#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar
Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.
Ishchi guruhning navbatdagi manzili Jizzax shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik o‘qituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi. Maktab bitiruvchilarining kelgusidagi rejalari haqida muloqot qilishdi.
Muloqotda o‘qitish ishlari sifatini yanada oshirish, ayni jarayonda o‘quvchilarning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqaruvchi yangi loyiha va tashabbuslarga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.
Agentlik ishchi guruhlarining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#ishchi_guruh
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, Navoiy shahar 1-son, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

#Jizzax
AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.
Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.
Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

ISHCHI GURUH: STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.
Xususan, ishchi guruh Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Jizzax shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Daniel Potot hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Jizzax shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.