Josh*Developer
4.84K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Ertaga soat 20:00 da JavaScript'dan intervyuga bitta nomzodni tanlab olamiz. Tanlov online kanalimizda olib boriladi.
InshaaAlloh.

Bugun 22:00 gacha tepadagi formaga o'z nomzodingizni berishingiz mumkin. Keyin qabul qilinmaydi.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘7๐Ÿ‘4
Forwarded from MohirDev.uz
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?"

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshlang'ich dasturchilarni shu savol qiynab keladi. Aynan shu mavzu bo'yicha 19-mart soat 19:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi aโ€™zosi Ulug'bek Samigjonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
๐Ÿ‘5๐Ÿ”ฅ1
JS intervyuga 26 ta inson savollarga javob yozib o'z nomzodlarini qoldirdilar. O'z vaqtida, to'g'ri va qisman to'g'ri javob bergan insonlar ro'yhati esa mana:

1. Ibragimov Muhammadamin
2. Xumoyun Rahmonberdiyev
3. Asadbek Raimov
4. Abror Alisherov
5. Umidjon Tuxtayev
6. ะะฑั‹ะปั…ะฐะฝะพะฒ ะŸะฐั€ะฐั…ะฐั‚
7. Humoyun Ochilov
8. Jasurbek Norbekov
9. Mo'minov Xikmatilla
10. Ismatillo Arslonov
11. Doston Abdusattorov
12. Sunnatullo Ganiev
13. G'ulomjon Bakirov
14. Islom Abdulakhatov
15. Islom Mirzaliev
16. Aqilbek Abilaev
17. Asadov Abbos
18. Jaloliddin Yusupov
19.
Joraev Umar


Bugun ushbu insonlar orasida tanlov bo'lib o'tadi.

InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ‘5๐Ÿคฏ3๐Ÿคฉ1
Live stream started
Live stream finished (13 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishtirokchi tanlandi.

Qatnashgan barchaga rahmat.
InshaaAlloh keyingi oygi intervyuda balki siz bo'larsiz๐Ÿ˜‰

Bu oygi intervyu videosi chiqish sanasini keyinroq e'lon qilaman InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘4๐Ÿคฉ1
Python'chilarga yana bir xushxabar. O'zim shaxsan hurmat qiladigan inson, ooooxiri o'z kanallarini ochibdilar.

Python, Backend va umumiy dasturlash bo'yicha ajoyib postlardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lib boring.

Marhamat:
https://t.iss.one/AbduazizPy

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘11๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ˜2๐Ÿค”1
Suhbatlashamiz.

Oxirgi o'qigan yoki o'qishni niyat qilgan kitob nomini va u haqidagi fikringizni kommentga yozib qoldiring. ๐Ÿ‘‡

Qolganlarga bir kitobga qiziqishiga sababchi bo'lasiz inshaaAlloh ๐Ÿ™ƒ

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘4โค2
"Dasturchilar Texnik intervyuda va
haqiqiy ishda"
deb nomlangan rasm ekan ๐Ÿ˜‚๐Ÿคทโ€โ™‚๏ธ

Albatta hazil :)
#joke

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜38๐Ÿ‘6๐Ÿค”1๐Ÿ˜ฑ1๐Ÿ˜ข1
Bu oygi JS intervyuga tanlangan ishtirokchimiz 2 kundirki hali ham javob yozmadi va o'qimadi. Bugun oxirgi kun, agar bugun ham yozmasalar, ikkinchi qo'shimcha qilib tanlangan insonga aloqaga chiqamiz.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘8โค1
Qizlar borasida ota-onalar va jamiyatda tarqalib qolgan xato fikrlar va ularga kichik izoh โฌ‡๏ธ:

1. โ€œQiz bola oโ€™qishi shart emas!โ€ - Qiz bola nafaqat o'zi uchun, balki kelajak farzandlar uchun ham ikki karra o'qishi shart.

2. "O'qimasang erga beramiz" - Rahmat! Endi oila qurish shunaqa past sanaladigan bo'lib qolibdida ! Undan ko'ra, โ€œOโ€™qimishli, ilmli bo'lsang, bo'lajak jufting ham ziyoli inson bo'ladi inshaaAlloh" desak toโ€™g'riroq bo'lar edi.

3. โ€œQiz bola faqat uyda oโ€™tirishi kerak!โ€ - Qiz bollar faqat uyda oโ€™tirishi kerak boโ€™lsa, Ayollar shifokori kim boโ€™ladi ? Ayollar kiyimini kim sotadi ? Eng qiziqi ayolingni kim tugโ€™diradi ? Erkaklarmi ?! Oโ€™zi shunaqa fikrlilar dastidan ushbu tepadagi ishlarni ham ayrim โ€œERKAKโ€lar qilishayapti.

4. โ€œQiz bolasan, yoshsan, oโ€™ynab qol, hijob keyin oโ€™rarsanโ€ - Haaa afsuski bu gapni koโ€™proq โ€œerkakโ€lar aytar ekan. Essiz erkaklik, essiz or. Bunday dayuslar jannatni hidini ham xidlashmaydi. U gapni o'rniga, โ€œGo'zalligingni begona erkaklardan yashir, fitna chiqarma, hayoli boโ€™lโ€ desak to'g'riroq emasmi ?!

va hkz.

Shuningdek, qizlarini faqat oโ€™qishiga qarab, tarbiyasi, odobi, uy ishlarini o'rgatishga eโ€™tibor bermaydiganlar ham xato qilayotganlar qatorida.

Kelayotgan Jumโ€™a muborak azizlar ๐ŸŒ™

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘38๐Ÿ”ฅ7
Forwarded from Abduaziz ฯ€
Soap ๐Ÿ†š Rest ๐Ÿ†š GraphQL ๐Ÿ†š RPC haqida birgina rasmda.
Siz yuqorida sanab o'tilganlardan qaysi birini ma'qul ko'rasiz va nega aynan uni?

ยฉ Linkedin (Alex Xu)

@AbduazizPy
๐Ÿค”5๐Ÿ‘3
Forwarded from Josh*Developer
Angular dasturchisi bo'lish uchun o'zim ishlatgan va ishlatayotgan Roadmap(Yo'l xaritasi)ni tuzdim.
Marhamat.

1. HTML/CSS/JAVASCRIPT dan yaxshi bilim talab qilinadi.
2. TYPESCRIPT o'rtacha bilimlar.

Angular o'zidan quyidagi mavzular:

3. Dastur strukturasi (Modullar, Componentlar, Servicelar va hkz),
4. Componentlar orasida ma'lumotlar almashish,
5. Component strukturasi
6. Property binding
7. Event binding
8. Two-way binding
9. CLI
10. ng-template, ng-container, ngTemplateOutlet
11. ng-content
12. RxJS boshlang'ich tushuncha, Operatorlar, subscribtionlar va hkz
13. subscribe() va unsubscribe()
14. Pipes
15. Async pipe
16. Built-in Directives
17. Attribute directive
18. Structural directive
19. Forms
20. Reactive Forms
21. Services
22. Dependency injection
23. Angular HTTP
24. Interceptors
25. Routing
26. Route Guards
27. Lazy loading
28. PWA
29. Change detection
30. Testing

va yana boshqa ko'plab mavzular.
Esimga kelsa bu listni yana to'ldirib boraman inShaaAlloh.

Kanal: @JoshDeveloper
๐Ÿ‘17๐Ÿ”ฅ2
React bo'yicha middle dasturchidan talab qilinadigan tahminiy jadval :

React Component Definition
React Component Props
React Component State
React Component Lifecycle
Components Composition
JSX
React DOM
React DOM Events
Forms
Virtual DOM
Higher-Order Components
Flux architecture
Redux
MobX
Context
Routing
Animation
Performance
Automated testing
Security
Server-side rendering

Hooks

Building

#Reactjs

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘30๐Ÿ”ฅ9๐Ÿ˜ฑ5๐Ÿคฉ2
Ba'zida ish topish uchun, Junior holingizda o'z bilimingizga qattiq ishonsangiz, Middle so'ralgan ish e'loni kompaniyasiga to'g'ridan to'g'ri yozib, ularga o'zingizni ushbu pozitsiyada bemalol ishlay olishingizni isbotlashga to'g'ri keladi.

Juda ko'p o'xshamasa ham, ba'zida o'xshaydi, harakat qilib ko'ring, sizdan nima ketdi. ๐Ÿ˜‰

*Ammo bilimingiz chala bo'la turib boshqalarni bezovta qilmang, undan ko'ra avval ustingizda ishlang.

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ20๐Ÿ‘12โค2๐Ÿ‘1๐Ÿคฏ1
Ramazonga kimda qanday rejalar bor ๐Ÿ™ƒ๐Ÿ‘€๐Ÿ‘€ ?


Menda hatto kanalimiz uchun ham maxsus rejalar bor ๐Ÿ˜‰
InshaaAlloh aytaman.


Sizdachi ?

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘23๐Ÿ”ฅ4๐Ÿคฉ1
Forwarded from Saidbek
FEO nima?

FEO - Front-end optimization.
Qisqa qilib aytganda FEO yoki CO (Content Optimization) - veb-saytingizni brauzer uchun qulayroq va tezroq yuklanishi uchun nozik sozlash jarayonidir. Umuman olganda, FEO fayl o'lchamlarini kamaytirishga va ma'lum bir sahifani yuklash uchun zarur bo'lgan so'rovlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Bu postda FEO ni yaxshilash uchun bir qancha usullarni ko'rib chiqamiz.

1. Resurslarni minimallashtirish - HTML, CSS, JS fayllardagi kodlaringizni minimallashtiring, ishlatmaydigan kodlaringizni, kommentlarni, bo'sh joylarni o'chirib tashlang. Fayllarni online compressor orqali minimallashtirib oling, bu faylning hajmini anchagina qisqartiradi, veb-sayt yuklanish jarayonida ham vaqt va resurs kamroq sarflanadi. Ko'p kutubxonalarda .min.css yoki .min.js fayllari bekordan bekorga turmaydi axir, endi bu usulni o'zingiz yozgan kodlarda ham ishlatishni boshlang.

2. Responsive rasm va WebP dan foydalaning - Ko'p veb-saytlar hajmining deyarli 50 foizi media fayl va rasmlarga to'g'ri keladi, rasmlar veb-sayt uchun moslashtirilmagan bo'lsa bu veb-saytingizni tezligiga yaxshigina tasir qiladi. Dasturlashni o'rganayotgan paytim background'ga 10MB atrofidagi rasmni qo'yganman, saytda rasm sifati muhim deb o'ylaganman ๐Ÿ˜, buni ko'rib ustozimni mazasi qochishiga sal qolgan.

Saytingizga rasmlarni qo'yishdan oldin online servislar orqali rasmni 70-80 foizgacha siqishga urinib ko'ring, keyin uni WebP formatga o'giring, bu saytingizni yuklanishini ancha tezlashtiradi. O'zimda tajribada bo'lgan holat 10-12 Megabaytlik rasmlarni 80 foizgacha siqib, WebP ko'rinishda qo'yganmiz, hajm 100-200 Kilobaytgacha qisqargan.

3. Lazy Loading - Lazy load veb-sayt ochilganda faqat kerakli resusrlarni yuklaydi, qolganini foydalanuvchiga kerak paytida yuklaydi. Masalan veb-saytni ochganingizda rasmlarning faqat bir qismi, ya'ni sizga ko'rinayotgan qismi yuklangan bo'ladi, qolgani esa scroll qilishingiz davomida yuklanib boradi. Misol uchun Google images ham shunaqa ishlaydi, siz rasm qidirsangiz sizga millionlab variantlarni taklif qiladi, lekin hammasi ham yuklanmaydi, rasmlar pastga tushishingiz davomida yuklanib boradi.

Agar hammasini birdan yuklaganida balki bir necha hafta kutardingiz yoki ram yetishmasligidan kompyuteringiz qotib qolgan bo'lardi ๐Ÿ™‚.

4. CDN tanlang - CDN lar tarmoqning kechikishi (tarmoq orqali aloqada kechikishlar) bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan. Bunday kechikishlar asosan veb-sayt hosting serveri va foydalanuvchi orasidagi fizik masofa bilan bog'liq. Ushbu masofani kamaytirish uchun CDN kontentning versiyasini turli geografik joylarda saqlaydi.

Masalan siz saytingizga biror kutubxonani ulab qo'ydingiz, veb-sayt har safar serverning o'ziga murojaat qiladi, server USA da bo'lsa, masofa taxminan 11 km bo'lsa, javob qaytish vaqti esa taxminan 500-700 ms bo'ladi.

CDN orqali ulasangiz, eng yaqin CDN 200 km uzoqlikda bo'lsin, sizning saytingiz endi CDN ga murojaat qiladi, bu ma'lumot CDN da mavjud bo'lsa sizning so'rovingiz bajariladi, taxminan 50-100 ms.

CDN siz so'ragan ma'lumotni oldin o'zidan qidiradi, topa olmasa USA dagi serverga murojaat qiladi, ma'lumotni olgach sizga uzatadi, keyin uni o'zida ham saqlab qo'yadi. Keyingi safar siz so'rov yuborganingizda, endi u o'zidagi ma'lumotni sizga qaytaradi. Bunda faqat birinchi holatda ko'proq vaqt sarflanadi, keyingi safardan boshlab veb-sayt ma'lumotni CDN dan oladi.

5. Serverga so'rovlarni kamaytirish - Umuman olganda front-end dan serverga qanchalik ko'p so'rov yuborilsa, bu saytning yuklanishini shunchalik kechiktiradi. Serverga har qanday so'rovni yuborish, sayt yuklanishidan oldin to'liq aloqani talab qiladi. Buni oldini olish uchun bir qancha usullar mavjud.
- CSS Sprite-dan foydalanish.
- Ko'p tashqi so'rovlarni amalga oshiradigan third-party plugin'larni kamaytirish.
- Ishlatilmayotgan fayllarga bo'lgan link'larni olib tashlash.

Manba

@saidabdulla
๐Ÿ‘25๐Ÿ”ฅ2
"Birovning o'ttizinchi qadami bilan o'zingizni ikkinchi qadamingizni solishtirmang".

Bu ko'pchilik endi boshlaganlarga tegishli.
Falonchidek yaxshi oylikka nega chiqmayapman deyishdan oldin, o'sha falonchi kabi 30 qadamni bosib o'ting.
Sabr qilishni o'rganing. Kuningizdan unumli foydalaning. Har bir qadam maqsadingizga yanada yaqinlashtiradi.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘52๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ‘3
Forwarded from Abduaziz ฯ€
HTTP ๐Ÿ†š HTTPS

Umuman dasturlashdan xabari yo'q odam ham bu ikkala protokol haqida eshitgan (agarda u internetga kirsa). Post orqali nega https xavfsizroq ekanligiga nazariy ma'lumotlar bilan emas, o'zim o'tkazib ko'rgan kichik amaliy mashg'ulot orqali asoslab bermoqchiman.
Barchangizga ma'lum, https bu http'ga nisbatan xavfsizroq protokol hisoblanadi. Chunki u TLS kriptografik protokolidan foydalanadi. Bunda uzatilayotgan ma'lumotlar xavfsizligi kafolatlanadi. Https'ni http'ning modifikatsiyasi deb tushunishingiz mumkin, xuddi covid'ning boshqa yangi va kuchliroq shtampidek. Uning xavfsizligini guvohi bo'lishimiz mumkinmi? Ha albatta!
Quyida esa qanday tekshirganligim haqida:
Biz hozir 1-skrinshotda keltirilgan sodda sxema asosida ish olib boramiz.
1๏ธโƒฃ Oddiy html forma ma'lumotlari almashishini ta'minlash uchun "mini-server" yozdim (2-skrinshot).
2๏ธโƒฃ 3 va 4-skrinshotlarda uning ishlash prinsipini ko'rishingiz mumkin. Ma'lumot yuboriladi, server esa o'zimiz yuborgan ma'lumotni JSON formatda qaytaradi (echo).
3๏ธโƒฃ Amaliyot uchun, tarmoqdagi qurilmalardan yuborilgan so'rovlarni "yo'lda" ushlab qolishlik maqsadida ishlatish mumkin bo'lgan ilovani orqa fonda ishga tushurib qo'ydim. Yuqorida uzatilayotgan so'ziga alohida urg'u bergan edim, biz hozir esa aynan uzatilayotgan "paket"ni ushlab qolishimiz va uning ustida kichik tahlil o'tkazishimiz lozim.
So'rov yuborildi, javob ham olindi. Aynan yuborilgan so'rov "paketi"ni ham filtrlab oldim. "Paket"ni titkilash orqali, uzatilayotgan forma ma'lumotini osongina tikkasiga chopdik (5-skrinshotda). Bu esa http orqali ma'lumot uzatilganda (qulfchasiz sahifalarda), u hech qanday shifrlanmasligini va istalgan odam uzatilgan ma'lumotlarni be'malol o'qiy olishini anglatadi (xuddi siz hozir o'qigandek).
4๏ธโƒฃ Https'ni tekshirish uchun esa xuddi shu "mini-serveri"imizni heroku platformasiga joyladim. Xabaringiz bo'lsa heroku har bir veb ilovaga tekinga https beradi (sodda qilib aytganda). Yuqoridagilarning o'zini takrorlab ko'rdim va yangi natijani 6-skrinshotda ko'rishingiz mumkin.
Uzatilgan ma'lumot yo'lda ushlandi, ammo hammasi shifrlangan. Https orqali amalga oshirilgan so'rovlarda xattoki header'larni ham ko'rish imkonsiz.
Xullas, "xitrilik" yo'llari bu safar umuman ish bermaydi. Bu ma'lumotlarni shifrlanmagan holatda bemalol ko'rish uchun bizga "kalit fayli" zarur bo'ladi va bunga erishish maqsadida bir qancha muammolardan iborat zanjir paydo bo'ladi. Iloji boricha https'dan foydalaning. Brauzer tepasidagi qulfchalarga e'tibor bering ๐Ÿ”’

Post foydali bo'ldi degan umiddaman. Agar foydali bo'lgan bo'lsa yaqinlaringizga ham ulashing. Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Har bir izoh men uchun ahamiyatli.

@AbduazizPy
๐Ÿ‘9๐Ÿ”ฅ1