FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.71K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
G‘ovvoslar amaliy va nazariy sinovlardan o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi G‘avvoslarining kasbiy malakasini tasdiqlash komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Suvda-qutqaruv guruhlari g‘avvos-qutqaruvchilari yoz mavsumi oldidan g‘ovvoslik ishlari va sho‘ng‘ishlarni bajarishda mutaxassisligi va mehnat xavfsizligi talablari bo‘yicha, suv ostida mustaqil ishlashga, g‘ovvoslik ishlari hamda sho‘ng‘ishlariga rahbarlik qilishga ruxsat berish yo‘nalishlarida amaliy va nazariy sinovlar qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xabaringiz bor joriy yilning 14-17 aprel kunlari Termiz shahrida “Yong’in o’chirish amaliy sporti bo’yicha” respublika birinchiligi o’tkazilgan edi.

Unda Qashqadaryo viloyati FVB qizlar jamoasi birinchi o’ringa munosib topilib, respublika kubogini qo’lga kiritishdi.

Shu munosabat bilan kuni kecha Qashqadaryo viloyati FVB rahbariyati viloyat sharafini munosib himoya qila olgan qizlar jamoasini yana bir bor tabriklab, qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qodirov Nurali Usmonaliyevichning Sariosiyo tumanidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob oldilar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir so‘nggida faol yoshlarga 100 dan ortiq kitob hamda estalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макронни ушбу мамлакатда бўлиб ўтган Президент сайловида ғалаба қозонгани билан табриклади.

"Аминманки, давлатларимиз ўртасидаги ўзаро ҳурмат ва ишонч руҳидаги узоқ муддатли ҳамкорлик муносабатлари биргаликдаги саъй-ҳаракатларимиз ва интилишларимиз орқали халқларимиз фаровонлиги йўлида изчил ривожланиб бораверади", дейилади, жумладан, давлатимиз раҳбарининг мактубида.


Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Французской Республики Эммануэля Макрона с победой на президентских выборах, состоявшихся в этой стране.

"Уверен, что благодаря нашим совместным усилиям долгосрочное сотрудничество между нашими государствами, основанное на взаимном уважении и доверии, будет и впредь развиваться во благо наших народов", говорится, в частности, в послании главы нашего государства.

#Mirziyoyev #qutlov #Fransiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
FVV qutqaruvchilari tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisiga amaliy yordam ko‘rsatildi

Kecha, 24-aprel kuni soat taxminan 21:10 larda Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Boymirzayev” qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik natijasida ushbu hududdan oqib o‘tuvchi "Parkent" kanaliga suv sig‘may avtomobil yo‘liga toshib chiqqan. Kuchli oqim natijasida yo‘ldagi “Cobalt” rusumli avtomobilni surib yo‘lning chetiga chiqarib yuborganligi, avtomobil ichida 4 nafar fuqaro borligi haqida ma'lumot kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati FVB Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan va olib borilgan tezkor amaliy harakatlar natijasida avtomobil hamda uning ichida bo‘lgan 4 nafar fuqaro qutqarilib, xavfsiz hududga olib chiqildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Bugun, 25-aprel kuni soat 08:53 da Buxoro viloyati Buxoro shahar “Varaxsha” MFY Alpomish ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:08 batamom o‘chirilgan.

Hodisa natijasida yashash uyining 18 m.kv maydonda tom osti qurilmalari va qisman ichki jihozlari yongan. Sodir bo‘lgan yong‘indan uy egasi M.G qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolindi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun, 25-aprel kuni Kasaba uyushmasi tashkilotlari Namangan viloyati birlashmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Viloyat aholisi orasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari hamda ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda, boshqarma boshlig‘i general-mayor Qosimali Axmedov ishtirok etib, viloyat hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi belgilangan asosiy vazifalar bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Беларусь Республикаси Бош вазири Роман Головченкони қабул қилди.
2019 йил август ойида Беларусга қилинган олий даражадаги ташрифда эришилган келишув ва битимларни амалга ошириш масалалари кўриб чиқилди.
Машинасозлик, электротехника, фармацевтика, тўқимачилик ва озиқ-овқат саноатида, қишлоқ хўжалиги ва туризм соҳаларида қўшма лойиҳаларни илгари суриш муҳимлиги қайд этилди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял Премьер-министра Республики Беларусь Романа Головченко.
Рассмотрены вопросы реализации договоренностей и соглашений, принятых в ходе визита на высшем уровне в Беларусь в августе 2019 года.
Подчеркнута важность продвижения совместных проектов в машиностроении, электротехнической отрасли, фармацевтике, текстильной и пищевой промышленности, аграрном комплексе и туристском секторе.

#Mirziyoyev #qabul #Belarus #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter