FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.71K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Қарши шаҳрида халқ депутатлари Қашқадарё вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этмоқда.
Давлатимиз раҳбари ҳозирги таҳликали замонда ички имкониятларга таяниш ва уларни самарали ишга солиш зарурлигини таъкидлади.
Сессияда Қашқадарё вилояти ҳокимини тасдиқлаш масаласи кўрилди.

В городе Карши проходит внеочередная сессия Кашкадарьинского областного кенгаша народных депутатов. В ней принимает участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.
Глава государства подчеркнул необходимость опираться на внутренние возможности и эффективно их использовать в нынешнее непростое время.
На сессии рассмотрен вопрос об утверждении хокима Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from markaz16
⚡️ ⚡️24-25 апрель кунлари Ўзбекистоннинг тоғ олди ва тоғли ҳудудларида сел келиши хавфи мавжуд.

Сел хавфи бўлганда зарур ҳаракатлар бўйича тавсиялар:

сел оқимларидан фақат қочиб қутилиш мумкин. Сел хавфи тўғрисида ҳабар эшитгандан сўнг дархол хавфсиз жойга кўчиш ҳаракатларини қилиш керак. Сел оқимининг тез фурсатда шаклланиши, унинг тезлигини ҳисобга олган ҳолда, хабар тарқатиш ва муҳофаза тадбирларини бажариш учун вақт жуда чегараланганлигини (бир неча дақиқадан 10-20 дақиқагача бўлиши мумкин) доимо ёдда тутиш лозим;

сел оқимидан халос бўлишнинг иложи бўлмаса, баландроқ тепалик устига, дарахтга ёки бирор баланд мосламалар устига чиқиш керак. Одатда сел 3-5 соат давом этиши мумкин;

сел оқими ўтгандан сўнг девор ва устунларнинг ҳолатини, газ, электр ва сув таъминотининг созлигини текшириш зарур.

📲 Каналга уланиш: @MARKAZ16Uz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha "Qamchiq" dovonida joylashgan “Ertoshsoy” ko‘prigida FVV “Qamchiq” MQYoQ boshqarmasi tomonidan FVDTga kiruvchi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda obyekt FM tuzilmalarining hududiy FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 24-25 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo'rg'on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg'ona viloyati: So'x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo'jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида иштирок этди.
Ҳудуддаги долзарб масалалар ва уларни ҳал этиш йўллари кўрсатиб ўтилди.
Жорий йилда Қашқадарёда ижтимоий соҳа ва инфратузилмани яхшилаш учун республика бюджетидан қўшимча 360 миллиард сўм ажратилиши таъкидланди. 2022-2023 йилларга мўлжалланган умумий қиймати 14,7 триллион сўм бўлган 270 та саноат лойиҳалари дастури шакллантирилгани маълум қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие во внеочередной сессии Кашкадарьинского областного кенгаша.
Отмечены актуальные вопросы развития региона, определены пути их решения.
В этом году из республиканского бюджета на улучшение социальной сферы и инфраструктуры в Кашкадарье будет выделено дополнительно 360 миллиардов сумов. Сформирована программа на 2022-2023 годы, состоящая из 270 промышленных проектов на сумму 14,7 триллиона сумов.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Xalq so‘zi” gazetasining 2022-yil 13-aprel 76-sonida e'lon qilingan “Daryoning uvoli urmasin!” nomli maqolaga MUNOSABAT

“Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi ushbu maqolada ba'zi faktlar to‘liq o‘rganilmasdan, bir yoqlama bayon etilganini ma'lum qiladi. Xususan, maqolada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida tashkil etilgan “Xavfsiz daryo” DUKga qo‘yilgan ayblovga to‘xtalamiz.
Ayni shu e'tiroz bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, “Xavfsiz daryo” DUKda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 3-mart sanasi bilan yo‘llagan 02/358-sonli xulosasi mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 981-son qarorida mas'ul tashkilotlarning vakolat va majburiyatlari belgilab berilgan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasiga ko‘ra, “Daryolar o‘zanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash sxemasi”ga asosan jarayon 13 bosqichda amalga oshirish belgilangan.
Bundan xulosa qilish kerakki, yuqoridagi Qarorga asosan ushbu jarayonga bir nechta vazirlik va idoralar qaror ijrosiga mas'uldirlar. Tadbirkorlarning daryo o‘zanlaridan qum-shag‘allarni qazib olish jarayonini Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan Davlat ekologik ekspertiza xulosasi asosida qo‘mitaning hududiy boshqarmalari nazorat qilib boradi. Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi qarori bilan daryo o‘zanlaridagi qum-shag‘allarni qazib olish va tozalash faqat onlayn-auksion orqali berilishi belgilab qo‘yilgan.
2019-yilgacha esa, daryo o‘zanlari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladigan litsenziya orqali amalga oshirilgan. Tadbirkorlarga berilgan litsenziyalar orasida muddat 2024, 2030-yilgacha hatto, 2050-yilgacha etib belgilanganlari ham mavjud.
Chirchiq daryosi o‘zanidagi qum-shag‘allarni qazib olish va tozalash bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning taxminan 65 foizi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda.
Mavjud qonunlarga asosan, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatini “Xavfsiz daryo” DUK nazorat qilish vakolatiga ega emas.
Daryo o‘zanlaridan qum-shag‘allarni qazib olayotgan subyektlar 2 toifaga bo‘linadi:
1. Litsenziya asosida foydali qazilmalarni qazish ishlari bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
2. Daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun elektron-onlayn auksion savdo maydonchasi orqali g‘olib deb topilgan tadbirkorlik suyektlari hamda hech qanday ruxsatnomaga ega bo‘lmagan (noqonuniy) daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al qazib olayotganlar – Ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.
“Xalq so‘zi” gazetasida “Daryoning uvoli urmasin!” nomli maqolada berilgan tanqidiy fikrlar esa yuqoridagi keltirilgan barcha toifa subyektlar faoliyatini nazorat qilish “Xavfsiz daryo” DUKga yuklab qo‘yilgan. Bu esa muxbirning mavzuni to‘liq o‘rganmasdan, bir tomonlama yondoshganini anglatadi.
Raqamlarga e'tibor qiladigan bo‘lsak, muxbir Shodiyor Mutaharov bayon etgan uzunligi 155 km.dan iborat Chirchiq daryosining 62,7 km. hududida ishlayotgan 65 nafar tadbikorlik subyektlariga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi litsenziyalar rasmiylashtirib bergan.
Atigi 25,7 km. maydonda daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olayotgan 24 ta tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-noyabrdagi PQ-4518-son Qarori hamda Hukumatning tegishli qaror va bayonnomalari asosida istisno tariqasida “Xavfsiz daryo” DUK bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqi uchun shartnoma imzolangan.
“Xavfsiz daryo” DUK mazkur 24 ta tadbirkorlik subyektlarining faqatgina shartnoma talablarini bajarishini nazorat qiladigan bo‘lsa, Davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablarining bajarilishini nazorat qilish ekologiya organlariga yuklatilgan.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashg‘ulotlari

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"Yosh qutqaruvchi" sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Bugun, 23-aprel kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi "Metallurg" o‘yingohida umumta'lim hamda kasb-xunar ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram