FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20.1K subscribers
26.7K photos
4.71K videos
10 files
10.9K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
❗️13-Xalqaro “Xavfsizlik va mudofaa. #Xavfsizlik va yong'inga qarshi uskunalar va tizimlar. #Qutqaruv uskunalari va shaxsiy #himoya texnologiyalari – #Securex Uzbekistan 2022” ko’rgazmasigacha bir hafta vaqt qoldi.

Ko'rgazmada siz quyidagilarni topasiz:

▶️ Huquqni himoya qilish organlari uchun eng yangi #harbiy va maxsus mahsulotlar;
▶️ tungi ko'rish asboblari, xavfsizlik va yong'inga qarshi uskunalar, radiatsiya nazorati uskunalari;
▶️ hujjatlar, banknotlar va qimmatli qog'ozlarning haqiqiyligini tekshirish uchun ekspert mahsulotlari;
▶️ keng qamrovli #xavfsizlik uchun mahsulotlar va yechimlar,
▶️ videokuzatuv tizimlari, perimetrni himoya qilish uskunalari, kirishni boshqarish tizimlari va boshqalar.

Shaxsiy beidjingizni shu yerda oling👉 https://bit.ly/Securex_reg_Uz
———————————————————-

❗️Осталась неделя до 13-й Международной выставки «Безопасность и оборона. Оборудование и системы #охраны и пожаротушения. #Спасательное оборудование и технологии индивидуальной #защиты#Securex Uzbekistan 2022».

На выставке вас ждет:

▶️ новейшая продукция #военного и специального назначения для силовых структур;
▶️ приборы ночного видения, охранно-пожарное оборудование, оборудование радиационного контроля;
▶️ экспертные продукты для проверки подлинности документов, денежных знаков и ценных бумаг;
▶️ продукты и решения для обеспечения комплексной #безопасности,
▶️ системы #видеонаблюдения, оборудование для охраны периметра, скуд и многое другое.

Получите свой персональный бейдж по ссылке 👉 https://bit.ly/Securex_reg_Ru
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qutqaruv_jarayoni

“Qamchiq” dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi qutqarildi


Kuni kecha, A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo'lining “Qamchiq” dovoni qismida “Toshkent -Vodiy” yo'nalishida harakatlangan “Honda” avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo'qotib yo'l chetidagi to'siqqa urilishi oqibatida uni kesib o'tgan va kyuvet (xandaq)ga tushib ketganligi to'g'risida "Qamchiq" maxsus-qidiruv, yong'in-qutqaruv boshqarmasiga habar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga Qutqaruv otryadi hamda YPX xodimlari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo'q.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qutqaruv_jarayoni

“Qamchiq” dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchiga FVV xodimlari amaliy yordam ko‘rsatishdi


Bugun, soat 07:08 da A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo'lining “Qamchiq” dovoni qismida “Vodiy-Toshkent ” yo'nalishida harakatlangan “Neksiya-3” rusumli avtomobilning haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo'lning kyuvet (xandaq) qismiga tushib ketganligi to'g'risida "Qamchiq" maxsus-qidiruv, yong'in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga Qutqaruv otryadi hamda YPX xodimlari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan. Avtomobilda haydovchi va uch nafar yo‘lovchi bo‘lishgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X‌‌