Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
"Pomidor" uslubi haqida gapirmasam ham ko'pchilik yaxshi biladi.

Bugun o'zimga yangi timer sotib oldim. Suratdagidek, foydali narsa ekan 🙃

Kimga kerak bo'lsa, ushbu insonga buyurtma qilsangiz bo'ladi.

Ibrohim
+998 90 007 07 01
@tenty24

@JoshDeveloper
👍5😁1
Tavsiya etilgan 200 ta kitob (Hasanxo'ja Muhammad Sodiq).pdf
122.6 KB
Anchadan beri o'zbek tilida nashr qilingan va "O'qilishi shart bo'lgan" kitoblar ro'yxatini tuzishni reja qilib yurgan edim. Va nihoyat, ushbu ishni bugun Allohning izni ila tugatishga muyassar bo'ldim. Ushbu ro'yxatdagi kitoblarni barchasini o'qib chiqishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Albatta, ushbu ro'yxatga kira olmagan juda ko'plab yaxshi kitoblar mavjud, ammo shaxsiy tajriba va ustozlar maslahatiga ko'ra shunday yakunlashga qaror qildik.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda va barakali qilsin, amiyn !

Hurmat bilan, duolaringizga umidvor bo'lgan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.

P.s. Ushbu ro'yxatdagi kitoblar ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun yaqinlaringiz bilan ulashishingizni so'rab qolamiz.
👍4
Alloh biz insonlarga boshqa hayvonlardan farqli o'laroq "Aql" ne'matini bergan.

Shu aqlni to'g'ri ishlatib inson yuksak maqomga erishadi, ushbu koinot, yer, quyosh va oy, yerdagi barcha jonzotlar va ularning ozuqa zanjiri, ular orasidagi ajratib bo'lmas bog'liqliklar - bularning hammasini yagona kuch boshqarib turganligini his qiladi va Robbisini taniydi, Uni buyruqlarini taniydi, hayot va oxiratga chuqur ilm ila boqadi.

Yana bir toifa shu aql bilan vahshiy hayvonlardan ham vahshiylashib, hayvonlar tugur, insonlarni qonini to'kishgacha boradi, turli xil gunohlarga qo'l uradi, hatto shu aqlni in'om etgan Robbisiga kufr keltiradi, buyruqlarini inkor qiladi, benamozlardan bo'ladi va shu bilan o'z oxirat tomirlariga bolta uradi.

Aql ne'matini to'g'ri ishlatish ham bir ne'mat aslida...

Zero Alloh aytganidek, "Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi?!»"
Zumar surasi, 9-oyat

Alloh siz-u bizni biladigan va amal qiladigan zotlardan qilsin.

Jum'a Muborak Azizlar 🌙

@JoshDeveloper
👍17👏1😁1
Keling suhbatlashamiz.

Siz uchun hozirgi zamonimizda ideal inson qanday bo'lishi kerak ?
Nimalarga ega bo'lish ideallikka yetkazuvchi katta qadamlar deb hisoblaysiz ?

*ideal - deganda hech qanday xatosi yo'q degan ma'noda emas. Hammamizni xatoyimiz bor.

@JoshDeveloper
👍6🤔2🔥1
Ushbu 21-asrda ideal inson kim ?

Ushbu savolga javobni chuqur o'yladim. Bir talay narsalar yozdim. Ammo oxirida "Voy, bu yozganlarim ikki qator gap bilan ifodalasam bo'lardiku deb qoldim" (dasturchiligimga boramanda 🤷‍♂️).

Oxiri, ushbu ikki qatorlik gapga to'xtaldim.

Mening fikrimcha ideal odam bu -
"Dunyosini deb oxiratini boy bermagan,
oxiratini deb dunyosidan voz kechmagan inson.
"

Ha bu inson, go'zal xulqli, kechirimli, kamtar, sahiy va hkz kabi sifatlarga ega bo'lgan inson. Bunday sifatlar juda ham ko'p, sanasak tugamas ham balki.

Ammo siyratni o'qigan inson biladiki, islom diniga rostan ham amal qilgan insonda bunday sifatlar oliy darajasida yetishgan bo'ladi.

Hullas fikrim shu, ushbu zamonimizda ideal inson men uchun ikki dunyosida ham oldi qatorlarga intiladigan, dindor, ilmli, Alloh va Rosuli sollallohu alayhi vassallamga muhabbatli, go'zal xulqli, sunnatga amal qiluvchi, qur'on ahlidan bo'lgan holis inson.

Alloh barchamizni dunyo va oxiratda zafar topganlar qatorida bo'lishimizni nasib qilsin.

@JoshDeveloper
👍24🔥3
Bu oygi JS intervyusida faqat OOP va Functional Programming dan savol javob qilishimga nima deysiz ?
Anonymous Poll
67%
Roziman
11%
Boshqa mavzu tanlaylik
22%
Farqi yo'q
👍9🔥3😁1
JS'da mashxur Array metodlarini qisqa qilib bitta rasmdagi versiyasi 😉

Marhamat.

Array metodlari haqidagi o'zbekcha maqolalarimni ushbu menyudan topasiz:
https://t.iss.one/JoshDeveloper/358

@JoshDeveloper
👍20🔥1👏1
Ko'p narsa o'rganishni istaysizmi ?

Unda ko'p holatlarda ushbu rasmda yozilgan maslahat sizga kerak bo'ladi 😉

@JoshDeveloper
👍17🔥2😁1
Suhbatlashamiz.

Savol:
Sizga qanday xulqli dasturchilar yoqmaydi ?
Qanday xulqli insonlar bilan ishlagingiz kelmaydi ?

Kommentda ushbu xulq egalarini tasvirlab bering. 👇

Yozganlaringizni o'qib ko'pchilik balki o'zini to'g'irlab olar 😉

@JoshDeveloper
👍9🔥1😁1
Obbo YouTube-e...

O'zimni kanalim va videoyimni ham o'zimga tavsiya qilib chiqaradiya :D

Qiziq video ekanmi ? 🤷‍♂️👀

@JoshDeveloper
😁31👍7🔥2
Qur'on yoki arab tilini offline, ustoz bilan o'rganish istagida bo'lganlarga quyidagi o'quv markazlarini tavsiya qilaman:

1. @allomalarmerosi (filiallari ko'p)
2. @mezanauz (Arab tilida yozish va o'qish)

Manzil, filial va telefon raqamlarni kanallaridan topsangiz bo'ladi.

@JoshDeveloper
👍8🔥1🤯1
Dasturchilarda eng ko'p uchraydigan og'ir davr bu - ISH topish bo'lsa kerak.

Quyida ustozlardan maslahat olgan holda, ish qidirishdan avval nimalarga e'tibor berishingizni bir qator sanab o'tdim:

1. Bilimingizni kuchaytiring. Kamida biror dastur yasay oladigan bo'ling.

2. Birnechtalab saytlarni klonini yasang. Kamida 20-30 ta. Bunga misol uchun, Frontendchi bo'lsangiz bir mashxur saytni Frontend qismini yasang. (backend qismi bo'lishi shart emas). Sifatli bo'lsin. Portfolio sifatida maqtana oladigan bo'lsin.

3. Endi o'zingizga ishonch hosil bo'ldi. Chiroyli resume yasang va to'ldiring va endi ish qidirishni boshlab yuborsangiz bo'ladi.
😉

#maslahat

@JoshDeveloper
👍25🔥3
"Real hayot va LinkedIn" deb nomlangan rasm ekan 😁😂

#joke

@JoshDeveloper
😁39👍5🎉3👏2🤩2🤯1
EPAM, EPAM, EPAM....

Hurmatli yosh dasturchilar. Bo'ldida endi...

To'g'ri, EPAM'da ishlash yaxshi. O'zimga ham juda yoqadi. Ammo, bu degani faqat EPAM'da ishlash kerak, maqsadni EPAM deb qo'yish kerak degani emasku !

Junior olmayapti desam ham, qayerga qaramay Junior oladimi degan savol.
Hop qayerda ishlagansiz desa, jim..., nima ishlar qilgansiz desa, jim...

Do'stlar, yirik kompaniyalarni vaqtini olmasdan, ustingizda ishlang. Qanaqa kompaniya bo'lsa ham tajriba oshiring. EPAM'dan boshqa kompaniyalar ham bor. Keyin Alloh xohlasa EPAM'ga ham, Google'ga ham kirarsiz.

Kerak bo'lsa EPAM'ni o'zi chiqadi sizga tajribali dasturchi bo'lsangiz.

Shu paytgacha EPAM haqida berilgan savollardan eng yoqtirganim "Falon yo'nalishga falon darajada kirish uchun nimalar talab qilinadi" deb so'ralgan savol.
Bo'ldi. Javobini oladi va ustida ishlashni va tajriba oshirishni boshlaydi. Harxil bo'lar bo'lmas takrorlanadigan savollarni berib o'tirmaydi. Maqsadni chuqurroq qo'yadi.

Siz ham yo'nalishingizni ozgina o'rganib olib, EPAM, EPAM deyavermasdan, ustingizda ishlang. Bizga ham turli xil takrorlanadigan savollar bilan yozmasdan, bilimingizni oshiring.
Ingliz tilida bemalol gaplasha oladigan bo'lsangiz, o'z yo'nalishingizda mohir bo'lsangiz, ana keyin yozing.

Qattiq gapirgan bo'lsam uzr.

Ha aytganday, oylikni so'rashni bas qiling 🙂😅.

@JoshDeveloper
👍55😁17👏5🔥3
Ingliz tili

Present continuous zamonini necha xil holatlarda ishlatamiz ?

1. Ayni damda sodir bo'layotgan vaziyatlarda:
- "Umar is coding at the moment"
- "Umar ayni damda kod yozayapti"

2. Vaqtinchalik takrorlanib turgan harakatlarda:
- "Web developers are not learning JQuery due to lack of demand."
- "Web dasturchilar talab kamligi sabab JQueryni o'rganishmayapti
"

3. Vaqtinchalik vaziyatlar uchun:
- "Josh is staying in a hotel"
- "Josh mehmonxonada turibdi"

4. O'zgarayotgan yoki rivojlanayotgan vaziyatlar uchun:
- "IT is intensively growing"
- "IT jadallik bilan o'syapti."

5. Yoqimsiz odatlarni aytish uchun (ko'proq "always" bilan keladi)
- "Steve is always sleeping when I call him. 😠"
- "Steve hardoim uxlayotgan bo'ladi telefon qilganimda. 😠"


"Destination B2" kitobidan foydalanildi.

Mana azizlar, ingliz tilida ham birnarsalarni o'rgangan bo'ldik. :D

Alloh manfaatli qilsin :)

#english

@JoshDeveloper
👍35🔥5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

IMOM ABU HANIFA XALQARO ISLOM AKADEMIYASI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAMOQDA!

Aziz do‘stlar! Muhtaram mo‘min birodarlar, qadrli opa-singillar!

Sizlarga o‘zimiz ham orziqib kutgan ajib xushxabarni yetkazmoqchimiz. Sanoqli kunlardan so‘ng Imom Abu Hanifa xalqaro Islom Akademiyasi o‘z faoliyatini boshlaydi!

Imom Abu Hanifa xalqaro islom Akademiyasi nima?
Imom Abu Hanifa xalqaro islom Akademiyasi o‘zbekzabon talabalarga islomiy bilimlar beruvchi maxsus onlayn platformadir.

Akademiyada kimlar ta'lim olishi mumkin?
Bu platformaning o‘ziga xosligi shundaki, unda yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, barcha erkak va ayollar, shu jumladan, Siz ham dinimizning eng tamal bilimlarini dunyoning istalgan nuqtasida turib, o‘z vaqt va imkoningizga qarab, egallash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Qiziqdingizmi, u holda, kutib oling!
Tez kunda! Imom Abu Hanifa xalqaro Islom Akademiyasi!

👉🏻 @Abu_Hanifa_akademiyasi
13👍1😁1
Diqqat!

Mart oyi uchun JS intervyusini uyushtirish muddati yetdi.

Bu oygi JS savollarning katta qismi OOP va Functional Programming'ga aloqador bo'ladi.

O'zingizni intervyuda sinab ko'rmoqchisiz ?

Ushbu pastdagi formani bexato to'ldiring va nomzodlar qatoridan joy oling.
19-mart kuni soat 20:00'da bir ishtirokchini nomzodlar orasidan tanlab olamiz.
InshaaAlloh

Forma: https://forms.gle/WaDpF5KDJLDPBLhKA

Boshqalarga ulashishni ham unutmang 😉

@JoshDeveloper
👍17👏6
Forwarded from Josh*Developer
Unit test'lar - dasturni ma'lum bir kichik qismlari uchun yozilgan kodlarni to'g'ri ishlayotganini tekshirib turuvchi kodlar jamlanmasi.

Unit testing - katta dasturlar uchun kelajakdagi xatoliklarni oldini olib borish uchun eng ishonchli yo'llardan biri.

Unit testing - biroz vaqt olsada, kelgusida dastur, jamoa va kompaniyaga juda katta foyda keltira oladigan vosita.

Unit testing - yangi qo'shilgan dasturchilar uchun dastur kodlarini tushunish, mohiyatini anglash va shu kabi boshqa ko'plab holatlarda ham katta yordam beradigan usul.

Xo'sh siz ham katta dasturlaringizga Unit Test'lar yozasizmi ?


@JoshDeveloper
👍15🔥1
Forwarded from MohirDev.uz
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat.

Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi.

1. Har kuni yangi masalalarni yeching.

Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi.

Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar:

- LeetCode
- Codewars
- Exercism

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.

3. Bosqichma-bosqich oʻting

Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting.

4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling

- Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling.
- Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing
- Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring.
- Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing.

5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing

- GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling.
- Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz.

6. Loyihalar qiling

- Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi.
- Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq.
- Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz.

Bonus

- "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing
- "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing

Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin.

Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍25