Sport vazirligi
15.2K subscribers
45.8K photos
3.75K videos
41 files
17.1K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsport.uz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: [email protected]

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
#fotoreportaj

Poytaxtimizdagi “Magic City” bog‘ida oʻtkazilgan bolalar uchun an’anaviy “Kids Run” yugurish musobaqasidan yorqin fotosuratlar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati doirasida Adjariya Avtonom Respublikasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Adkham Ikramov Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati doirasida Gruziyaning Adjariya Avtonom Respublikasi Hukumati raisi Sulkhan Tamazashvili, Adjariya Ta’lim va sport vaziri Maia Khajishvili hamda Batumi meri Archil Chikovani bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Gruziyaning dengizga chiqish darvozasi hisoblanuvchi Adjariya Avtonom Respublikasining iqtisodiy salohiyati yuqori hisoblanadi. Ayniqsa Avtonom Respublikada turizm va sport sohalari keng rivojlangan.

Uchrashuv davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida sport va turizm sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, bu borada o‘zaro tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati doirasida Sport vaziri, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Adkham Ikramov Gruziya Sport vaziri Shalva Gogoladze hamrohligida Batumidagi "Ice skating rink" majmuasiga ham tashrif buyurdi.

Qishgi sport turlariga mo‘ljallangan ushbu majmuaga tashrif davomida innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda energiya tejovchi materiallardan foydalanib, shu kabi zamonaviy muz saroylarini bunyod etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Buxoroda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining shahar bosqichi o‘tkazilmoqda

Bugun Buxoro tumanidagi 28803-sonli harbiy qism hududida mahalla yoshlari o‘rtasida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari B. Adilov, Buxoro shahar hokimi Q. Tursunov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i U.Nadjimidinov, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati  boshqarmasi boshlig'i Sh. Rahmonovlar ishtirok etishdi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar harbiy-jismoniy tayyorgarlik, kuch, chaqqonlik va jamoaviylikni sinovdan o‘tkazadigan 7 ta sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.

Tadbir yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda jismoniy va ma’naviy yetuk shaxslar sifatida shakllantirishga qaratilgan.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube