Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Bir kitobda Allohga bo’lgan muhabbat to’g’risida Robiatul Adaviyyaning ushbu she’riga ko’zim tushib qoldi. Ayni biz uchun yozilgandek a ?
Marhamat:

Sevaman deysanu, etasan isyon,
Bu xoling ajoyib, bo’laman xayron.
Itoat qilgin-da, sevsang gar albat,
Sevgan suyganiga etar itoat.

“Mukoshafatul qulub” kitobidan

Jum'a muborak Azizlar 🌙

@JoshDeveloper
👍37😢3😁2
Islomimizni ayblashadi, ayb bo'lsa bizda, o'zi islomimizni bizdan boshqa "aybi" yo'q.

*
*
*
Mubashshir Ahmad

@JoshDeveloper
30😢15👍10🤯2😁1
Ertaga soat 20:00 da JavaScript'dan intervyuga bitta nomzodni tanlab olamiz. Tanlov online kanalimizda olib boriladi.
InshaaAlloh.

Bugun 22:00 gacha tepadagi formaga o'z nomzodingizni berishingiz mumkin. Keyin qabul qilinmaydi.

@JoshDeveloper
👍7👏4
Forwarded from MohirDev.uz
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?"

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshlang'ich dasturchilarni shu savol qiynab keladi. Aynan shu mavzu bo'yicha 19-mart soat 19:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍5🔥1
JS intervyuga 26 ta inson savollarga javob yozib o'z nomzodlarini qoldirdilar. O'z vaqtida, to'g'ri va qisman to'g'ri javob bergan insonlar ro'yhati esa mana:

1. Ibragimov Muhammadamin
2. Xumoyun Rahmonberdiyev
3. Asadbek Raimov
4. Abror Alisherov
5. Umidjon Tuxtayev
6. Абылханов Парахат
7. Humoyun Ochilov
8. Jasurbek Norbekov
9. Mo'minov Xikmatilla
10. Ismatillo Arslonov
11. Doston Abdusattorov
12. Sunnatullo Ganiev
13. G'ulomjon Bakirov
14. Islom Abdulakhatov
15. Islom Mirzaliev
16. Aqilbek Abilaev
17. Asadov Abbos
18. Jaloliddin Yusupov
19.
Joraev Umar


Bugun ushbu insonlar orasida tanlov bo'lib o'tadi.

InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
🔥8👍5🤯3🤩1
Live stream started
Live stream finished (13 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishtirokchi tanlandi.

Qatnashgan barchaga rahmat.
InshaaAlloh keyingi oygi intervyuda balki siz bo'larsiz😉

Bu oygi intervyu videosi chiqish sanasini keyinroq e'lon qilaman InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
🔥10👍4🤩1
Python'chilarga yana bir xushxabar. O'zim shaxsan hurmat qiladigan inson, ooooxiri o'z kanallarini ochibdilar.

Python, Backend va umumiy dasturlash bo'yicha ajoyib postlardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lib boring.

Marhamat:
https://t.iss.one/AbduazizPy

@JoshDeveloper
👍11🔥3😁2🤔1
Suhbatlashamiz.

Oxirgi o'qigan yoki o'qishni niyat qilgan kitob nomini va u haqidagi fikringizni kommentga yozib qoldiring. 👇

Qolganlarga bir kitobga qiziqishiga sababchi bo'lasiz inshaaAlloh 🙃

@JoshDeveloper
👍42
"Dasturchilar Texnik intervyuda va
haqiqiy ishda"
deb nomlangan rasm ekan 😂🤷‍♂️

Albatta hazil :)
#joke

@JoshDeveloper
😁38👍6🤔1😱1😢1
Bu oygi JS intervyuga tanlangan ishtirokchimiz 2 kundirki hali ham javob yozmadi va o'qimadi. Bugun oxirgi kun, agar bugun ham yozmasalar, ikkinchi qo'shimcha qilib tanlangan insonga aloqaga chiqamiz.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
👍81
Qizlar borasida ota-onalar va jamiyatda tarqalib qolgan xato fikrlar va ularga kichik izoh ⬇️:

1. “Qiz bola o’qishi shart emas!” - Qiz bola nafaqat o'zi uchun, balki kelajak farzandlar uchun ham ikki karra o'qishi shart.

2. "O'qimasang erga beramiz" - Rahmat! Endi oila qurish shunaqa past sanaladigan bo'lib qolibdida ! Undan ko'ra, “O’qimishli, ilmli bo'lsang, bo'lajak jufting ham ziyoli inson bo'ladi inshaaAlloh" desak to’g'riroq bo'lar edi.

3. “Qiz bola faqat uyda o’tirishi kerak!” - Qiz bollar faqat uyda o’tirishi kerak bo’lsa, Ayollar shifokori kim bo’ladi ? Ayollar kiyimini kim sotadi ? Eng qiziqi ayolingni kim tug’diradi ? Erkaklarmi ?! O’zi shunaqa fikrlilar dastidan ushbu tepadagi ishlarni ham ayrim “ERKAK”lar qilishayapti.

4. “Qiz bolasan, yoshsan, o’ynab qol, hijob keyin o’rarsan” - Haaa afsuski bu gapni ko’proq “erkak”lar aytar ekan. Essiz erkaklik, essiz or. Bunday dayuslar jannatni hidini ham xidlashmaydi. U gapni o'rniga, “Go'zalligingni begona erkaklardan yashir, fitna chiqarma, hayoli bo’l” desak to'g'riroq emasmi ?!

va hkz.

Shuningdek, qizlarini faqat o’qishiga qarab, tarbiyasi, odobi, uy ishlarini o'rgatishga e’tibor bermaydiganlar ham xato qilayotganlar qatorida.

Kelayotgan Jum’a muborak azizlar 🌙

@JoshDeveloper
👍38🔥7
Forwarded from Abduaziz π
Soap 🆚 Rest 🆚 GraphQL 🆚 RPC haqida birgina rasmda.
Siz yuqorida sanab o'tilganlardan qaysi birini ma'qul ko'rasiz va nega aynan uni?

© Linkedin (Alex Xu)

@AbduazizPy
🤔5👍3
React bo'yicha middle dasturchidan talab qilinadigan tahminiy jadval :

React Component Definition
React Component Props
React Component State
React Component Lifecycle
Components Composition
JSX
React DOM
React DOM Events
Forms
Virtual DOM
Higher-Order Components
Flux architecture
Redux
MobX
Context
Routing
Animation
Performance
Automated testing
Security
Server-side rendering

Hooks

Building

#Reactjs

@JoshDeveloper
👍30🔥9😱5🤩2
Ba'zida ish topish uchun, Junior holingizda o'z bilimingizga qattiq ishonsangiz, Middle so'ralgan ish e'loni kompaniyasiga to'g'ridan to'g'ri yozib, ularga o'zingizni ushbu pozitsiyada bemalol ishlay olishingizni isbotlashga to'g'ri keladi.

Juda ko'p o'xshamasa ham, ba'zida o'xshaydi, harakat qilib ko'ring, sizdan nima ketdi. 😉

*Ammo bilimingiz chala bo'la turib boshqalarni bezovta qilmang, undan ko'ra avval ustingizda ishlang.

@JoshDeveloper
🔥20👍122👏1🤯1
Ramazonga kimda qanday rejalar bor 🙃👀👀 ?


Menda hatto kanalimiz uchun ham maxsus rejalar bor 😉
InshaaAlloh aytaman.


Sizdachi ?

@JoshDeveloper
👍23🔥4🤩1
Forwarded from Saidbek
FEO nima?

FEO - Front-end optimization.
Qisqa qilib aytganda FEO yoki CO (Content Optimization) - veb-saytingizni brauzer uchun qulayroq va tezroq yuklanishi uchun nozik sozlash jarayonidir. Umuman olganda, FEO fayl o'lchamlarini kamaytirishga va ma'lum bir sahifani yuklash uchun zarur bo'lgan so'rovlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Bu postda FEO ni yaxshilash uchun bir qancha usullarni ko'rib chiqamiz.

1. Resurslarni minimallashtirish - HTML, CSS, JS fayllardagi kodlaringizni minimallashtiring, ishlatmaydigan kodlaringizni, kommentlarni, bo'sh joylarni o'chirib tashlang. Fayllarni online compressor orqali minimallashtirib oling, bu faylning hajmini anchagina qisqartiradi, veb-sayt yuklanish jarayonida ham vaqt va resurs kamroq sarflanadi. Ko'p kutubxonalarda .min.css yoki .min.js fayllari bekordan bekorga turmaydi axir, endi bu usulni o'zingiz yozgan kodlarda ham ishlatishni boshlang.

2. Responsive rasm va WebP dan foydalaning - Ko'p veb-saytlar hajmining deyarli 50 foizi media fayl va rasmlarga to'g'ri keladi, rasmlar veb-sayt uchun moslashtirilmagan bo'lsa bu veb-saytingizni tezligiga yaxshigina tasir qiladi. Dasturlashni o'rganayotgan paytim background'ga 10MB atrofidagi rasmni qo'yganman, saytda rasm sifati muhim deb o'ylaganman 😁, buni ko'rib ustozimni mazasi qochishiga sal qolgan.

Saytingizga rasmlarni qo'yishdan oldin online servislar orqali rasmni 70-80 foizgacha siqishga urinib ko'ring, keyin uni WebP formatga o'giring, bu saytingizni yuklanishini ancha tezlashtiradi. O'zimda tajribada bo'lgan holat 10-12 Megabaytlik rasmlarni 80 foizgacha siqib, WebP ko'rinishda qo'yganmiz, hajm 100-200 Kilobaytgacha qisqargan.

3. Lazy Loading - Lazy load veb-sayt ochilganda faqat kerakli resusrlarni yuklaydi, qolganini foydalanuvchiga kerak paytida yuklaydi. Masalan veb-saytni ochganingizda rasmlarning faqat bir qismi, ya'ni sizga ko'rinayotgan qismi yuklangan bo'ladi, qolgani esa scroll qilishingiz davomida yuklanib boradi. Misol uchun Google images ham shunaqa ishlaydi, siz rasm qidirsangiz sizga millionlab variantlarni taklif qiladi, lekin hammasi ham yuklanmaydi, rasmlar pastga tushishingiz davomida yuklanib boradi.

Agar hammasini birdan yuklaganida balki bir necha hafta kutardingiz yoki ram yetishmasligidan kompyuteringiz qotib qolgan bo'lardi 🙂.

4. CDN tanlang - CDN lar tarmoqning kechikishi (tarmoq orqali aloqada kechikishlar) bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan. Bunday kechikishlar asosan veb-sayt hosting serveri va foydalanuvchi orasidagi fizik masofa bilan bog'liq. Ushbu masofani kamaytirish uchun CDN kontentning versiyasini turli geografik joylarda saqlaydi.

Masalan siz saytingizga biror kutubxonani ulab qo'ydingiz, veb-sayt har safar serverning o'ziga murojaat qiladi, server USA da bo'lsa, masofa taxminan 11 km bo'lsa, javob qaytish vaqti esa taxminan 500-700 ms bo'ladi.

CDN orqali ulasangiz, eng yaqin CDN 200 km uzoqlikda bo'lsin, sizning saytingiz endi CDN ga murojaat qiladi, bu ma'lumot CDN da mavjud bo'lsa sizning so'rovingiz bajariladi, taxminan 50-100 ms.

CDN siz so'ragan ma'lumotni oldin o'zidan qidiradi, topa olmasa USA dagi serverga murojaat qiladi, ma'lumotni olgach sizga uzatadi, keyin uni o'zida ham saqlab qo'yadi. Keyingi safar siz so'rov yuborganingizda, endi u o'zidagi ma'lumotni sizga qaytaradi. Bunda faqat birinchi holatda ko'proq vaqt sarflanadi, keyingi safardan boshlab veb-sayt ma'lumotni CDN dan oladi.

5. Serverga so'rovlarni kamaytirish - Umuman olganda front-end dan serverga qanchalik ko'p so'rov yuborilsa, bu saytning yuklanishini shunchalik kechiktiradi. Serverga har qanday so'rovni yuborish, sayt yuklanishidan oldin to'liq aloqani talab qiladi. Buni oldini olish uchun bir qancha usullar mavjud.
- CSS Sprite-dan foydalanish.
- Ko'p tashqi so'rovlarni amalga oshiradigan third-party plugin'larni kamaytirish.
- Ishlatilmayotgan fayllarga bo'lgan link'larni olib tashlash.

Manba

@saidabdulla
👍25🔥2