Jizzax shahar 2-son IMI
632 subscribers
3.23K photos
313 videos
13 files
989 links
Download Telegram
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI

Ayni vaqtda Jizzax shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Ma’lumot uchun, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🔥43👏2
❗️Ertaga va indinga (7-8-iyul) Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

❗️Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Imtihonlar 3 ta smenada bo‘lib o‘tadi:

▪️1-smena: soat 8:00 da;
▪️2-smena: soat 12:00 da;
▪️3-smena: soat 17:00 da;

📞 Qo‘shimcha savollar uchun 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.


👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!

Telegram sahifamiz: https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
5🔥2👍1
Forwarded from Sarvinoz Narziyeva
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Xabar berib borayotganimizdek, ayni kunlarda, ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq va tabiiy fanlar yo'nalishlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o'tmoqda.

🗣️Ma‘lumot uchun, kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.

🫥Maʼlumot uchun: Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi oʻquvchilar tomonidan Prezident maktabi 1-bosqich, ixtisoslashtirilgan yoki tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 17000 dan ortiq oʻquvchilar hujjat topshirgan.

📝Imtihon jarayonlari 12-iyul kuniga qadar davom etadi.

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati
6🔥5👍2
#Tayinlov

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3👏1🎉1
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🔥32👌1
Forwarded from Jizzax shahar 2-son IMI
#Jizzax_shahar_2IMI #Dolzarb_90kunlik_dastur #Loyihalar_taqdimoti

Prezidentimizning 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limi sohasiga oid videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” dastur boʻyicha Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishing!

Telegram sahifamiz:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_2IMI #Dolzarb_90kunlik_dastur #Loyihalar_taqdimoti

Prezidentimizning 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limi sohasiga oid videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” dastur boʻyicha Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyachi-pedogoglar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishing!


📚”Mutolaa” loyihasi;

👨🏻‍💻👩🏻‍💻 “Zoom” yigʻilishi;

📷 Videoroliklar tanlovi;

🟢 Yashil makon loyihasi;

Munozara intellektual oʻyini.

Bizni kuzatishda davom eting va loyihalarda faol ishtirok eting.


Telegram sahifamiz:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
6👍5🔥4👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
👍62🔥2