Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
EPAMda ishlaydigan Java dasturchisi blogini tavsiya qila olasizmi deya mazmunda ko'plab savollar berildi.

Mana azizlar, EPAM'da ishlovchi Java dasturchisi blogi, Alloh manfaatli qilsin.

Marhamat: https://t.iss.one/javaholics

@JoshDeveloper
👍10
Forwarded from Josh*Developer
HTTP status xabarlarini ma'nolarini bilasizmi ?

Ushbu rasmda umumiylashtirib yozilgan.
Marhamat.

Har bir alohida status ma'nosini bilmoqchi bo'lsangiz, google brodan so'raganingiz ma'qul.

Har doim ishingiz 200 bo'lsin 😉

#http

@JoshDeveloper
👍16👏4
Forwarded from Javaholics (Humoyun)
Intervyular va ish jarayoni.

Dasturchidan juda ko'p bilimlar talab qilinadigan ushbu ikki jarayonda dasturlashdan yetarlicha qobiliyati bo'lsa ham, ko'pchilik "Soft-skill"lar sabab juda ko'plab muommolarga duch keladi.

Xo'sh,
1. "Soft-skill" o'zi nimaga kerak ? 🤷‍♂️
2. Qaysi dasturchilarga "Soft-skill" muhim rol o'ynaydi ? 🤔
3. Intervyuda o’zimizda bor “Soft skill"larni qanday ko’rsata olamiz?

Shu kabi boshqa muhim savollarga javob berish maqsadida kanalimizda suhbat uyushtirishga qaror qildik.

Suhbatga mehmon sifatida EPAM'da ishlovchi @JoshDeveloper - haqiqiy Intervyu va ish jarayonida "Soft-skill"lar bilan qanday muommolar kelib chiqishi mumkinligi va ularni bartaraf etish borasida ham o'z fikrlarini aytadilar.
InshaAlloh

Suhbat vaqti: 31-Mart, 21:00

Suhbat o'z kanalimizda bo'lib o'tadi.
👍26🤩3🔥2
2022-03-31
Javaholics
Biroz oldin tugagan suhbatimizni (voice chat) yozib olingan audiosi.
Marhamat.

Mavzu: "Soft-skill"lar nima va ish, intervyularda uning ahamiyati.

@JoshDeveloper
👍12🔥1
JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasi ertaga chiqadi. InshaaAlloh.

Chiqish vaqti: 4- Aprel, 14:00

Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI

@JoshDeveloper
👍19🔥5
Josh*Developer
JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasi ertaga chiqadi. InshaaAlloh. Chiqish vaqti: 4- Aprel, 14:00 Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI @JoshDeveloper
JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasini ko'ra olmaganlar uchun:

Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI

Ishtirokchi haqida "Feedback"ni keyinroq kanalda aytaman.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
👍9
Web qanday ishlaydi ? 🤔

Ushbu savol ko'pchiligingizda bo'lgan va unga aniq javob topa olmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqacha videodan javob topishingiz mumkin.
InshaaAlloh

P.S: Video ingliz tilida

https://youtu.be/hJHvdBlSxug

@JoshDeveloper
👍11
Keling Angular freymvorkini AngularJS deyishni bas qilamiz. 🙂

Ikkisini farqi bor. AngularJS allaqachon tugab bo'lgan eski freymvork. Angular esa undan keyingi takomillashgan, ancha kuchli versiyasi. Kamiga TypeScript ishlatadi.
Farqlari katta, bu haqida google qilishingiz ham mumkin.

@JoshDeveloper
👍24👏2🤔1
JavaScriptdan oxirgi qilgan intervyumiz ishtirokchisi Aqilbek Abilaev haqida o'z fikrlarim(Feedback):

Yaxshi tomonlari:
- Bilim darajalari juda ajoyib va chuqur
- Soft-skill'lardan ham muommo ko'rmadim, juda yaxshi

Yomon taraflari:
- Fikrni tushuntirish bo'yicha birozgina ishlash tavsiya qilinadi

Umumiy:
Umumiy qilib aytadigan bo'lsam menga juda yoqdi ushbu ishtirokchimiz. Xatto EPAM'ga ham referral qilish taklifini berdim va biroz tajriba olganlaridan so'ng topshirishga kelishdik.
Fikrimcha ustilarida biroz ishlasalar, JavaScripda Middle darajasiga bilimlari bemalol yetadi.
Ishtirokchimizga omad tilaymiz :)

Keyingi intervyularimiz Ramazondan keyin inshaaAlloh davom etadi.

@JoshDeveloper
👍28🔥14
Diqqat, YouTube kanalimiz obunachilari 1000 taga yetsa, React.js bo'yicha kuchli mutaxassis topib, kanalda intervyu uyushtiramiz inshaaAlloh.

Obuna bo'ling va ulashing.

YouTube kanal linki: https://bit.ly/JoshDeveloper

@JoshDeveloper
👍282
​​NFT haqida: u nima, nima uchun mashhur va uning ortida turgan millionlar

NFT - o’zaro o’zgarmas token degan ma’noni bildiradi. Uni o’zgartirib yoki alashtirib bo’lmaydi.

Xususiyatlari:

Raqamli aktiv (buyum) - blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san'at asarlar va o'yinlar kabi yig'ish imkoniga ega tokenlardir.

Yagona - uni soxtalashtirish yoki boshqa yo'l bilan o'zgartirish mumkin emas.

Almashish - NFTni almasish uchun mahsus birjalar mavjud va unda kriptovalyutalarda savdo qilinadi.

NFT qanday ishlaydi?

NFTning asosiy qismi Ethereum kriptovalyutasining blockchainida joylashgan

NFT - individual token bo’lib, o’zida qimmatli ma’lumotlarni saqlaydi.

Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin.

NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi.

NFT nima uchu ishlatiladi?

Crypto-birja va san’at asarlarini yig’ishga qiziqadigan odamlar ko’pincha NFTdan foydalanishadi. Bundan tashqari, yana quyidagicha ishlatish mumkin:

Raqamli kontent - NFTlardan juda ko’p raqamli ijodkorlar foydalanib kelishmoqda.

O'yin buyumlari - NFTlar o'yin ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otgan. NFTs o'yinchilarga juda ko'p foyda keltirishi mumkin. Odatda, onlayn o'yinda siz o'zingizning o’yin qahramoningiz uchun qo’shimcha narsalar sotib olasiz va bo’ldi u siz bilan qoladi. NFTlar bilan siz narsalarni sotib olganingizdan so'ng ularni sotish orqali pulingizni qoplashingiz mumkin.

Domen nomlari - NFTlar domeningizni eslab qolish osonroq bo'lgan nom bilan ta'minlaydi. Bu veb-sayt domen nomi kabi ishlaydi, uning IP manzilini esda qolarli va qimmatli qiladi, odatda uzunligi va dolzarbligiga asoslanadi.

Basketboldagi videolar orqasidan millionlab dollar

Oxirgi paytda mashhur bo’layotgan NFTlardan bu NBA Top Shot kolleksiyasidir. Bu NFTlar Dapper Labs (CryptoKitties o'yinini ishlab chiqaruvchilar) va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) o'rtasidagi hamkorligi asosida yaratilgan. NBA basketbol tarixidagi eng mashhur va eng muhim voqealar muxirlangan qisqa videolarni litsenziya asosida Dapper Labsga beradi, u esa videolarni raqamlashtiradi va xaridorlarga sotadi. Bu NFTlar kollektsiyasidan allaqachon 230 million dollar ishlab olishgan.

Eng qimmatga sotilgan qisqa videolar:

LeBron James “Cosmic” Dunk: $208,000

Zion Williamson “Holo MMXX” Block: $100,000

LeBron James “From the Top” Block: $100,000

LeBron James “Throwdowns” Dunk: $100,000

LeBron James “Holo MMXX” Dunk: $99,999

Nima uchun NFTlar mashhur bo’lib ketti?

NFTs aslida 2015 yildan beri mavjud, biroq ular hozirda bir necha omillar tufayli mashhurlik oshib bormoqda. Birinchisi va eng muhimi bu blockchain va kriptovalyutalarning keng ishlatilib, mashhurlikka erishgani. Bundan tashqari, muxlislik qilish va tanqislik qonuni birgalashib yana bir sababni keltiriib chiqargan. Chunki xaridorlarning barchasi noyob raqamli kontentga ega bo'lish va ularni investitsiya turi sifatida saqlash imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍8
Forwarded from Texno Work
Yilning ikkinchi yarmida chiqariladigan yangi MacBook Air 🔥

Ushbu MacBook yangi SoC M2 bilan jihozlanadi va ekrani MacBook Pro'ga o'xshash bo'ladi.

Biroq MacBook Pro kabi, yangi MacBook Air'da, o'lchami kattaligiga qaramay, Face ID bo'lmaydi.

👉 @itplanetauz
🔥4
Shu bitta chiroyli, zo'r kod yozib qo'ysa, keyin shu kodga yarim soat termulib, o'zidan fahrlanib o'tiradiganlar oramizda bormi ? 😅

Mazzami termulib o'tirish ? :D

@JoshDeveloper
😁95👍15🔥11🤩2🤔1🎉1
Ingliz tilidan foydali biror post chiqmaganiga ham ko'p bo'libdi.
Bu safargi o'rganadigan so'zlarimiz quyidagilar:

1. influence - ta'sir qilmoq, ta'sir
2. induce - nimagadir sabab bo'lmoq, nimagadir olib kelmoq, nimadir keltirib chiqarmoq

Misol:
- The influence of oversleeping may induce laziness.

- Ortiqcha uxlash ta'siri dangasalikni keltirib chiqarishi mumkin.

Siz ham o'z misolingizni yozing 👇

@JoshDeveloper
👍11
Forwarded from Abduaziz π
Python-roadmap.pdf
5.9 MB
Assalomu alaykum barchaga 👋

Python dasturlash tilini mustaqil o'rganishingiz uchun yo'l xaritasi tayyorladim (roadmap). Python'ni 100% mustaqil o'rgangan odam sifatida, yo'l xaritasida keltirilganlar o'zimning shaxsiy tajribamda sinalgan deb bemalol ayta olaman.
Foydali bo'lsa, o'rganmoqchi bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashing 🙂

@AbduazizPy
🔥7👍4
Dasturchilik faoliyatimda birinchi bor global jamoada jamoa yetakchisi mas'uliyatlarini bajarib ko'rdim.
Taasurotlarim katta. Fikrlarim bilan o'rtoqlashmoqchiman:

1️⃣ Jamoa boshqarish juda katta mas'uliyat talab qiladi;
2️⃣ Jamoani oldiga biror muommo chiqsa, siz uni yechish chorasini o'ylaysiz;
3️⃣ Kerakli vazifalarni kerakli dasturchiga topshirish ham bir san'at;
4️⃣ Jamoa yetakchisini xatosi katta muommolarga sabab bo'lishi mumkin. Shu sabab juda chuqur o'ylab harakat qilinishi kerak;
5️⃣ Kerakli paytda motivatsiya, kerakli paytda urishib berishni ham bilish kerak;
6️⃣ Asosiysi jamoani bir oiladek saqlay olish ham kerak;
7️⃣ Dasturchilarga emas, balki muommolar va vazifalarga xo'jayinchilik qilish kerak.(buni menejerim shunday ma'noda aytgandi);
8️⃣ Vaqt, byudjet, dastur sifati va shu kabi narsalarga kuchli e'tiborda bo'lish talab qilinadi.

Sizning fikringiz qanday ?

@JoshDeveloper
👍46🔥113