlarning ulushi 13% ni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil soʻnggi 3 oyining oʻzidayoq ushbu koʻrsatgich 41% ga yetgan.

👨‍💻 Action pro, Sensorika, Uzcorp oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 3 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

👉 Xalqaro IT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro IT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129👌6🔥4🤩1💯1
#infografika #malumotnomalar

☝🏻 Shaxsiy ma’lumotlar — bu Sizning raqamli dunyodagi kalitingiz!

Undan to‘g‘ri foydalansangiz, o‘zingiz va oilangizni turli firibgarliklardan himoyalagan bo‘lasiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116👏6🎉5👌5
#malumotnomalar

❗️“083/h ma’lumotnoma”ni onlayn olsa bo‘ladi

👩‍⚕️Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

🧑‍💻 Shunchaki, my.gov.uz orqali "Sog‘liqni saqlash" bo'limidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish kifoya.

📆 Ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Mutlaqo bepul va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/oz3-Sd_Fo8I?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍139👏10🔥5
#infografika #malumotnomalar

☄️ 2025-yil may oyiga qadar my.gov.uz orqali Kadastr pasportini rasmiylashtirish va davlat ro'yxatidan o'tkazganlar soni +200 mingdan oshdi

🏠 2025-yil may oyiga qadar koʻchmas mulk sohasida 200 538 ta kadastr pasporti va ko'chirmalar rasmiylashtirildi!

📈 Talabning keskin ortishi, avvalo, koʻchmas mulk haqidagi aniq maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, hujjatlarni tez va qulay rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq boʻldi.

📆 2025-yil bugungi kun holatiga koʻra:
💬 163 941 ta kadastr pasporti va ko'chirmalar jismoniy shaxslar tomonidan;
💬 36 597 ta kadastr pasporti va ko'chirmalar yuridik shaxslar uchun rasmiylashtirilgan.

🧑‍💻 Ikkala usul ham fuqarolar manfaati va qulayligi uchun yoʻlga qoʻyilgan.

❗️Kadastr hujjatlarining:
💬140 729 tasi turar joy;
💬 59 809 tasi noturar joy obyektlari uchun rasmiylashtirilgan.

📍Turar-joy obyektlari uchun eng koʻp arizalari yakunlangan hudud — Toshkent viloyati (21 601 ta ), Noturar joy obyektlari boʻyicha esa — Toshkent shahri (7 332 ta pasport) yetakchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👏2👌2
#infografika #malumotnomalar

🟡 Qurilishdagi raqamlar: 2024-yilda nimalar o‘zgardi?

💬 O‘tgan 2024-yil davomida mamlakatimiz qurilish sohasida faol o‘zgarishlar va yangilanishlar kuzatildi.

🌐 Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi sohadagi davlat xizmatlarining samaradorligi va shaffofligini sezilarli darajada oshirdi.

🏢 Jami 30 000 dan ortiq bino va inshootlarning ixtisoslashuvini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar berildi!

👁Shundan:
13 000 dan ortiq ruxsatnoma bino va inshootlarning qayta ixtisoslashuvi (turar joydan noturar joyga yoki aksincha) uchun;

10 000 dan ortiq ruxsatnoma bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun;

8 000 dan ortiq ruxsatnoma ixtisoslashuvni o‘zgartirish bilan birgalikda rekonstruksiya qilish uchun rasmiylashtirilgan.

👤 Yuqoridagi ruxsatnomalarning 22 921 tasi jismoniy shaxslarga, 8 854 tasi esa yuridik shaxslarga tegishli ob’yektlar uchun berilgan.

📍 Eng faol hudud: Toshkent shahri bo‘lgan - 3 315 ta ruxsatnoma.

📈 Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi tufayli endi ruxsatnoma olish jarayonlari yanada qulay va tezkor bo‘lmoqda!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥1
#malumotnomalar

⚡️ Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar to'plamini onlayn oling!

my.gov.uz dagi "Ma'lumotnomalar" bo'limi orqali ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar to'plami, xususan:

🔸 Foydalanuvchi fotosurati(3x4);
🔸 JSHSHIR berilganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;
🔸 Yashash joyi bo‘yicha maʼlumotnoma;
🔸 Ish tajribasi haqida maʼlumotnoma;
🔸 O‘zini o‘zi band qilganlik haqida maʼlumotnoma;
🔸 Taʼlim muassasasini tugatganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;
🔸 Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag'i haqida maʼlumotnoma;
🔸 Imkoniyati cheklangan shaxs haqida maʼlumotnomalarni bepul va tezda yuklab olishingiz mumkin.

Shuningdek,
🔸 Narkologiya bo‘yicha dispanserdan maʼlumotnoma;
🔸 Ruhiy kasalliklar dispanseridan maʼlumotnoma;
🔸 Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida maʼlumotnomalarni belgilangan to'lovni amalga oshirgan holda yuklab olishingiz mumkin.

📱Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍77🔥8🤩5👌1
#infografika #malumotnomalar

📈 O'zbekistonda qurilish sur'atlari sezilarli darajada oshmoqda!

👷🏼 O'tgan 2024-yil davomida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan 16 000 dan ortiq bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun my.gov.uz orqali onlayn ruxsat berildi.

Qanday ishlaydi?

🏗 Obyektlar ro'yxatdan o'tkazilgach, maxsus ko'chirma taqdim etiladi. Aynan shu ko'chirma qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Jarayon davomida esa Inspeksiya inspektorlari obyektning shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilishi ustidan qat'iy nazorat olib borishadi. Bu esa qurilayotgan bino va inshootlarning sifatli va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi.

Kimlar faolroq?

🚧 Ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlarning 10 361 tasi esa yuridik shaxslar, ya'ni kompaniyalar va tashkilotlarga tegishli obyektlar hisoblanadi, 5 873 tasi esa jismoniy shaxslarga tegishli.

Eng faol hudud qaysi?

🔔Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlar soni bo'yicha Toshkent shahri yetakchi bo'ldi — poytaxtda 2 403 ta obyektda qurilish boshlangan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63
#infografika #malumotnomalar

📈 Taʼlim sohasidagi xizmatlar raqamlarda — 3,2 milliondan ortiq onlayn arizalar!

📆 Oʻtgan davr mobaynida taʼlim sohasiga oid xizmatlar boʻyicha 3,2 milliondan ortiq murojaat qayd etildi!

📁 Jami murojaatlarning 2,4 milliondan ortigʻi my.gov.uz portali orqali amalga oshirilgan.
765 mingdan ortiq murojaat esa mobil ilova orqali qilingan!

❗️Eng faol hududlar reytingida:

Samarqand viloyati – 379 mingdan ortiq murojaat bilan yetakchi!
Shuningdek, Fargʻona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shahrida ham ko'rsatkichlar yuqori.

👨‍💻 Bu raqamlar nafaqat shaharlar, balki hududlarda ham raqamli savodxonlik va onlayn xizmatlarga boʻlgan ishonch oshib borayotganidan dalolat!

📱 Portal orqali taʼlimga oid koʻplab xizmatlar, masalan, oʻqishga kirishga hujjat topshirish, diplom dublikatini olish, stipendiya maʼlumotlarini tekshirish va boshqalar tez, shaffof va byurokratik to'siqlarsiz amalga oshirilmoqda. Bu esa yoshlarning taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiryapti.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51👏3💯3🐳2🔥1
#infografika #malumotnomalar

❗️Xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlar soni ortmoqda!

☄️ O'zbekistonda xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarimiz soni jadal oshib bormoqda! Bu nafaqat ularning shaxsiy yutuqlari, balki yangi kasblarga bo'lgan qiziqish, xorijda taʼlim olish va xalqaro maydonda oʻz salohiyatini namoyon etish istagining yorqin ifodasidir.

💰 Davlatimiz tomonidan imtihon xarajatlarining my.gov.uz orqali qulay va onlayn tartibda qoplab berilishi esa yoshlarimizga yanada kuchli rag‘bat bo'lmoqda.

📊 2025-yilning yanvar-iyul oylari statistikasi:

💬 Хalqaro imtihonlar uchun jami 14 300 ta ariza topshirilgan.
💬 IELTS eng talabgir imtihonga aylandi – 6 839 nafar yoshlarning xarajati qoplab berildi!
💬 Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi boʻlib, 2 810 ta ariza uchun imtihon xarajatlari qoplangan.
💬 Imtihon xarajatlarini qoplash uchun 6 milliard 449 million soʻm mablagʻ ajratildi!

IELTS'dan tashqari, TORFL/ТРКИga – 714 ta, TOEFL iBTga – 24 ta talabgorning xarajatlari ham qoplab berildi.

Siz ham xalqaro imtihonlarda o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Yoki imtihon xarajatlaringizni qoplatish uchun murojaat qilmoqchisiz?


👉 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/413

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🔥11💯3🤩2🐳2