Forwarded from UNICON SOFT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21❤7⚡4👀3
Yangi loyihaga qo'shilganda kod yozishdan oldin doim birinchi loyihani o'rganing.
Qanday "shared" kodlar bor? Qanday kutubxonalar ishlatilgan? Qoidalar bordir balki?
P.s: O'zimda ko'p bo'lgan, loyihani to'liq o'rganmaganim sabab, avvaldan tayyor yechimlarni qaytadan yozganman.
#tavsiya
@JoshDeveloper

1⚡43👍17💯8❤5🔥2👀1
HR Menejer (UNICON SOFT)
💰 Oylik: 500 – 2 000 USD (tajribaga qarab)
Vazifalar:
- Kompaniya ichki madaniyati va motivatsiya tizimini rivojlantirish
- IT va non-IT yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarni qidirish va tanlash
- Vakansiyalarni joylashtirish va intervyularni o‘tkazish
- Xodimlarni ishga qabul qilish (onboarding) jarayonini tashkil etish
- Rahbariyat bilan yaqin hamkorlikda HR strategiyasini amalga oshirish
Talablar:
- HR Menejer sifatida kamida 2 yillik tajriba
- IT sohasida xodimlar bilan ishlash tajribasi
- O‘zbek tilini bilish (Rus va Ingliz tili ustunlik beradi)
📞 Aloqa uchun forma: https://forms.gle/ruDGZC6RyRu6TJBA9
#vacancy

👍17❤4😁1
Oxirgi yillarda O’zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish juda yaxshilanganini his qilardim.
Hozir bir ma’lumot o’qib qoldim, 9-o’rinda ekanmiz jahon bo’yicha bu borada.
Juda ajoyib ko’rsatkich.
#govTech
@JoshDeveloper
Hozir bir ma’lumot o’qib qoldim, 9-o’rinda ekanmiz jahon bo’yicha bu borada.
Juda ajoyib ko’rsatkich.
#govTech
@JoshDeveloper
🔥27🆒6❤4👍3😐1
🤣63🤨17🤷♀2👍2🤔1😱1💯1
Ishingizda "Lay-off" bo'lib, ishdan to'satdan bo'shatildingiz. Ish qidirishni boshlayapsiz. Birinchi chiqqan oyligi yaxshi ishni tanlaysizmi yoki o'zingizga ko'proq yoqqan yaxsh joyni qidirasizmi?
Anonymous Poll
46%
Birinchi oyligi yaxshi ishni
33%
O'zimga yoqqani chiqquncha kutaman
21%
Avval ishga kirvolay, keyin aytaman 🤓
😁17
Tepadagi poll'ni nega tashladim?
Poll aslida umuman boshqa mavzu haqida edi. Asosiy mavzu "Saving"(Jamg'arma) qilish haqida.
6 oylik jamg'armasi bor ishchi bilan, 1 oylik jamg'armasi bor ishchini ishdan bo'shatilishidan qo'rqish darajasi qanchalik bo'ladi bilasizmi?
Ancha. Jamg'arma qilish o'zingizni biroz erkinroq tutishingizga yetaklaydi.
Bilaman hamma ham jamg'arma qilolmaydi. Lekin imkoningiz bormi? Bekorchi narsalarga emas, jamg'arishga harakat qiling. Bu sizga erkinlikka eshik ochadi. Ishda dadil va o'zingizga ishonchli bo'lasiz.
Eng asosiysi, korxona sizni emas, siz korxonani tanlab ishga kira olasiz. (Albatta tajribali ishchi bo'lsangiz). Istasangiz biror g'oyangizni sinab ko'rishingiz, o'xshamasa yana qaytishingizga imkon bo'ladi.
Mana shu sabablar tufayli ham, qarz olishdan qochaman. Imkon qadar qarzdor bo'lmaslikka harakat qilaman. Bo'lsam ham uzoq muddatli emas, qisqa muddatga bo'lishni ma'qul ko'raman.
P.s: Ishdan 5 kunlik dam olish olganman, hozir "Psychology of money" degan kitobni o'qiyapman. Yaxshi insight'lar yoritilgan ekan. Tepadagi fikrlarimda ham shulardan bir oz ilhomlandim. Kitobdan parchalarni @umar_shares kanalida yozib boryapman.
#saving

👍29🔥4❤2✍1💯1🫡1💊1
IT-yangilik: O‘zbekistonlik dasturchilar Istanbuldagi Yandex Cup 2025’da g‘alaba qozondi!
🏆 Dasturlash bo‘yicha Yandex Cup 2025 xalqaro musobaqasida 21 davlatdan 196 nafar finalchi ishtirok etdi, tanlovga esa butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq dasturchi ariza topshirdi.
Bu yil backend va frontend yo‘nalishlarida g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi. Topshiriqlar real amaliy vazifalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, algoritmlar, mashinaviy o‘rganish, multimodal modellar, navbatlar (queues), strukturaviy jarayonlar va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi.
🌐 Final bosqichining umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Sovrindorlar Rossiya, O‘zbekiston, AQSh, Xitoy, Kanada va Yaponiya kabi davlatlardan tashrif buyurdi.
🧑💻 Nazarbekning ta’kidlashicha, xotirjam kayfiyat va tiniq fikrlash murakkab masalalarni yechishda yordam bergan. Akobir esa amaliy vazifalarni yechish bo‘yicha tajriba muvaffaqiyat kaliti ekanini qayd etdi.
Yandex Cup’da ishtirok etish — bu shunchaki musobaqa emas, balki IT hamjamiyati uchun rivojlanish vositasidir. Bunday loyihalar bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish, o‘sish va kompetensiyalarni xalqaro darajada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔗 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin

🔥32👍6❤5🆒2
Frontend arxitektura kursini yana jonli o'tsam, qatnashgan bo'larmidingiz? (1 oy davom etadi, narxi 150-200$ atrofida bo'ladi)
Anonymous Poll
23%
Ha, albatta Xudo xohlasa
18%
Yo'q, qiziq mavzu emas
58%
Yo'q, qimmat kurslarga pul bermayman ☹️
😎4😢3
Josh*Developer
Frontend arxitektura kursini yana jonli o'tsam, qatnashgan bo'larmidingiz? (1 oy davom etadi, narxi 150-200$ atrofida bo'ladi)
Bu aytayotgan kursim bir marta sinovdan o'tgan va videolari mavzularga ajratilgan holda sotuvda mavjud.
Kimga qiziq bo'lsa batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15
#architecture
@JoshDeveloper
Kimga qiziq bo'lsa batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15
#architecture
@JoshDeveloper
Telegraph
Frontend arxitektura kursi
Kurs haqida: 🤩 Kursimiz - Frontend arxitekturasiga tezkor ravishda sho'ng'ish va chuqur bilimlar egallash uchun ishlab chiqilgan videodarslardan iborat. 📹 Videolar Telegram yopiq kanalda joylashgan. Jonli darslardan yozib olingan. Ammo, har bir mavzu vaqtlarga…
⚡6🌚2🤓1
Forwarded from Khumoyun Codes
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.
Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.
P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.
@khumoyun_codes
https://youtu.be/Ul29Gya4ga4

YouTube
Nega dasturchi tadbirkor bo'lolmaydi? Qudrat Abdurahimov | TechGurung
Salom dasturchilar 👋🏻
Bugalgi mehmonimiz ustozlarning ustozi Qudrat Abdurahimov. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissani birga eshitamiz. Suhbat bo'yicha fikr mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring…

👍11❤3👀2
2025-yil menda qanday o'tdi?
Bu yil hayotimda juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Eng qizig'i esa, ko'p natijalarimni yil boshida reja qilmagan edim.
Alloh bu yil bizga tuhfa etgan natijalar:
1. Ping pong dev - yil boshida shogirdlarim bilan stol tennis o'ynashga borgandik. Shunda o'zim ham shunaqa zal ochsam deb niyat qilgandim. 1 oy o'tar-o'tmas ochdik. Ajoyib natijalarga erishdik va Avgust oyida biznesni bizdan ham ko'proq qiziqadigan insonlarga topshirdik (sotdik💸 ).
2. Farzand - Muhammadsolih o'g'limiz dunyoga keldi. Tug'ilishi juda stressli bo'ldi. Yo'qotib qo'yishimizga oz qoldi.
Allohga shukur-ki, hozir yonimizda va juda yaxshi 🙂 Duo qilib qo'yarsizlar.)
3. Startup - o'xshamadi😅 Bir nechta startup'larni qilishga urunib ko'rdim. Afsuski hozircha natija yo'q 🙂 "Fail" bo'lish ham tajriba bo'ldi. Olgan tajribalarimdan eng kattasi: Yaxshi jamoa - suv va havodek muhim.
4. Uy - uzoq kutilgan uyimizga erishdik. Bir necha yil yig'ilgan pullar va stresslar, qarzlar bor buni ortida.
Internetda qimmat mashina va uylarini ko'rsatib, dasturlash yoki boshqa sohadan kurs sotayotganlarga ishonmang. Deyarli hech qaysi halol kasb bilan juda tez natijaga erisha olmaysiz.
Dasturlash orqali mana salkam 6 yil deganda Toshkentdan 1 xonali uyni qiynalib qilib oldik, Xudoga shukur. Shu vaqtda katta qarz berib turgan insonlardan Alloh rozi bo'lsin 🙂
(Ayniqsa Unicon Soft kompaniyasiga, ishdan ketgan bo'lsam ham qo'llab turishdi)
5. Masofaviy ish - 2 yillik ofisdagi tajribadan so'ng, EPAM'ga qaytishga qaror qildim. Ofis ishini orada sog'inyapman ham, shu sabab eski ishxonamga ora-orada borib, hamkasblar bilan ko'rishib turibman.
6. Frontend arxitektura - 1 oylik kursimizni muvaffaqiyatli o'tkazib oldik. Juda ajoyib jamoa yig'ildi, kurs ham ancha manfaatli bo'ldi. O'zim uchun ham. (Videolari qiziq bo'lsa, link 😉)
7. Avtomobil - oilali bo'lgandan so'ng, taksida yurish qiyinlashib ketgan edi. Avtomobil kerakligi sabab, ozgina qarz qilib ovoldik, Xudoga shukur. (P.s: 3 oylik qarz, uzoq muddatlik qarz bo'lishni tavsiya bermayman)
Esimga kelgan katta o'zgarishlar shular. Sizlarnikini o'qishga tayyorman⬇️
Barchasi uchun Alhamdulillah. Keyingi 2026-yil hammamizga bundanda barakali bo'lsin.
#yearlyUpdates
@JoshDeveloper
Bu yil hayotimda juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Eng qizig'i esa, ko'p natijalarimni yil boshida reja qilmagan edim.
Alloh bu yil bizga tuhfa etgan natijalar:
1. Ping pong dev - yil boshida shogirdlarim bilan stol tennis o'ynashga borgandik. Shunda o'zim ham shunaqa zal ochsam deb niyat qilgandim. 1 oy o'tar-o'tmas ochdik. Ajoyib natijalarga erishdik va Avgust oyida biznesni bizdan ham ko'proq qiziqadigan insonlarga topshirdik (sotdik
2. Farzand - Muhammadsolih o'g'limiz dunyoga keldi. Tug'ilishi juda stressli bo'ldi. Yo'qotib qo'yishimizga oz qoldi.
Allohga shukur-ki, hozir yonimizda va juda yaxshi 🙂 Duo qilib qo'yarsizlar.)
3. Startup - o'xshamadi
4. Uy - uzoq kutilgan uyimizga erishdik. Bir necha yil yig'ilgan pullar va stresslar, qarzlar bor buni ortida.
Internetda qimmat mashina va uylarini ko'rsatib, dasturlash yoki boshqa sohadan kurs sotayotganlarga ishonmang. Deyarli hech qaysi halol kasb bilan juda tez natijaga erisha olmaysiz.
Dasturlash orqali mana salkam 6 yil deganda Toshkentdan 1 xonali uyni qiynalib qilib oldik, Xudoga shukur. Shu vaqtda katta qarz berib turgan insonlardan Alloh rozi bo'lsin 🙂
(Ayniqsa Unicon Soft kompaniyasiga, ishdan ketgan bo'lsam ham qo'llab turishdi)
5. Masofaviy ish - 2 yillik ofisdagi tajribadan so'ng, EPAM'ga qaytishga qaror qildim. Ofis ishini orada sog'inyapman ham, shu sabab eski ishxonamga ora-orada borib, hamkasblar bilan ko'rishib turibman.
6. Frontend arxitektura - 1 oylik kursimizni muvaffaqiyatli o'tkazib oldik. Juda ajoyib jamoa yig'ildi, kurs ham ancha manfaatli bo'ldi. O'zim uchun ham. (Videolari qiziq bo'lsa, link 😉)
7. Avtomobil - oilali bo'lgandan so'ng, taksida yurish qiyinlashib ketgan edi. Avtomobil kerakligi sabab, ozgina qarz qilib ovoldik, Xudoga shukur. (P.s: 3 oylik qarz, uzoq muddatlik qarz bo'lishni tavsiya bermayman)
Esimga kelgan katta o'zgarishlar shular. Sizlarnikini o'qishga tayyorman
Barchasi uchun Alhamdulillah. Keyingi 2026-yil hammamizga bundanda barakali bo'lsin.
#yearlyUpdates
@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72❤16⚡8🔥5👏1
Full-stack yoki T-shaped Engineer?
Ko'pchilik Full-stack dasturchi bo'laman deydi. Full-stack bo'lish ko'pincha hamma narsani teng olib ketish degani. Ya'ni, hammasidan o'rtacha bo'lasiz.
T-shaped degani esa, bir yo'nalishda chuqur bilim (masalan, rasmda Backend Engineering), qolganlarida esa o'rtacha bilim degani.
T-Shaped Frontend'chi bo'lsangiz — Backend'da ham o'zgarishlar qila olasiz, DevOps'ga ham yordamlasha olasiz. Asosiysi esa, Frontend'dagi muhim qarorlarni va chuqur vazifalarni siz bajarasiz. Vaqt o'tishi bilan boshqa yo'nalishlarda ham chuqur bilimga ega bo'lishingiz va T shaklining chuqur qismini bemalol o'zgartirishingiz ham mumkin.
Full-stack engineer < T-shaped engineer
#tShaped #fullStack

2👍45❤7🔥7⚡3
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Diqqat savol:
Kim bunday samimiy tilak yozib berdi?
Kim bunday samimiy tilak yozib berdi?
1🤣63😁11❤1
Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Diqqat savol: Kim bunday samimiy tilak yozib berdi?
Mobodo bizda Copywriter xizmati bor. Arzonroq qilib beramiz )
🤣31🤝2🫡2
Sun'iy intellekt sabab o'zim kod yozishga erinib qolganman. Lekin sun'iy intellektga qildirish ham zerikarli bo'lib boryapti (Sifatsiz ham ko'p hollarda).
Agar shu ko'rinishda ketsa dasturlashdagi darajalar kod sifatiga qarab farqlanmaydigan bo'lib qoladi deb qo'rqaman. Bu haqida chuqurroq izlanishim kerak ekanligini tushundim. Xulosalarimni yozib borishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.
Sizlarga Sun'iy intellekt qanday yomon ta'sirlarini ko'rsatyapti?
#ai

👍31🔥9🤝3💯2
Yangi yildan yangi ko'nikmalar egallayman deb ahd qilganlarga ikkita “Frontend architecture" va Frontint.uz kursimizga 26% chegirma beramiz.
Deadline: 10-yanvar
Bog'lanish: @vector_academy_admin
#course
@JoshDeveloper
Deadline: 10-yanvar
Bog'lanish: @vector_academy_admin
#course
@JoshDeveloper
🤣37⚡11🤝4👍2👀2🔥1
Forwarded from Adkham Zokhirov
"Xarita.ai" loyihasi...
Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi.
Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor:
- Dasturchilar uchun
- Oddiy Foydalanuvchilar uchun
Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL!
Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇
Saytga o'tish: https://xarita.ai
Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU
Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing!
(P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!)
@adkham_zokhirov

Sun'iy Intellektni Qayerdan O'rganish Kerak? | Bepul Xarita.ai Platformasi
Sun'iy intellekt (AI) rivojlanib bormoqda, lekin uni qayerdan va qanday o'rganishni bilmayapsizmi? 🤔
Bugungi videoda biz sizga Xarita.ai platformasini taqdim etamiz — bu AI dunyosiga kirib borish uchun mukammal yo'l xaritasi!
Platformaga kirish: https://xarita.ai…

👍8❤1⚡1🤣1
Tech debt (texnik qarz) nima?
Dasturda ko'zingizni yumgan har bir muommo — tech debt deyiladi. Bir kun kelib bu qarzingizni ortig'i bilan to'lashga majbur bo'lishingiz mumkin.
Katta loyihalarda bu qarz — foizli kredit kabi ishlaydi. Vaqt o'tgan sari kattalashadi.
Startup'larda esa oddiy qarz, (qarzni qaytarish esa loyiha yurish yurmasligiga bog'liq 😄)
Shu sabab texnik qarzlarni qachon olish yoki olmaslikni aniqlash juda muhim.
Demak, katta loyihami? Qarz olishdan ehtiyot bo'ling.
Startup yoki shoshilinch loyihami? Bir ko'zni yumib tursa bo'ladi)👀
#techDebt
@JoshDeveloper
Dasturda ko'zingizni yumgan har bir muommo — tech debt deyiladi. Bir kun kelib bu qarzingizni ortig'i bilan to'lashga majbur bo'lishingiz mumkin.
Katta loyihalarda bu qarz — foizli kredit kabi ishlaydi. Vaqt o'tgan sari kattalashadi.
Startup'larda esa oddiy qarz, (qarzni qaytarish esa loyiha yurish yurmasligiga bog'liq 😄)
Shu sabab texnik qarzlarni qachon olish yoki olmaslikni aniqlash juda muhim.
Demak, katta loyihami? Qarz olishdan ehtiyot bo'ling.
Startup yoki shoshilinch loyihami? Bir ko'zni yumib tursa bo'ladi)
#techDebt
@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁36👍10🔥5❤2🫡1