Sport vazirligi
14.5K subscribers
41.8K photos
3.53K videos
41 files
16.2K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsportuz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: [email protected]

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
World Ability Sport-2024 yoshlar o'yinlarida tengsiz bo'lgan para atletlarimiz tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, 1-7 dekabr kunlari Tailandning Nakxon Ratchasima shahrida World Abilitysport-2024 yoshlar o‘yinlari o‘tkazildi.

Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 72 ta medal qo‘lga kiritgan holda, 18 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan yosh paralimpiyachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida o'tkazilgan tantanali kutib olish tadbirida ishtirok etganlar para sportchilarimizni nufuzli musobaqadagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ularning kelgusi faoliyatlariga omad tilashdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

 “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasida "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, huquq tartibot idoralari xodimlari va sport maktablari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida sport boshqarmasi boshlig‘i   N. Hakimovning korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'ruzasi tinglandi.

Viloyat prokurori katta yordamchisi A.Latipov esa Jinoyat kodeksiga sportda korrupsiya, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish maqsadida kiritilgan o‘zgarishlar, korrupsiyaviy jinoyatlar va ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha ma'ruza qildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar olishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Sport vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya doirasida Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik boʻyicha quyi komissiyaning videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Mixail Degtyarev hamda quyi komissiya a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ikki davlat sportchilarining O‘zbekiston va Rossiyada o‘tkaziladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi, universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish, sport sinovlarini o'tkazish bo‘yicha tajriba almashish, “Kelajak o‘yinlari” xalqaro fidjital turnirini tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube