FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.2K subscribers
24.3K photos
3.96K videos
10 files
9.81K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 29.09.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 12:46 da (29.09.2021 yil, Grinvich bo'yicha 07:46 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 73,37 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,7. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 349 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Xonobod tumanida 3-4 ball, 36 km.
Qo'rgontepa tumanida 3 ball, 52 km.
Jalaquduq tumanida 2-3 ball, 71 km.
Xo'jaobod tumanida 2-3 ball, 79 km.
Andijon tumanida 2-3 ball, 80 km.
Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 81 km.
Buloqboshi tumanida 2 ball, 89 km.
Andijon shahrida 2 ball, 90 km.
Izboskan tumanida 2 ball, 94 km.
-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает: 29.09.2021 года, по Ташкентскому времени в 12:46 (29.09.2021 года, 07:46 по Гринвичу) в Кыргызстане произошло землетрясение. Координаты землетрясения: 41,03 градусов северной широты; 73,37 градусов восточной долготы. Магнитуда М=4,7. Глубина 5 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 349 км в юго-восточном направлении.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
Ханабадский район: 3-4 балла, 36 км.
Кургантепинский район: 3 балла, 52 км.
Джалакудукский район: 2-3 балла, 71 км.
Ходжаабадкий район: 2-3 балла, 79 км.
Андижанский район: 2-3 балла, 80 км.
Пахтаабадкий район: 2-3 балла, 81 км.
Булакбашинский район: 2 балла, 89 км.
город Андижан: 2 балла, 90 км.
Избасканский район: 2 балла, 94 км.
-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
https://smrm.uz/
-------------
Kanalimizga qo'shiling:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEmVUN9featEd1PJCQ
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 29.09.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 17:41 da (29.09.2021 yil, Grinvich bo'yicha 12:41 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,3. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 246 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Farg'ona tumanida 4 ball, 14 km.
Quvasoy shahrida 3-4 ball, 24 km.
Farg'ona shahrida 3-4 ball, 25 km.
Marg'ilon shahrida 3 ball, 33 km.
Oltiariq tumanida 3 ball, 38 km.
Toshloq tumanida 2-3 ball, 39 km.
Qo'shtepa tumanida 2-3 ball, 43 km.
Quva tumanida 2-3 ball, 46 km.
Rishton tumanida 2 ball, 52 km.
Yozyovoy tumanida 2 ball, 54 km.
Bag'dod tumanida 2 ball, 59 km.
Bo'ston tumanida 2 ball, 60 km.
So'x tumanida 2 ball, 60 km.
Marhamat tumanida 2 ball, 61 km.
-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает: 29.09.2021 года, по Ташкентскому времени в 17:41 (29.09.2021 года, 12:41 по Гринвичу) в Кыргызстане произошло землетрясение. Координаты землетрясения: 40,16 градусов северной широты; 71,75 градусов восточной долготы. Магнитуда М=4,3. Глубина 5 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 246 км в юго-восточном направлении.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
Ферганский район: 4 балла, 14 км.
город Кувасай: 3-4 балла, 24 км.
город Фергана: 3-4 балла, 25 км.
город Маргилан: 3 балла, 33 км.
Алтыарыкский район: 3 балла, 38 км.
Ташлакский район: 2-3 балла, 39 км.
Куштепинский район: 2-3 балла, 43 км.
Кувынский район: 2-3 балла, 46 км.
Риштанский район: 2 балла, 52 км.
Язьяванский район: 2 балла, 54 км.
Багдадский район: 2 балла, 59 км.
Бустанский район: 2 балла, 60 км.
Сохский район: 2 балла, 60 км.
Мархаматский район: 2 балла, 61 км.
-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
https://smrm.uz/
-------------
Kanalimizga qo'shiling:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEmVUN9featEd1PJCQ
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha ma’lumot

Bugun, 29 sentabr kuni soat 17:55da Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Galabek” MFY Galabek ko‘chasida joylashgan xonadonning molxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Qisqa vaqt ichida 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:05da yetib borib, yong‘in soat 18:15da qurshab olingan va soat 18:30 da batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida molxonaning 80 kv.m. maydonda tom qismi va ichidagi somon yem xashaklari yonib zararlangan, Yong‘indan imoratlarining 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan, uy xayvonlariga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.
“Tilga e'tibor – elga e'tibor” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi

21-oktyabr sanasida yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ushbu bayramga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan bo‘lib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham davlat tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda “Tilga e'tibor – elga e'tibor” mavzusida kitoblar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur kitoblar ko‘rgazmasiga boshqarma rahbariyati, murabbiylar kengashi, boshqarma, hududiy bo‘lim va bo‘linma hamda tarkibiy tuzilmalarining 300 nafardan ortiq shaxsiy tarkibi jalb etildi.
Ko‘rgazmani boshqarma boshlig‘i general-mayor R.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ahamiyatiga to‘xtaldi va boshqarma tizimida O‘zbek tili bayrami kunini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILING!!!
——————-
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
СОБЛЮДАЙТЕ ПРАВИЛА ПОЖАРНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jar yoqasidan qutqarildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni bir guruh fuqarolar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga dam olish maqsadida boradilar. Uyga qaytayotgan vaqtda avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotadi va avtotransport jarlik tomon harakatlanib, qiyalikda turib qoladi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, otryad qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarga zarur amaliy yordam ko‘rsatdilar va qiyalikdagi avtomobil yuqoriga olib chiqildi.

Vaziyat oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xavfsizlik, mas'uliyat va targ‘ibot: Forish tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi

So‘nggi vaqtlarda transport vositalarida ro‘y berayotgan ko‘ngilsiz hodisalar – yong‘in va portlashlar haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uchramoqda. Bu kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda hududlarda targ‘ibot tadbirlari hamda maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etilmoqda.

Xususan, kuni kecha Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida ham ayni shu maqsadda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda maskan ishchilari, tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari va boshqa tezkor xizmatlar vakillari ishtirok etishdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Seysmik xavfsizlikni ta'minlash qonun bilan tartibga solinadi

Bugun, 30-sentyabr kuni Andijon tibbiyot instituti majlislar zalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi va Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 13-sentyabrdagi O‘RQ 713-son Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Shaxrixon tumanidagi savdo markazida yong‘in bartaraf etilmoqda

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:34 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Shaxrixon tumanida joylashgan ikki qavatli “Super market”ning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ayni vaqtda voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va savdo markazida bo‘lgan fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Shaxrixon tumanidagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:34 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Shaxrixon tumanida joylashgan ikki qavatli “Super market”ning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:40 da yetib borib, yong‘in soat 16:17 da o‘rab olingan va soat 16:29 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram