Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
SHAYXONTOHUR TUMANIDA PROFILAKTIK TADBIR
🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi J.Shirinov rahbarligidagi Ishchi guruhi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev hamrohligida boshqarmaning 📍 Shayxontohur tumani filialiga tashrif buyurdi.
📃 Unda dastlab har qanday yo‘nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish lozimligi qayd etilib, filial xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonlik darajasi o‘rganildi.
◼️ Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish davomida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, ta’magirlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jarayonga to‘g‘ri va mas'uliyat bilan yondashish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI
◼️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullaridan iborat ishchi guruhi 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📍 Yakkasaroy va Mirobod tumanlari filialiga tashrif buyurdi.
◼️ Unda dastlab boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev kadastr sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori bilan tanishtirish, shu bilan birga sohada huquqbuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
◼️ O‘z navbatida mas’ullar tomonidan korrupsiya illatining oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhimligi ta’kidlanib, filial xodimlariga xizmat faoliyati davomida korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya #poytaxtdeputatlari
❗️ Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, jumladan maishiy korrupsiyaga barham berish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini monitoring qilishga qaratilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Mazkur yig‘ilishda tegishli davlat tashkilotlari, nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
🟢 Ishchi guruh a'zolariga korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni aniqlash va ularni atroflicha o‘rganish, korrupsion omillarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, aholining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
✔️ Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda olib borish, davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda barqaror ijobiy muhitni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
#korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 Toshkent shahrida shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
📊 Yig‘ilish davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ta’mirlash va qurilish ishlarida ochiqlikning yetarli emasligi, xarid jarayonlarining shaffof olib borilmasligi, tibbiyot xodimlari tomonidan xizmatlar uchun noqonuniy pul olish holatlari va ayrim rahbarlarning manfaatdor firmalarga imtiyozli shartnomalar taqdim etishi bo‘yicha tanqidiy tahlillar o‘tkazildi.
🧾 Bu holatlar yuzasidan huquqiy baho berish uchun maxsus ishchi guruh va nazorat guruhi tuzildi. Ularning vazifasi – har bir holatni o‘rganib, qonuniy choralar ko‘rish va jamoatchilikka ochiq axborot berib borishdan iborat.
📚 Shuningdek, ta’lim tizimida o‘tkazilgan 59 ta tadbir, 5597 nafar xodim tomonidan deklaratsiya topshirilgani, shartnomalarda korrupsiyaga qarshi bandlar joriy etilgani, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot ishlari – bu yo‘nalishdagi muhim natijalar sifatida qayd etildi.
🛡 Bektemir va Mirobod tuman hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan tahlillar, shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar yig‘ilishda alohida e’tirof etildi.
🗂 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida har ikki soha va hududga oid muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq choralar belgilandi. Kengash a’zolari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari va soha mutasaddilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlar tinglandi, muammoli jihatlar yuzasidan huquqiy baho berish uchun nazorat mexanizmlari shakllantirildi. Mazkur yig‘ilish korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz kurashish va tizimni yanada ochiq va adolatli qilish yo‘lida muhim amaliy bosqich bo‘lib xizmat qildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
❗️ Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
📌 Kun tartibidagi masalalar:🟢 Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida. Axborot beruvchi: Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i – Isabekov Botir Abdullayevich.🟢 Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida. Axborot beruvchi: Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘i – Yuldasheva Iroda Salaxutdinovna.🟢 Bektemir va Mirobod tumanlari hokimligida Korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida. Hisobot beruvchilar: Bektemir tumani hokimi – Abduraxmonov Nurilla Lutpullayevich hamda Mirobod tumani hokimi – Sayfutdinov Anvar Nazarovich.🟢 Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barxam berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish to‘g‘risida hamda Oliy Majlis Senati raisi, Bosh prokuror va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita” ijrosi yuzasidan. Axborot beruvchi: Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari – Urmanov Anvar Abdutalipovich.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya #hududiykengash
❗️ Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
⚡️ Jarayonlar ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilib borilmoqda.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM