This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar
Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichiga start beriladi
Joriy yilning 10-13-dekabr kunlari Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Bellashuvlar turli sport turlari boʻyicha quyidagi manzillarda tashkil etiladi:
✅Qarshi davlat universitetida — mini-futbol, stritbol, stol tennisi;
✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida — voleybol;
✅Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida — voleybol va yengil atletika;
✅Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida — stritbol.
Musobaqalar yuqori saviyada oʻtishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Xabaringiz bor joriy yilning 2-8 dekabr kunlari Mo'g'uliston davlatining Ulan-Bator shahrida Kurash bo'yicha Yoshlar va o'smirlar o'rtasida IX, faxriylar o'rtasida III jahon chempionati bo'lib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoa kurashchilari jami 72 ta medal ( 30 ta oltin, 30 ta kumush, 12 ta bronza) qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.
Bugun Islom Karimov nomidagi Xalqaro airoportda kurashchilar tantanali kutib olindi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'zbekiston terma jamoa kurashchilari jami 72 ta medal ( 30 ta oltin, 30 ta kumush, 12 ta bronza) qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.
Bugun Islom Karimov nomidagi Xalqaro airoportda kurashchilar tantanali kutib olindi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda ilk bor parakarate bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
Karate WKF assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan O’zbekiston chempionatida 16 nafar parasportchi ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, bugun yurtimizning har bir hududida parakarate bilan shug’ullanish imkoniyati bor. Mashg’ulotlarni maxsus sertifikatga ega murabbiylar olib borishadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Karate WKF assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan O’zbekiston chempionatida 16 nafar parasportchi ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, bugun yurtimizning har bir hududida parakarate bilan shug’ullanish imkoniyati bor. Mashg’ulotlarni maxsus sertifikatga ega murabbiylar olib borishadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live
Ayni daqiqalarda Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilayotgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Maktabgacha va maktab talimi vaziri Xilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, markaziy studiya va 208 ta tuman (shahar)lardagi studiyalardan 10 mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, Sport maktablarining direktorlari hamda sport murabbiylari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda joriy yilning 7-noyabr kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishish chog‘ida berilgan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan bugungi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarori qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni rivojlantirish borasida yangi bosqichni boshlab berganligi ta’kidlab o‘tildi.
Videoselektor yig‘ilishida Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Xususan, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tarkibiga mahoratli sportchilarni jalb etish, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibini ishlab chiqish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktab sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini ishlab chiqish, maktablarda o‘quvchilarning sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarning sport bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimini joriy etish, sport turlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan o‘quvchilardan iborat jamoalarni shakllantirgan holda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash kabi dolzarb masalalar tahlil qilindi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respuikasi hamda viloyat studiyalaridan ishtirok etgan mas’ullar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezidentimiz qarorlari ijrosini uyushqoqlik bilan tashkil etish borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.