Jizzax shahar 2-son IMI
338 subscribers
2.6K photos
248 videos
13 files
779 links
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
⌛️ "Eco-Schools Uzbekistan" tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Eko Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🏫 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari, shuningdek, Toshkent shahridagi "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari bo‘lgan maktablar qatnashdi.

🎯 Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologik bilimlarni ommalashtirish va tabiatga g‘amxo‘rlik madaniyatini shakllantirish edi.

🥇 Musobaqa yorqin va qiziqarli o‘tdi. Unda ishtirokchilar ekologiya muammolari, tabiatni muhofaza qilish va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar.

🏆 G‘oliblar bilan bir qatorda barcha jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

~~~

⌛️ По инициативе Eco-Schools Uzbekistan в Ташкенте, в школе творчества имени Абдуллы Кадыри, прошла интеллектуальная игра «Эко Заковат».

🏫 В мероприятии приняли участие ученики школ, в системе Агентства специализированных образовательных учреждений, а также школы-участники проекта Eco-Schools Uzbekistan в Ташкенте.

🎯 Цель мероприятия — популяризация экологических знаний и формирование культуры заботы о природе.

🥇 Состязание прошло ярко и интересно, в ходе которого участники расширили свои знания о проблемах экологии, охране природы и других важных аспектах.

🏆 Помимо победителей, все команды были награждены почетными грамотами и памятными подарками.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Agentlikning Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda taʼlim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yigʻilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha kurslar va toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻsh ish oʻrinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini oʻrnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilishlar boshqa hududlar kesimida ham boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar #2IMI #Hamkorlik

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligining Jizzax shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan-maktab internati, Jizzax garnizonidagi harbiy qism, viloyat MIB faxriylar Kengashi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida 2-sonli ixtisoslashtirilgan-maktab internati oʻquvchilari bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz:
Telegram :
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
Instagram: jizzax_sh_2imi
#Jizzax_shahar_2IMI
#Olimpiada
⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o'quvchilari Begbo'tayev Hasanboy,Ravshanov Muhammadbilol va Quvondiqov Sarvar Xalqaro Matematika Olimpiadasi "TASIMO-2025" I-bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, II-bosqichiga tavsiya etildi.O'quvchilarimizga kelgusi bosqichda ham zafarlar tilaymiz.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#Multilevel
#Jizzax_shahar_2IMI

Bizning shunday o'quvchilarimiz bor

📌 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o'quvchisi Yuldoshboyev Doniyorbek B2 darajali CEFR-Multilevel sertifikatini va OTMlarga kirish imtihonlarida ingliz tili fanidan 100%lik ballni olish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

O'quvchimizni kelgusi yutuqlariga omad tilaymiz.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#seminar_trening
#baholash_tizimi

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati pedagog-xodimlari tomonidan biriktirilgan tajriba-sinov maktablarida prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribasini, jumladan baholash tizimini tatbiq etilishi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax shahridagi 4-8-14 va 31 umumtaʼlim maktablari tajriba-sinov maktablari sifatida Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga biriktirilgan.

⚡️Shuningdek, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

@Jizzax_2_IMI