FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.2K subscribers
24.3K photos
3.96K videos
10 files
9.81K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Kecha, 27 sentyabr kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Mintaqaviy qutqaruv otryadining mavjud imkoniyatlari bilan tanishuv” mavzusida jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi.

Amaliy ko‘rgazma shaklida o‘tkazilgan tadbirda mehmonlar qutqaruv otryadi tomonidan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda qidiruv-qutqaruv ishlarida foydalaniladigan maxsus asbob-anjomlar, texnikalar hamda qutqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (☆☆☆ℱ☆☆☆)
#rasmiy_malumot

Paxtakor tumanida sodir boʻlgan yongʻin to'g'risida maʼlumot
Bugun 28-sentyabr kuni soat 10:20 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor boshqaruv markaziga Paxtakor tumani “Paxtakor” QFYda joylashgan ikki qavatli uyning tom qismida kuchli yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi. Darhol yongʻin joyiga 4 ta yongʻin boʻlinmasi hamda 26 nafar shaxsiy tarkib chiqarildi. Qutqaruvchilar tomonidan 4 ta xonadonda evakuatsiya ishlari tashkil etilib, yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borildi. Hozirda yongʻin toʻliq bartaraf etilib, yongʻindan keyingi ishlar amalga oshirilmoqda. Jabrlanganlar yoʻq.
Yong'in sababi va ko'rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jizzax viloyati FVB Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayni paytda Angren shahridagi ko‘p qavatli uyning tomi yonmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 12:42 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahar 4-dahada joylashgan to‘rt qavatli 11-uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon texnikasi soat 12:48 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:30 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 200-250 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятининг Бағдод туманидаги Гулистон маҳалласида амалга оширилган бунёдкорлик ишлари билан танишди.
Давлатимиз раҳбари маҳалладаги янги уйлардан бирига кўчиб келган Абдуқаҳҳор ота ва Ойзода ая хонадонида бўлди. Улар тўрт фарзандни тарбиялаб, вояга етказган. Кўпни кўрган бу инсонлар билан ёшлар тарбияси, бугунги таълим ва тадбиркорлик имкониятлари, тинчлик ва шукроналикнинг аҳамияти ҳақида самимий суҳбат бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой в махалле Гулистон Багдадского района Ферганской области.
Глава государства побывал в доме Абдукаххора-ота и Ойзода-ая, переехавших в один из новых домов в махалле. Состоялась искренняя беседа о воспитании молодежи, нынешних возможностях для получения образования и занятия предпринимательством, ценности мира и спокойствия.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bugun, 28 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi binosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda "Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Batafsil👇 https://www.facebook.com/uzreport.tv/videos/4316321748475513

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"Зил-130" русумли юк автомашинасида содир бўлган ёнғин бўйича маълумот

Бугун, 28 сентябрь куни соат 15:38 да Самарқанд тумани “Хишрав -1” МФЙда жойлашган “Давлатбек 95” МЧЖ ҳудудида “Зил-130” русумли юк автомашинасининг мотор қисми ёнаётганлиги тўғрисида хабар келиб тушган.

Хабарга кўра,1та ёнғин ўчириш экипажи соат 15:48 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 15:50 да қуршаб олинган ва соат 16:01 да тўлиқ бартараф этилган.

Ҳодиса оқибатида ҳалок бўлган ва жабрланганлар йўқ.

Ҳозирда ёнғин сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandFVB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Mening boshqarmam jinoyatdan xoli hudud” g‘oyasi asosida “Poraxo‘rlik-eng yomon illat” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qashqadaryoda “Lasetti” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi

Bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Mustaqilik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Lasseti” rusumli avtomobilning gaz balonida yorilishi yuzaga keldi.

Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Ma'lumot uchun avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi.

Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa'tiy rioya etishlarini so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi niyatlik o‘yinqaroq qutqarildi

Joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 16:33 da Farg‘ona viloyati FVBga Farg‘ona tumani “Vodil” qishlog‘i Yaxshi niyat ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida istiqomat qiluvchi fuqaro bir yarim yoshli o‘yinqaroq bolakayning oyog‘i yomg‘ir suvlari uchun mo‘ljallangan suv quvuriga kirib, qisilib qolganligini ma'lum qilib, bolani qutqarishda amaliy yordam so‘ragan.

Shunga ko‘ra, viloyat FVB qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi voqea joyiga yetib borib, shifokorlar bilan hamkorlikda maxsus asbob-anjomlar yordamida bir yarim yoshli Muhammadali ismli bolajonning oyog‘ini ehtiyotkorlik bilan quvurdan chiqarib oldilar va sog‘-salomat holda ota-onasiga topshirdilar.

Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram