Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi
22 subscribers
240 photos
32 videos
1 file
83 links
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov #Qonun_937
XATLOV JARAYONLARI ADOLATLI O‘TKAZILISHI TA’MINLANMOQDA

◼️Xabaringiz bor, ⭐️Kadastr agentligining tasdiqlangan reja-jadvali asosida O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga binoan xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

◼️Kuni kecha 🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Tadjibayev, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev poytaxtning 📍Yangihayot, Olmazor hamda Shayxontohur tumanlaridagi xatlovda bevosita ishtirok etib, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotganini yaqindan o‘rgandilar.

◼️Kadastr xodimlariga xatlov ishlari jarayonida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi.

◼️Xonadon egalariga esa xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun_937 #videomurojaat
VIDEOMUROJAAT MAZMUN-MOHIYATI XODIMLARGA YETKAZILDI

◾️Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan boshlab “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida kadastr muhandislari tomonidan xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

◾️Mazkur jarayonda shaffoflik va adolat tamoyillariga rioya qilish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev videomurojaat bilan chiqqan edi.

◾️Bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tizim xodimlariga ushbu videomurojaat eshittirilib, xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.

🌏 O‘RQ-937-sonli Qonunning adolatli va samarali ijro etilishini ta’minlash rahbariyat nazoratida ekanligi, joylardagi xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli amalga oshirish zarurlgi alohida qayd etildi. Shuningdek, korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

O‘tkazilgan seminarda tuman filial xodimlari masofadan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
KADASTRDA KORRUPSIYASIZ MUHIT SARI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Tadjibayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis T.Yuldashev boshchiligida tizimdagi xodimlar uchun yig‘ilish o‘tkazildi.

◼️Unda 🌏 Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 5-mart kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida" o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha kelgusida qilinadigan vazifalar muhokama qilindi.

◼️Jumladan, kadastr sohasini “korrupsiyadan holi” muhitga aylantirish, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida xodimlarga ko‘rsatmalar berildi.

◼️Shuningdek, korrupsiya illatining huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirilib, O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish, xatlov jarayonida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta'kidlandi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov2025 #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM