Jizzax shahar 2-son IMI
634 subscribers
3.23K photos
313 videos
13 files
992 links
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

#Mirziyoyev #muloqot #taʻlim #oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan o‘qituvchilar – xalqning, millatning noyob boyligi, ularning mashaqqatli, mas’uliyatli mehnati eng yuksak baho va rag‘batga munosib

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥2
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥2
#tabrik

Aziz va qadrli ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning timsolingizda oʻz hayotini sharafli va mas'uliyatli kasbga bogʻlagan mehridaryo, qalbi ummon kasb egalarini tasavvur qilamiz. Dunyoni lol qoldirgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat-hurmatini joyiga qoʻygan. Bilamizki, barcha kasb egalari ushbu darajaga erishishida ustozlarning oʻrni beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib ana shunday farzandlarni tarbiyalashdek mashaqqatli ishlaringizga Yaratgandan kuch-quvvat, sogʻlik-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va kelgusi ishlaringizga zafarlar tilab qolamiz. Ilm yoʻlidagi shijoatingiz, metin irodangiz, togʻdek sabringiz, bilim ummonidagi sabogʻingiz doimo sarbaland boʻlsin!
Sharafli yoʻlda olib borayotgan oliyjanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilaymiz. Xonadoningizga doimo tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka yor boʻlsin. Hamisha sogʻ-omon boʻling,
bayramingiz qutlugʻ boʻlsin!

@Jizzax_2_IMI
🎉101
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.

Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoni ijrosini ta'minlash, o'quvchilarning iste'dod va qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo'lgan intilishlarini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bilan uchrashuv tashkil etildi.

@Jizzax_2_IMI
👍8🤩2
#psixologik_trening

"SHUKRONALIK HISINI UYGʻOTISH"

🏢 Jizzax shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab- internati oʻquvchilari ishtirokida Shukronalik hisini uygʻotish va oʻz vataniga boʻlgan mehr-muhabbatlari namoyon etildi.

Trening barcha oʻquvchilarda aʼlo kayfiyatda, ruhiy barkamollik sari shaxsiy fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.

@Jizzax_2_IMI
👍3