Jizzax shahar 2-son IMI
331 subscribers
2.55K photos
235 videos
13 files
763 links
Download Telegram
#9_may

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'qituvchilar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#9_may

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etlimoqda.

⚽️ Sportning futboll turi bo'yich bo'lib o'tgan o'yinlarda 9-sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🏐 Sportning volebol turida ham maktabimizning 9-sinf o'quvchilari g'olib bo'lishdi.

👉 @Jizzax_2_IMI 👈
#9_may
#Jizzax_shahar_2_IMI


🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Jasorat-millat gʻururi va iftixori" shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi
.
Tadbirda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Jizzax viloyat kengashi harbiy boʻlim komandiri , podpolkovnik R.Ochilov hamda bir qator mehmonlar ishtirok etishdi.

⚡️ Tadbir davomida Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari , "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabi oʻquvchilarining jangovar chiqishlari namoyish etildi hamda oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy qism tadbirga yanada oʻzgacha ruh bagʻishladi.

💫Tadbir soʻnngida sport musobaqalari  hamda rasmlar tanlovi gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

🏢Bizni kuzatib boring:
👉@Jizzax_2_IMI👈
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri