my.gov.uz
224K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.53K links
Download Telegram
#talim

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 23–25-dekabr kunlari my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

imtihonning yozma qismi — 19-yanvar kuni;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-15

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️Oʻzbekistonda xalqaro imtihonlarga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda

👨‍🏫 Ayniqsa, yoshlar xorijda ta’lim olishni, zamonaviy kasblarni o'rganishni istashmoqda. Davlatimiz ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash imkoniyatini yaratmoqda.

📈 2024-yil statistikasi:

Xalqaro imtihonlar uchun jami 24 534 ta ariza topshirilgan boʻlib, bu 2023-yilga nisbatan 10% oʻsishni koʻrsatadi.

Bunda IELTS eng talabgir imtihonga aylandi – 14 782 ta ariza kelib tushdi. Shundan 11421 tasi davlat tomonidan moliyalashtirildi.

Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi boʻldi: 5043 ta arizachiga xarajatlar qoplab berildi. Imtihon xarajatlarini qoplash uchun 10 milliard 596 million soʻm mablagʻ ajratildi.

IELTS'dan tashqari, TORFL/ТРКИga – 5774 ta, TOEFL iBTga – 293 ta ariza topshirildi.

Akademik imtihonlarga ham talab yuqori bo'ldi: SATga – 2922 ta, GREga – 54 ta, GMATga – 36 ta ariza kelib tushdi.

Osiyo tillari boʻyicha imtihonlar (TOPIK, HSK, JLPT) ham oʻz oʻrniga ega boʻlib, jami 235 ta arizani tashkil etdi.

💬 Muvaffaqiyatli yoshlar safiga siz ham qo‘shiling!

📱 Хizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/413

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️ Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

🔔 Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini olish tartibi bilan tanishing

❗️Endi maktab shahodatnomasi ma’lumotini olish yanada osonlashdi!

🪪 Agar siz maktabni 2022-2023-o‘quv yilida yoki undan keyin tamomlagan bo‘lsangiz, my.gov.uz portali orqali umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini bir necha daqiqada onlayn olishingiz mumkin.

Xizmat avtomatik ravishda, bepul ko‘rsatiladi!

👨‍💻 Umumiy o‘rta ta’limni avvalroq bitirganlar esa my.gov.uz dagi "Shahodatnoma dublikatini olish" xizmatidan foydalanishlari mumkin.

▶️ Videoqo‘llanmada har bir bosqich sodda va aniq tushuntirilgan:

https://www.youtube.com/watch?v=IQ8AwVm_89E

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlar my.gov.uz'da❗️

💻 Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

📆 Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.

🪪 Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan elektron ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilganidan so‘ng ushbu xizmatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

▶️https://youtube.com/shorts/Gw6oO37FZKU?si=T6qgFP-mM54LSzeT

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

Diplom ma’lumotlaringiz xatomi yoki tizimda umuman ko‘rinmayaptimi? Xavotirga o‘rin yo‘q!

💻 Chunki oliy ta’lim diplomingiz ma’lumotlarini my.gov.uz orqali onlayn qo‘shish yoki tahrirlashingiz mumkin!

Qanday qilib deysizmi? Videoqo‘llanmada batafsil tushuntirilgan.

❗️Unutmang! Xizmatdan foydalanish – BEPUL! Arizangiz esa 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

📱 my.gov.uz – raqamli xizmatlarning yangi davri!

▶️ https://youtu.be/KeWUvonSgf8?si=hPfLaVUjTiSlsHyJ

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

❗️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #malumotnomalar #talim

☄️ Xalqaro IT-sertifikatlarga kompensatsiya oluvchilar soni keskin oshdi

📈 Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan boʻlsa, joriy yil birinchi chorakning oʻzidayoq bu koʻrsatgich 122 nafarga yetdi.

📍Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT-sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelmoqda.

💬 Eng quvonarli jihati, 2024-yilda kompensatsiya olgan qizlarning ulushi 13% ni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil soʻnggi 3 oyining oʻzidayoq ushbu koʻrsatgich 41% ga yetgan.

👨‍💻 Action pro, Sensorika, Uzcorp oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 3 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

👉 Xalqaro IT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro IT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM