Jizzax shahar 2-son IMI
336 subscribers
2.81K photos
266 videos
13 files
835 links
Download Telegram
#Farmon_ijrosi
#amaliy_mashgʻulot

OʻQUVCHILAR AVTOMOBILSOZLIK SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, ayni yoʻnalishda Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarini avtomobilsozlik sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida ADM Jizzax zavodida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Amaliy mashgʻulot davomida oʻquvchilar Kia avtomobilining "Sorento", "Seltos", "Sonet", "Kia K5" va "Kia K8" kabi rusumlari va boshqa 10 dan ortiq avtomobillarni yigʻish, sinovdan oʻtkazish hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan ham mustahkamlashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube