Jizzax shahar 2-son IMI
390 subscribers
3.05K photos
298 videos
13 files
912 links
Download Telegram
#Jizzax_shahar_2_IMI
#Uch_avlod_uchrashuvi

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

📌 "Antik dunyo ilmiy akademiyasi doktori-professor, ilmiy akademiya lauriyati"

📌Jizzax viloyati hokim o'rinbosari

📌Jizzax tumani hokimi lavozimlarida faoliyat olib borgan Shukurov Parda Shukurovich bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌 Parda Shukurovich o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashar ekan, bugungi tinch va osuda hayotning qadriga yetib, ona Vatanga sodiq inson bo‘lib ulg‘ayishi kerakligini nasihat qildi. O‘quvchilar esa o‘tgan davr voqealariga tegishli o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Jizzax_shahar_2_IMI

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

⚡️Ochiq eshiklar kunida tashrif buyurgan mehmonlarga maktab o'quvchilari tomonidan maktab hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar, shuningdek, maktab-internatlarining kun tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Jizzax_shahar_2_IMI
#amaliy_mashģulot

⚡️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqiyot strategiyasini  “Insonga etibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini taminlash, hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabr kundagi № 591-son qarori ijrosini taminlash shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga xamda harbiy xizmatni o’tashga tayyorlash ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yuqori sinf o’quvchilariga CHQBT-fanidan amaliy dars mashg’uloti o’tkazildi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Yakuniy_atestatsiya_imtihonlari
#Jizzax_shahar_2_IMI

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-sinf o'quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlariga start berildi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Jizzax_shahar_2_IMI
#trening_mashģulot

⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili va fizika fan o'qituvchilari tajriba almashish maqsadida Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lishdi. 1-son maktab-internatining ilg'or o'qituvchilari bilan o'zaro tajriba almashinib,  darslarda interfaol metodlardan foydalanish samaralari haqida trening-mashg'ulot o'tkazishdi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Jizzax_shahar_2_IMI
#xon_atlas_festivali

⚡️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Xon atlas” festivali doirasida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar davom etmoqda.

Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarimiz milliy matolarimiz, liboslarimiz kabi xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlgan madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaymoqda.


👉 @Jizzax_2_IMI 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴Live
#Jizzax_shahar_2_IMI
#shaxmat

📌 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-7- sinf o'quvchilari o'rtasida shaxmat musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Jizzax_shahar_2_IMI

📌 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o'rinbosari Bosit Taxirov Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'ldi.

⚡️ Mazkur maktab-internatida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yangi barpo etilayotgan o'quv binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.


👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Jizzax_shahar_2_IMI
#uchrashuv

📌 Yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta'siridan asrash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida Jizzax shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati yoshlari bilan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#Jizzax_shahar_2_IMI
#hamkorlik

Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati  hamkorlikda  pedagoglar oʻrtasida tajriba almashish maqsadida "Mahorat" darsi hamda "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

❇️ Bundan maqsad taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy pedagoglarga berilayotgan ishonchni oqlash, oʻz ustida ishlash,  hamda tajribali ustozlardan mahoratlarni oʻrganish kabi masalalarga yondashildi. O'qituvchilar mutahasislik fanlar kesimida sinf xonalarida oʻzaro tajribalar almashishdi va aniq fanlar, ingliz tili, fizika xonalarida mahorat darslari boʻlib oʻtdi.

📌 Maktab-internati pedagoglari oʻrtasida sportning "shaxmat" hamda "voleybol" turlari bo'yicha o'rtoqlik o'yini tashkil etildi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈