Jizzax shahar 2-son IMI
636 subscribers
3.22K photos
311 videos
13 files
984 links
Download Telegram
#Farmon_ijrosi

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoni ijrosini ta'minlash, o'quvchilarning iste'dod va qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo'lgan intilishlarini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bilan uchrashuv tashkil etildi.

@Jizzax_2_IMI
👍8🤩2
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi a'zosi, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich tashrif buyurdi. Akademik Jizzax shahrida joylashgan ijod maktabi hamda agentligimiz tizimidagi Jizzax shahar 1-2-3- sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o'quvchilari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida akademik Xolboy Ibragimovich jadidlarning ibratli hayoti, ularning ta'lim-tarbiya va ilm yo'lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so'z yuritdi hamda yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida ma'ruza qildi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg'otdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
👍4🔥2
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK BILAN DAVRA SUHBATI

Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida OʻzFA akademigi Xolboy Ibraimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida X.Ibraimov jadid bobolarimizning ibratli hayoti, ularning ta’lim-tarbiya va ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg‘otdi.

Ma’lumot oʻrnida, X.Ibraimov pedagogika yoʻnalishida 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Akademik uzoq yillar davomida oliy ta’lim sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍5🔥3
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.


Farmon ijrosi doirasida Agentlik tizimidagi Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi Muxsinjon Аshurov ishtirokida onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Unda STEM fanlarini oʻqitishning samarali usullari, yangi pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni taqdim etish bo‘yicha amaliy tajriba almashildi.

O‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, akademik M.Ashurov lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan. Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yoʻqotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥1
#Farmon_ijrosi
#amaliy_mashgʻulot

OʻQUVCHILAR AVTOMOBILSOZLIK SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, ayni yoʻnalishda Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarini avtomobilsozlik sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida ADM Jizzax zavodida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Amaliy mashgʻulot davomida oʻquvchilar Kia avtomobilining "Sorento", "Seltos", "Sonet", "Kia K5" va "Kia K8" kabi rusumlari va boshqa 10 dan ortiq avtomobillarni yigʻish, sinovdan oʻtkazish hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan ham mustahkamlashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥7👍1