Jizzax shahar 2-son IMI
336 subscribers
2.69K photos
253 videos
13 files
800 links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova
#yil_sarhisobi
#yanvar_2024

⚡️2024-YIL YANVAR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Asilbek Sunnatov 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida Informatikadan oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik bo‘ldi.

Agentlik hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti oʻrtasida memorandum imzolandi.

"Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi barcha maktablarda STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Natija
#SAT_imtihoni
⚡️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matematika fani oʻqituvchisi Ahmedov Odiljon Neʼmatovich Xalqaro SAT imtihonini topshirib yuqori natijani qoʻlga kiritdi va 3 yil muddatli 50% ustamani qoʻlga kiritdi.Oʻqituvchimizning kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.

@Jizzax_2_IMI
#metodik_yordam
#Jizzax

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan taʼlim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi rahbar xodimlari va malakali pedagoglaridan iborat ishchi guruh hududdagi 4-, 8-, 14- , 31-umumta’lim maktablarida boʻlib, dars jarayonlarida qatnashdi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib, zarur metodik tavsiyalar berildi. Ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbariga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha axborot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yil_sarhisob
#aprel_2024

⚡️2024-YIL APREL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qoʻyildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar, sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tizimdagi Jizzax viloyatida joylashgan maktablarda oʻrganish olib bordi.

Oʻquvchilarimiz Harvard University, College London, Northwestern University, Elmira College kabi dunyoning eng yetakchi oliygohlari toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

Agentlik matbuot kotibi faoliyati AOKA reytingida yuqori baholandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ilk bor “Ijodiy olimpiada" tashkil etildi.

“Robot Gumanoid” loyihasi doirasida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Ikki nafar oʻquvchimiz 5 000 000 hamda 3 000 000 AQSh dollaridan ziyod xalqaro taʼlim grantlarini yutdi.

Buxoro, Fargʻona shahridagi Prezident maktablari,Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Oʻquvchimizga 8 ta xorijiy universitet taʼlim granti ajratdi.

Koreya Respublikasining Woosong universiteti rasmiylari bilan muzokaralar olib borildi.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti “Quality Assurance Agency” a’zoligiga kiritildi.

Oʻquvchimiz 7 ta xorijiy oliygohga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Oqdaryo, Rishton tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarining oʻqituvchilari malaka (test) sinovidan 100 ballik natija koʻrsatdi.

Ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazildi.

Oʻquvchilarimiz 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi topshiriqlari ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jizzax_shahar_2IMI
#ChSB
⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2-chorak bo'yicha ChSB (Chorak bo'yicha summativ baholash) olish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🔴 Test jarayonlari adolatli hamda shaffof tarzda o'tkazilmoqda.

@Jizzax_2_IMI